F. M. Xalimova turizm geografiyasi o‘quv qo‘llanma



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/86
tarix20.06.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#133305
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   86
43268edc535ab8ed1b63397f9298c36b TURIZM GEOGRAFIYASI

 
Tayanch iboralar 
Hududlari, resurslar, aloqalari, iqtisodiy holati, turizmda aloqalar, rasmiy 
tadbirlari, shaharning aloqalari, elektr ta’minoti, Qirg‘iziston, Tojikiston, suv 
xo‘jaligi, dehqon xo‘jaligi 
Nazorat savollari 
1. Markaziy Osiyo mamlakatlari aloqalari 
2. Markaziy Osiyo suv xo‘jaligi 
3. Markaziy Osiyoda iqtisodiy aloqalar 
4. Hududiy chegaralari 
 
 


92 
11-bob. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING IQTISODIY GEOGRAFIK 
O‘RNI, TABIIY RESURSLAR SALOHIYATI VA ULARDAN OQILONA 
FOYDALANISH 
11.1. O‘zbekistonning iqtisodiy-geografik o‘rni. 
11.2. Tabiiy resurslarni respublika xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. 
11.3. Tabiiy resurs turlarini geografik joylanish xususiyatlari. 
11.4.Tabiiy 
resurslarni 
iqtisodiy-geografik 
baholash 
va 
ulardan 
foydalanish. 
11.1.O‘zbekistonning iqtisodiy-geografik o‘rni. 
Har qanday hududiy birlikning iqtisodiy-geografik o‘rni xususiyatlari avvalo 
uning qayerda joylashganligi bilan bog‘liqdir. Ma’lumki, O‘zbekiston materik 
markazida, Dunyo okeanlaridan ancha o‘zoqda joylashgan. Shu sababli dengizga 
tutash hududlarga xos barcha qulayliklardan respublikamiz mahrumdir. Demak, 
O‘zbekistonning mavjud iqtisodiy-geografik o‘rnining barcha ijobiy va salbiy 
xususiyatlari ko‘p jihatdan anna shu holatdan, Shuningdek uni qo‘shnichilik 
xususiyatlaridan (qanday davlatlar, iqtisodiy rayonlar, Dunyo mamlakatlari 
mintaqaviy guruhlariga tutash-yaqinligi ularning bir-birlariga iqtisodiy ta’sir etish 
imkoniyatlari) kelib chiqadi. 
O‘zbekiston Yevrosiyo materigining qoq markazida, Markaziy Osiyoning 
markazida joylashgan. U shimol va shimoli-g‘arbda Qozog‘iston, sharq va shimoliy-
sharqda Qarg‘iziston, sharq va janubiy sharqdan Tojikiston, g‘arb va janubi-g‘arbda 
Turkmaniston, janubda esa Afg‘oniston bilan chegaralanadi.
O‘zbekistonning kenglik bo‘yicha shimoldagi chekka nuqtasi Ustyurt platasi 
(450 361 shimoliy kenglik)da, eng janubiy nuqtasi Termiz shahri yonida (370111 
shimoliy kenglik)da joylashgan. Uzoqlik bo‘yicha esa chekka nuqtalari 560 001 dan 
730 101 Sharqiy uzoqlikgacha boradi. Respublikamizning 448,9 ming km2 ga teng 
bo‘lgan maydoni g‘arbdan sharqqa 1400, shimoldan janubga esa 925 km cho‘zilgan. 
Maydoni jihatidan O‘zbekiston, Avstriya, Buyuk Britaniya, Belgiya, Daniya, 
SHveysariya mamlakatlari maydonini qushib hisoblaganda ham ulardan kattalik 
qiladi. 


93 
Respublika chegarasining umumiy uzunligi 6221 km ni tashkil etib, undan 
2203 km Qozog‘iston, 1021 km Turkmaniston, 1061 km Tojikiston 1099 km 
Qirg‘isiston, 137 km Afg‘onistonga to‘g‘ri keladi. Odatda, alohida olingan hudud 
yoki mamlakatlar iqtisodiy gegorafik o‘rnini o‘rganish, tadqiq va tahlil qilish orqali 
ularning bugungi rivojlanishi holatiga baho beri shva kelajagi haqida fikr yuritish 
mumkin. Shu jihatdan O‘zbekiston hududining kattaligi va yaxlitligi, qardosh (yalpi 
qadim Turon zaminidagi) davlatlarga nisbatan markazda ekanligi va mintaqaviy 
cho‘zilganligi, yer usti tuzilishining bir-biriga muvofiq holatda o‘rin almashishi 
(tekislikning adir yassi tog‘lik va baland tog‘liklar bilan almashinishi) hududda 
ijtimoiy taraqqiyot uchun kattagina imkoniyatlar yaratib bergan. 
O‘zbekiston hududining o‘rnini iqtisodiy geografik jihatdan uch pog‘onaga: 
mikro, mezo va mikro darajaga bo‘lish mumkin.
O‘zbekiston hududining mikrodarajadagi holati, uning Markaziy Osiyo 
davlatlariga nisbatan tutgan o‘rnidir. O‘zbekiston qadim turon zaminida hamisha 
salohiyati katta davlat bo‘lgan. Bu, ko‘p jihatdan uning gegorafik markazligidan kelib 
chiqqan. Yaqin o‘tmish (ya’ni sho‘rolar hukmronligi yillari)da ham o‘rta Osiyodagi 
respublikalar bir-birlari bilan ijtimoiy taraqqiyotning ko‘p sohalarida bog‘langanlar. 
Markaziy Osiyo davlatlarida bunyod qilingan temir yo‘llar, avto magistrallar, 
quvurlar ham bir-birlariga bog‘langan. 
Umuman olganda har bir davlatning “markaziyligi”, siyosiy hamda iqtisodiy 
geografik o‘rnining muhim ko‘rsatkichi uning qo‘shnichilik qiladigan mamlakatlar 
soni, ularning ijtimoiy-siyosiy hamda iqtisodiy rivojlanganlik darajasi bilan 
belgilanadi. Albatta, O‘zbekiston Respublikasining 5ta mustaqil davlatlar bilan 
chegaradoshligi uning yirik siyosiy gegorafik mintaqa markazida o‘rnashganligini 
ifodalaydi. Bunday holat esa kelajakda, Shubhasiz, o‘z ijobiy samarasini beradi. Bir 
so‘z bilan ta’kidlaganda, Markaziy Osiyo davlatlarining asosiy ishlab chiqarish-
iqtisodiy va madaniy aloqalari faqat O‘zbekiston orqali kechadi. 
O‘zbekistonning mezogegorafiyasi o‘rni uning birmuncha kengroq miqyosda 
mavqie bilan belgilanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston jahon hamjamiyatiga kirib 
borishida Markaziy Osiyo davlatlaridan tashqari Kavkazorti davlatlarining, 


94 
Turkiyaning, Eronning, Afg‘onistonning ulushi bor. Afg‘oniston orqali Pokiston (va 
so‘ngra Hind okeani) ga, Eron va Turkiya orqali Yevropaga chiqish ufqlari 
achilmoqda. 
O‘zbekistonning Makrogeografik o‘rni jahondagi davlatlar bilan olib 
borayotgan aloqalarda belgilanadi. O‘zbekistonning MDH davlatlari bilan ko‘p qirrali 
aloqalari mamlakatimiz taraqqiyotida salmoqli o‘rin egallaydi. O‘zbekiston ushbu 
makrodarajadagi aloqalarini MDH ning aksariyat davlatlari bilan rivojlantirmoqda. 
O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqasida Rossiyaning o‘rni katta. Evrosiyoning 
Buyuk davlati Rossiya Federatsiyasi bilan muntazam aloqada bo‘lish O‘zbekistoning 
manfaatlriga mos keladi.

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin