F. M. Xalimova turizm geografiyasi o‘quv qo‘llanma


Xo‘jaligini joylanish xususiyatlari



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/86
tarix20.06.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#133305
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   86
43268edc535ab8ed1b63397f9298c36b TURIZM GEOGRAFIYASI

10.4. Xo‘jaligini joylanish xususiyatlari 
Sanoati. Sobiq Sovet hokimiyati yillarida Qozog‘iston respublikasida yoqilg‘i 
sanoati, energetika, qora metallurgiya, mashinasozlik va metallni qayta ishlash 
tarmoqlari shakllandi. 
Halqaro mehnat taqsimotida Qozog‘iston Respublikasi rangli metallurgiya 
sanoati bilan ya’ni mis, qo‘rg‘oshin - rux, alyuminiy, titan - magniy, shuningdek 
kambop va nodir metallar ishlab chiqarish bilan ajralib turadi. 
Mis sanoati asosan Jezqazg‘on viloyatida joylashgan bo‘lib, bularga asosan 
Balxash va Karsakpay mis eritadigan zavodlari, Koungrad, Jezqazg‘on, Sayak rudani 
boyitish korxonalari kiradi. Kozog‘istoning ikkinchi mis havzalari Sharqiy qismida 
bo‘lib, bu erda Irtish mis zavodi ishlab turibdi. 
Qo‘rg‘oshin rux sanoati Rudali Oltoy va Janubiy Kozog‘istonda joylashgan 
bo‘lib, Oltoydagi eng yirik qo‘rg‘oshin - rux kombinati Ust-Kamenogorsk shahrida, 
Janubiy Qozog‘istonda esa Koratau va Jing‘or Olatauda qazib olinadigan rux asosida 
SHimkent shahrida qo‘rg‘oshin zavodlari mavjud. 


83 
Titan va magniy sanoati korxonalari Ust - Kamenogorsk shahrida, glinozem 
ishlab chiqariladigan korxona esa Pavlodarda (Ekibastuzda arzon ko‘mir energiyasi 
bazasida) shakllangan. 
Qora metallurgiya bu respublikaning eng yangi tormoqlaridan hisoblanadi. 
Ulug‘ Vatan urushi yillarida Temirtauda toliqsiz metalurgiya zavodi ochilgan. 
Keyinchalik Karag‘anda metallurgiya korxonasi tashkil topgan bo‘lib, bu korxona 
rudani Markaziy Qozog‘istondan va Kustanay viloyatidan oladi. 
Kustanayda juda yirik, respublika -metallurgiya bazasini rivojlantiradigan - 
temir ruda bazasi vujudga kelgan. Shuningdek, Sokolo va Sarboyda tot-kon 
metallurgiya kombinati, Lisakova va Kocharsk kombinatlari ishlab turibdi. 
Qozog‘iston Respublikasida Shuningdek ko‘mir sanoati rivojlangan bo‘lib, eng 
yirik havzalari Qaraganda konidir. Bu erda toshko‘mir va kokslanuvchi ko‘mir qazib 
olinadi. 
Ekibasstuz ko‘mir havzasining ahamiyati ham tabora o‘sib ketayapti, bu erda 
qazib olinadigan ko‘mir ochiq usulda qazib olinib, uning tannarxi juda arzon. 
Ekibastuz ko‘miri elektroenergiya olish uchun xomashyo sifatida ishlatiladi. 
Qozog‘iston respublikasida neft sanoati asosan 1911-yillardan boshlab 
o‘zlashtirilishi boshlangan, Emben xavzasida. Ulug Vatan urushi yillarida esa Ural - 
Emben rayonidan neft transportirovka qilish maqsadida Gurev - Orsk neft quvuri 
ishga tushirildi. 
1975-yildan boshlab esa, Janubiy Mang‘ishlok va SHimoliy Ustyurtda yangi 
neft havzalari ishga tushdi. 
Mamlakat elektroenergetikasining aksariyat kismi issiqlik elektrostansiyalarida 
ishlab 
chiqariladi. 
Eng 
yirik 
elektrostansiyalar 
Olma-Ota, 
Qaraganda,. 
Petropavlovsk,Jambul, SHimkent, Pavlodar shaharlarida qurilgan. Irtish daryosida 
Ust-Kamenogorsk va Buxtarmins GESlari kurilgan. Issiklik elektrostansiyalarning 
ichida eng yirik - Ermak GRES hisoblanadi, kuvvati - 2,4 mln. kvt. 
Qozog‘istondagi mashinasozlik tarmog‘i asosan ehtiyoj omili asosida 
rivojlanib ko‘proq ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarishga qaratilgan. 


84 
Bu yerda tog‘-kon mashinasozligi (Karaganda), neft sanoati uchun asbob 
uskunlar ishlab chiqarishi (Gurevda), og‘ir mashinasozlik (Olma-Otada) va boshqa 
tarmoqlar tashkil topgan. 
Ximiya sanoati esa mamlakat hududidagi himiya xom ashyolari -fosforit, turli 
tuzlar, tabiiy gaz negizida rivojlangan. Bu tarmoqning asosiy sohasi - fosfat 
o‘g‘itlarini ishlab chiqarish. Shuningdek, soda ishlab chiqarish yaxshi yo‘lga 
quyilgan. Mamlakat yengil sanoati doirasida qoychilik, junchilik, toqimachilik 
tarmoqlari yaxshi rivojlangan. Ip-gazlama kombinatlari SHimkent va Olma-Ota 
shaharlarida joylashgan. 
Turkmaniston Respublikasining asosiy tarmoqlari neftni qazib olish va qayta 
ishlash bilan bog‘liq va bu soha respublika og‘ir sanoatini vujudga keltirgan. 
Neft qazib olinadigai asosiy rayon Nebitdag bo‘lib, bu shahar quvur bilan 
Krasnovodsk shahri bilan bog‘langan. Chunki, bu yerda neftni qayta ishlash 
korxonasi mavjud. Neft qayta ishlaydigan ikkinchi shahar bu CHordjuydir. 
CHordjuyda Shuningdek, mineral o‘g‘itlarini ishlab chiqaruvchi korxona qurilgan. 
Shu bilan birga respublikada qishloq mahsulotlarni qayta ishlovchi paxta 
tozalaydigan va yog‘ ishlab chiqaradigan tarmoqlar bor. Ular Mari, Bayram - Ali, 
CHardjou, Tashxovuz, Ashg‘abad shaharlarida joylashtirilgan. Jun va ipak sanoati - 
Ashg‘abad va CHordjouda, gilamchilik - Kerki, Kazondshikda juda yaxshi 
rivojlangan. 
Qirg‘iziston Respublikasida qishloq xo‘jaligi sanoatdan ustun tursada. Tabiiy 
resurs imkoniyatlari bir xil sanoat tarmoqlarini vujudga kelishda katta ahamiyat kasb 
kiladi. Bu yerda qishloq xo‘jaligi mashinasozligi yaxshi shakllangai. Suv resurslari 
asosida Norin daryosida Tog‘toul GESining bir nechta quvvati ishga tushirilgan. 
Shuningdek oziq - ovkat sanoatining tarmoqlari -go‘sht ishlab chiqarish, shakar, 
vinochilik, tamakichilik bo‘lib, bu korxonalar ishlab chiqargan mahsulotni MO 
davlatlariga ham eksport qilmoqda. Yengil sanoatda esa paxta tozalash, ipakchilik, 
qo‘ychilik, kenaf ishlab chiqarish tarmoqlari shakllangan. 
Tojikiston sanoati ko‘prok qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga 
ixtisoslashgan bo‘lib - to‘qimachilik, konserva sanoati yaxshi rivojlangan. 


85 
Shuningdek, 
rangli 
metallurgiya, 
mashinasozlik, 
ximiya 
sanoatlari 
ham 
shakllanmokda. 
Vaxsh daryosida qurilgan Nurek GES negizida Tursunzoda alyuminiy zavodi 
respublika rangli metallurgiya tarmog‘ining eng yetakchisi hisoblanadi. Shuningdek 
Yavanda qurilgan elektroximkombinati ximiya sanoatiga asos soldi. 
Qishloq xo‘jaligi. Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi halk xo‘jaligi yalpi sanoat 
mahsulotlarning 6,5 % ini beradi. Qishloq xo‘jaligi uchun yaroqli yerlar 221 mln. ga 
bo‘lib, Shundan 188,1 mln. ga yoki 80,6 % o‘tloqzorlarga uchun ajratilgan. 
Qozog‘iston Respublikasining rayonlarining har xil tabiiy va iqtisodiy sharoitlari 
tufayli qishloq xo‘jaligi tarmoqlariga har xil ixtisoslashgan. 
Markaziy va G‘arbiy Qozog‘iston yer maydonlari yem xashak ekinlarini 
yetishtirishga ixtisoslashtirilgan bo‘lsa, Janubiy Qozog‘istonda esa so‘g‘oriladigan 
dehqonchilikga asoslangan qishloq xo‘jaligi bo‘lib bu yerda texnik ekinlarini 
yetishtirish, dehqonchilik, uzumchilik, bog‘dorchilik mahsulotlarini yetkazishga 
ixtisoslashgan. 
Don ekinlarini yetishtirishda Qozog‘iston yetakchi o‘rinda. turadi, yer 
maydonlarining 54% da kuzgi bug‘doy ekiladi. Asosiy don etishtiradigan rayonlar bu 
yangi o‘zlashtirilgan rayonlar bo‘lib, kurik yerlar zimmasiga respublikada 
yetishtiriladigan bo‘g‘doyning 2/3 qismi to‘g‘ri keladi. Asosiy bo‘g‘doy rayonlari. 
Qozog‘istonning janubiy, Tyan-SHan toglarining etaklari va vodiylari. 
Bugdoy lalmikor va obikor yerlarda ekiladi. 
Texnik ekinlardan asosiylari - paxta, kand lavlagi, kungabokar, tamaki va 
kanop yetishtiriladi. Paxta-SHimkent viloyatida, kanop - Qozog‘istonning shimolida 
va markaziy qismida, qand lavlagi - Jambul, Olma - Ota va Taldы - Kurgon 
viloyatlarida yetishtiriladi. 
Tamaki yetishtiriladigan asosiy rayonlar Olma-Ota, kungaboqar - Sharqiy 
Qozog‘iston, gorchitsa - Ural viloyati, dorivor o‘simliklar esa - SHimkent viloyatida 
ekiladi. 
Shu bilan birga, katta shaharlar atrofida kartoshkachilik, sabzavotchilik, 
bog‘dorchilik rivojlangan. 


86 
Bog‘lar va uzumzorlar Qozog‘iston hududining PO ming tani tashkil kiladi. 
Bog‘larinig asosiy qismlari Olma-Ota, SHimkent viloyatida joylashgan bo‘lib, 
uzumzorlarinipg 2/3 kismi SHimkent viloyatiga to‘g‘ri keladi. 
Qozog‘iston respublikasida yirik chorvachilik tarmog‘i shakllangan bolib, 
asosiy chorva mahsulotlari - go‘sht, sut va un hisoblanadi. 
Chorvachilik asosiy tarmog‘i - bu qo‘ychilik bo‘lib, janubiy va g‘arbiy 
Qozog‘istonda qorakolchilik yaxshi rivojlangan. 
Turkmaniston Respublikasining qishloq xo‘jaligi rivojlanishida irrigatsiyaning 
ahamiyati juda katta. Qoraqum kanalining qurilishi Amudaryo suvlarini Kaspiy 
buylariga, Kopetdag tog‘larining etaklarigacha yetkazib beradi. Shuningdek Murgob 
va Tsdjsn irrigatsiya sistemalariping qurilishi Qoraqum va Tashhovuz viloyatlarining 
qishloq, xo‘jaligi ishlarinn olib borishni yaxshilashga olib keldi.Sug‘oriladigan 
yerlarda -paxtachilik, uzumchilik, bog‘dorchilik va polizchilik tarmoqlari 
ixtisoslashgan. 
Chorvachilikning asosiy yonalishi qorako‘lchilik bo‘lib, bu tarmoq MO 
davlatlarida yetishtiriladigan qorako‘lning 1/5 foizini beradi. Shuningdek, 
Turkmanistonda tuyachilik, ipakchilik va asalarichilik yaxshi rivojlangan. 
Qirg‘izistoning qishloq xo‘jaligi sanoatdan ustun turadi. Qishloq xo‘jaligining 
asosiy tormoqlariga dehqonchilik va chorvachilik kiradi. 
Bu respublikada paxtachilik (Farg‘ona vodiysida), qand lavlagi (CHo‘l 
vodiysida) yetishtiriladi. Shu bilan birgalikda qishloq xo‘jalik yerlarining katta qismi 
chorva uchun yem xashak yetkazishga ixtisoslashgan. 
Tojikiston Respublikasining asosiy qishloq xojaligi tarmoqlari - paxtachilik, 
ipakchilik, bogdarchilik, uzumchilik, togli ra,yonlarda - donchilik va chorvachilik 
rivojlangan. 
Ichgichka tolali paxta yetishtirishda Tojikiston yetakchi orinda turadi, 
xosildorligi boyicha ham bu davlat dunyoda birinchi orinda turadi, 1 ga yerdan - 30 
- 40 s., bir xil xojaliklarda esa -55,5 sentner ingichka tolali paxta olinadi. 
Bog‘lar va uzumzorlar yuqori sifatli quruq mevalar, ayniqsa mayiz va turshak 
yetishtirib berish uchun mahsulotlar yetkazib beriladi. 


87 
Mamlakat engil va oziq-ovqat sanoatlarini rivojlantirilishi maqsadida qishloq 
xo‘jaligi Shuningdek, paxtachilik, ipakchilik, moyli ekinlar yetishtirishga 
ixtisoslashgan. 
Tojikiston qishloq xojaligida yirik xisor qoylarini yetishtirish va 
qorakolchilik yaxshi taraqqiy etgan.
Transporti. Maydoni juda katta bulgan mamlakat doirasida transportning 
axamiyati juda katta. Kozogiston Respublikasida rivojlangan temir yoli transporti 
shakllangan bulib, uning uzunligi 14 .ming km tashkil kiladi. Ilk bor kurilgan temir 
yollarga Petropavlovsk - Borovoe yuli kiradi. 1930-yilda Turksib temir yoli ishga 
tushirilib (uning uzunligi 1445 km), bu yol Sibr va Orta Osiyoni bir-biri bilan 
boglangan. Keynichalik Petropavlovsk - Borovoe temir yoli Karagonda va 
Balxashgacha, keyin Mointadan CHuygacha yetkazildi. Shu bilan birga Jarik -Jezkoz, 
Gurev - Kondagach - Orsk, Janubiy Sibir magistrali qurildi. 
Oxirgi paytlarda O‘rtasibir magistrali (Kustanay -Kokchetav -Irtish - Karasuk); 
Beyneu - Qo‘ng‘irot va Makat -Aleksandr Gay. Markaziy Osiyoni va Yevropani 
bog‘lovchi temir yo‘l qurildi. Qozog‘istonning yuk tarkibini asosiy qismini 
toshko‘mir (30%%b qurilish materialari (23%), rudalar (20%), don mahsulotlari (7%) 
tashkil qiladi. 
Mamlakatda Shuningdek avtomobil yo‘llarining qurilishi katta ahamiyatga ega 
(bu yerda 40 ming km dan kun yo‘l qurilgan). Asosiy yo‘l magistrallariga Olma-Ota-
Beshkek-SHimkent-Toshkent;Olma-Ota-Taldi-Qo‘rg‘on-Ust-Kamenogorsk; 
Semipalatinsk - Pavlodar - Omsk. 
Suv transporti Qozog‘istonning ayrim qismlarida mavjud -Balxash ko‘lida, 
Irtish, Sirdaryo, Ili va Ural daryolarida. Kuvur transporti Qozog‘istonda ancha 
rivojlangan bo‘lib, G‘arbiy Qozog‘istondagi Embe neft havzasidan Gurev va 
Orskgacha Mangishlokda quvurlari yotkazilgan. Uzen - Gurev - Sizrangacha qurilgan 
quvurda juda quyuq neft yuboralib, mahsulot yuborilguncha 65° isitishni talab kiladi. 
Respublikada Shuningdek xavo transporti yaxshi rivojlangan. Turkmaniston 
Respublikasida qishloq xojaligining rivojlanishida transport qurilishining ahamiyati 


88 
katta. Kavkaz orti rsspublikalari bilan Markaziy Osiyo davlatlarini boglovchi 
Turkmanboshi porti (Krasnovodsk) dengiz transporti vazifasini bajarib turadi. 
Janubiy Turkmanistondan o‘tuvchi g‘arb bilan sharqni bog‘lovchi Markaziy 
Osiyo temir yuli tranzit axamiyatga ega bo‘lib, bu yo‘l Shuningdek Kavkaz orti va 
Sibirыsh bir - biri bilan bog‘laydi. 
1962-yilda Krasnovodsk - Baku paromi ochildi va bu portdan poezd orkali xar 
xil yuklar tashiladigan boldi. 1948-yilda qurilgan CHordjou - Qo‘ng‘irot temir yo‘li 
Turkmanistoni quyi Volga rayonlari bilan bog‘laydi. 
Janubiy 
Turkmanistonda 
ayniksa 
avtomobil 
yullarning 
zich 
turi 
o‘tgan.Poytaxtni o‘zok Qoraqum rayonlari va Toshxovuz bilan bog‘lashda aviatsiya 
katta rol o‘ynadi. 
Qirg‘izistoning transport tarmog‘ida Lugovaya - Bishkek -Rыbache temir 
yo‘lining qurilishi respublika miqyosida ichki aloqalarni yaxshilaydi. Mamlakat 
ichkarisida, tog‘li qismlarda avtomobil yo‘llarning ahamiyati katta. Bunday 
avtomobil yo‘llar shimol bilan janub, o‘rtasida, Issiq ko‘l xalqasida va Bishkek-Osh 
orasida qurilgan. 
Keyingi yillarda Farg‘ona vodiysidan boshlanadigan Andijon - Osh - Urumchi 
avtomobil yo‘llarining qurilishi MO davlatlari bilan Xitoy o‘rtasidagi transport 
aloqasini yaxshilashda ahamiyati juda katta. 
Tojikiston Respublikasida ishlab chiqarish kuchlarining rivojlantirilishi o‘z 
navbatida transport turining rivojlanishga olib keldi. Respublikada avtomobil 
transporti ustun turadi. Respublika doirasida Osh - Xorog, (butun Pomir orqali), 
Dushanbe - Xorog, Dushanbe - Xojakent avtomobil yo‘llari qurilgan. 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin