116
14-BOB. AMERIKA MINTAQASI TURIZMI GEOGRAFIYASI
14.1. AQShning turistik salohiyati
14.2. Davlatning turistik oqimlari geografiyasi
14.3. AQShning turistik rayonlari
14.1. AQShning turistik salohiyati
AQSh turizmi jahonning turizm bozorida tan olingan Lider (yo‘lboshchi)
hisoblanadi. U xalqaro turizmdan olinadigan daromad bo‘yicha birinchi o‘rinda
(2017-yilda 96,7 mlrd. dol.) turistik xarajatlar bo‘yicha ikkinchi o‘rinda (76,2 mlrd.
dol.) hamda xalqaro turistik tashriflar bo‘yicha birinchi o‘rinda (83,7 mln. kishi.)
turadi.
Turizm industriyasi mamlakat iqtisodiyotida muhim rol o‘ynaydi. 2013-yilda
Amerika turistik industriya Assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, ichki va chet el
turistlariga xizmat ko‘rsatishda Amerika turistik industriyasining umumiy daromadi
500,5 mlrd. dol. Dan yuqorini tashkil qilib, bu esa 7,2 mln. yangi ish o‘rinlarni
yaratishga imkon beradi.
Nima uchun AQSHning o‘zida ham mamlakatga sayohat qilib boruvchi
turistlar ham ancha faol harakatlanmoqda. Bunga AQSHni
turistik potensialini
belgilovchi asosiy omillarni tahlil qilib javob topishimiz mumkin.
AQSh-katta va xilma-xil tabiatga ega bo‘lgan mamlakat. U bir yo‘la olti soatli
poyasida yotadi. AQSh o‘zining turli xil iqlimi, tabiat zonalari va landshaftiga ega.
AQShda turistlar tog‘da chang‘i uchishlari, tropik plyajda dam olishlari,
o‘rmonlarda va prerieda sayr qilishlari va cho‘llarni ko‘zdan kechirishlari,
okean
to‘lqinlarida yoki ko‘llarda baliq ovi bilan Shug‘ullanishlari mumkin. Unda, vulqan
va geyzeralarni ot mishini, ulkan muzliklarni, baland cho‘qqilarni, kononlarni,
Hindiston yozining yorqin namunalarini ko‘zdan kechirish mumkin.
Bularning
barchasi bittagina davlatdadir.
Koloroda katta Kanon va Niagara sharsharasi, geyzerlar millionlab turistlarni
o‘ziga jalb qiluvchi jahonda tan olingan diqqatga sazovar joylardir.
Mamlakat umumiy maydoni 32 mln.ga ni tashkil etuvchi milliy tabiat parklar
tarmog‘i bilan qilingan. Amerikaliklar o‘z tarixiga juda ehtiyotkorlik bilan
117
yondashadilar.
Shu sababli ham tarixiy, madaniy yodgorlik va obidalarini asrab
avaylaydilar. AQShda milliy masshtabda tarixiy qimmatga ega bo‘lgan 50 ming
obyektlar milliy davlat ro‘yxatiga kiritilgan.
Albatta tarixiy va madaniy yodgorliklar eng avvalo, ichki turizm obyekti
hisoblanadi, biroq amerika millatining simvollari oq uy,
ozodlik monumenti
(statiyasi), Rashmar tog‘lari turistik ziyoratchilarning markazlari bo‘lib hisoblanadi.
Agar kim uchundir Italiya-antik Rim, Tug‘imish asri bo‘lsa, AQSH-bu
«Gollivud» va «Disneylend», Nyu-york va Las-Vegasdir.
AQShning har bir shtati, har bir shahri qandaydir ko‘rsatkichlari bo‘yicha
dunyodagi eng katta nufuzga ega, bu esa mahalliy sanaatni ixtisoslashtirilganligidan
dalolat beradi.
AQShning ko‘pgina shaharlarida turli festivallar yoki sport tadbirlari
o‘tkaziladi, hamda ko‘p sonli turistlarni o‘ziga jalb qiladi.
AQSh-jahon iqtisodiyotida o‘ziga xos yetakchi o‘rinni
egallovchi rivojlangan
davlatdir. Ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlanish darajasi, amerika iqtisodiyoti
strukturasi, uning ilmiy-texnika potensiali, milliy raqobatbardoshlik darajasi barcha
jahon xo‘jalik aloqalariga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Buning ustiga iqtisodiy o‘sishning
Amerikacha model ko‘pgina rivojlangan davlatlar uchun namuna bo‘lib
xizmat
qiladi.
Dostları ilə paylaş: