11.4. Tabiiy resurslarni iqtisodiy-geografik baholash va ulardan
foydalanish
Tabiiy resurs bu inson hayoti va faoliyati davomida bevosita foydalaniladigan
barcha xil tabiat ne’matlari hisoblanadi. Tabiiy resurslar inson hayotida hamisha katta
102
o‘rin to‘tib kelgan. Eng asosiysi ular avvalo jamiyat hayotining moddiy negizi
sifatida xizmat qiladi. Shu sababli mamlakatlar taraqqiyotida tabiiy resurslarning
o‘rni katta. Albatta harbir mamlakatning tabiiy resurslar bilan ta’minlanganlik
darajasi muhim iqtisodiy har bir davlatning bu ko‘rsatkich, tabiiy resurslarni
iqtisodiy-geografik baholamay turib anglash qiyin. Tabiiy ressrularni iqtisodiy-
gegorafik baholash nafaqat mamlakatning hozirgi salohiyatini, balkim kelajak
istiqbollarini bilishda ham ahamiyatga ega.
Mamlakatimiz
tabiiy
resurslarga
boy
mamlakatlardan
hisoblanadi.
iqtisodiyotimiz rivojlanishda tabiiy resurslarning o‘rni katta ekan, ularni iqtisodiy-
geografik baholash, resurs turini imkoniyat darajasi aniqlab beradi. Bu o‘z navbatida
iqtisodiyot tarmoqlari joylashishiga, rivojlanish imkoniyatlarini belgilashda katta
ahamiyatga ega.
Tabiiy resurslarni demografik jihatdan bahosi asosiylardan bo‘lib, boyliklarga
nisbatan aholi joylanishi, ta’minlanishini malakalik darajasi va ularni kelajak
faoliyatlari ham aniqlanadi.
Ma’lumki, yirik aholi punktlari bu iste’molning yuqoriligini bildiradi. Yirik
sanoat markazlariga yaqin foydani qazilmalarning foydaliligi koeffitsienti yuqori
bo‘ladi. Misol taraqasida Toshkent viloyatida joylashgan. Angren ko‘mir konini
oladigan bo‘lsak, bu zaxira ko‘miri qo‘ng‘ir tusli ko‘mir bo‘lib, kaloriyasi kam
hisoblanadi. ekin bu konning aholi soni ko‘p, sanoati rivojlangan iqtisodiy rayonda
joylashganligi, ya’ni iste’molchi yaqinida ekanligi o‘tgan asrimzning 40 – yillarida
ishga tushishiga sabab bo‘ladi.
Tabiiy resurslarni sonli bahosi, u qancha zahiraga, maydonga, hajmga ega.
undan foydalanish holati, muhlatlari, unga sarf etiladigan harajat va kelgusida
olinadigan foydasi izohlanadi. Shuningdek sonli baho narxli va balli baholarda
beriladi.
Agarda mamlakatimiz viloyatlarini yoqilg‘i resurslari bilan ta’minlanganligini
shartli ravishda 10 balli sistemada baholasak, qo‘yidagi holatni ko‘rishimiz mumkin:
|