61
8-bob. YAPONIYANING IQTISODIY-GEOGRAFIK TAVSIFI
8.1.Yaponiyaning iqtisodiy geografik o‘rni.
8.2.Aholi va davlat tuzimi.
8.3.Xo‘jalik tarmoqlarini geografik joylanish xususiyatlari.
8.4.Ichki tafovutlari va tashqi iqtisodiy aloqalari.
8.1. Yaponiyaning iqtisodiy geografik o‘rni.
Yaponiya Tinch okeanidan orollarda Sharqiy Osiyo sohili yaqinida joylashgan
davlat. Hududida 4 mingga yaqin orolni qamrab olgan, shimoli-sharqdan janubi-
g‘arbga 3 ming km ga cho‘zilgan;
eng yirik orollari Xonaydo, Xonsyu, Sikonu,
Kyusyu. Maydoni – 372 ming km
2
. Yaponiyaning hududining o‘lchamiga ko‘ra
G‘arbiy Yevropaning eng yirik mamlakatlari va AQSH shtatlari bilan taqqoslasa
bo‘ladi. Biroq tarkibiga va shakliga ko‘ra Yaponiya
hududi ulardan keskin farq
qiladi. Yaponiya butun bir orollar olamidir.
Yaponiyaning iqtisodiy geografik o‘rni avvalo uning orollarda joylashganligi
bilan bog‘liqdir, mamlakat orollari yevrosi bilan Tinch okean orasida 3,5 ming km ga
cho‘zilgan bo‘lib, Osiyo –Tinch okeani hududining markazidir. Bu hol mamlaktning
halqaro mehnat taqsimotida ishtirok etishi uchun juda katta imkoniyatlar ochadi.
Mamlakatning Osiyoning ikki sharqida joylashganligi uning iborali nomida aks etgan
bo‘lib, u «Kun chiqardagi o‘lka» deb ham ataladi. Yuqorida qayd etilganidek,
mamlakatning iqtisodiy-geografik o‘rni jihatidan qo‘laylik tomonlari yaxshi.
Lekin
uning yanada rivojlanishiga er taqqosligi, vulqonlar aytilishi, zilzilalarni tez-tez sodir
bo‘lishi, kuchli yomg‘irlar, dovullarni takrorlanishi salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Yaponiya mo‘tadil, subtropik va tropik iqlim mintaqalarida joylashgan.
Qirg‘oq chizig‘ining umumiy uzunligi 30 ming km, chamasida. Xonsyu orolining
janubiy sohili, Sinaku va Kyusyu orollarning qirg‘oqlarida qo‘ltiq ko‘p; bu yerda
murakkab qirg‘oq chizig‘iga ega bo‘lgan. Ichki Yapon dengizi joylashgan. Yaponiya
hududining ¾ qismi qir va tog‘lardan iborat: past tekisliklar sohil bo‘ylab
ayrim-
ayrim joylarda joylashgan. Mamlakatda bir qator vulqonlar mavjud bo‘lib, jumladan,
eng katta vulqon – Fudziyama (balandligi 3776 metr) qad ko‘tarish. Iqlimi mussonli,
62
shimolida mo‘‘tadil, janubida subtropik, ayrim orollarda asosan tropik. Xokiydo
orolida, Sap-poroda yanvarning o‘rtacha harorati – 5
0
S, iyulniki 22
0
S.
Materikdan
esgan qishki musson Yaponiya hududida sovuq havo va ko‘p yog‘in keltiradi.
Yiliga 30 martagacha tayrun bo‘ladi. Bu vaqtda kuchli shamol esib, jala
yog‘adi. O‘rtacha yillik yog‘in 1800 m, Xokeydo orlining sharqida yillik yog‘in 800-
1200 mm, Sikoku va Kyusyu orollarida 3000mm gacha.
Dostları ilə paylaş: