F. M. Xalimova turizm geografiyasi o‘quv qo‘llanma



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/86
tarix20.06.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#133305
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   86
43268edc535ab8ed1b63397f9298c36b TURIZM GEOGRAFIYASI

Ichki suvlari. Daryolari qisqa, ammo sersuv. Mamlakat gidroenergiya 
resurslari 52,7 mln.kvt. Shundan 21,8 mln.kvt o‘zlashtirilgan. Ko‘pgina daryolarning 
suvi sug‘orishga sarflanadi. Mayda ko‘llar ko‘p. Yaponiyadagi eng katta ko‘l Biva 
(maydoni 716 km
2
). 
Yaponiya hududining 2/3 qismi, o‘rmon va butazorlardan iborat; 
o‘rmonlarning 1/3 qismi ekib o‘stirishi orqali yaratilgan. Yog‘och zahirasi 1,9 mlrd 
metr. Yaponiyada jami 700 tur daraxt, buta hamda 3000 tur o‘t o‘simligi o‘sadi. 
Yaponiyada sut emizuvchilarning 270, qushlarning taxminan 800, sudralib 
yuruvchilarning 110 turi mavjud. Yaponiya qirg‘oqlariga tutash dengiz suvlarida 
baliqlarning 600 dan ziyod, molyuskalarning 1000 dan ortiq turi yashaydi. 
Yaponiyada 10 mln. gektar erda tabiat qo‘riqlanadi. Shuning yarmini 23 ta 
milliy bog‘ va davlatga qarashli qo‘riqxonalar tashkil etgan. 1970-yildan dengiz suv 
osti milliy bog‘lari tashkil etildi. 
Mamlakatni mineral boyliklariga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu kabi boyliklarga 
mamlakat ancha kambag‘al. Yaponiya biron-bir yerosti boyliklari bilan o‘zini o‘zi 
ta’minlay olmaydi. Shuni uchun mamlakat o‘z ehtiyojini import hisobiga qondiradi. 
Shu bilan birga, boy dengiz, geotermal, gidroenergiya, agroiqlim resurslariga ega. 
Yaponiya bu resurslaridan samarali foydalanadi.
8.2. Aholi va davlat tuzimi 
Yaponiyaning aholisi 127,3 mln. kishi. Aholisining soni bo‘yicha jahon 
mamlakatlari orasida sakkizinchi o‘rinda turadi. Yaponiya keyingi o‘n yillar 
davomida aholi tabiiy o‘sishning harakteri keskin darajada o‘zgaradi. Yaponiya aholi 
ko‘payishining ikkinchi tipidan birinchi tipiga o‘tgan osiyodagi birinchi mamlakat 
bo‘ldi. Hozirgi vaqtda har 1000 aholi hisobiga to‘g‘ilish 10 kishiga, o‘lim esa 7 


63 
kishiga to‘g‘ri kelmoqda yoki mamlakat aholisi yiliga o‘rtacha 275 ming kishiga 
ko‘paymoqda. Unda bolalar o‘limi ko‘rsatkichlari jahonda eng pastdir. Shu bilan 
birga aholisi o‘rtacha 80 yoshdan ortiqroq umr ko‘rmoqda. Bu ko‘rsatkichlarga 
erishishda mamlakatda olib borilayotgan optimal, demografik siyosat, aholining 
yutuk ijtimoiy hayot tarzi, oilani rivojlantirish yo‘nalishlari, qo‘lga kiritilgan yutuqlar 
muhim rol uynamoqda. 
Yaponiya milliy tarkibiga ko‘ra, nihoyatda bir xildir. U tipni bir millatli 
mamlakat bo‘lib, yaponlar aholisining 99% ga yaqini tashkil etadi. Yapon tili juda 
o‘ziga xos bo‘lib, jahondagi til oilalardan birontasiga kirmaydi. 
Yaponiyada aholining o‘rtacha zichligi 1 km
2
maydonda 338 kishi to‘g‘ri 
keladi. Agar mamlakat aholisining asosiy qismi maydonining 10 foizida yashashni 
hisobga olsak, amalda aholi yashaydigan hududlarda bu ko‘rsatkich ming kishini 
tashkil qiladi. 
Yaponiya yuqori darajada urbanizatsiyalashgan davlatlar qatoriga kiradi. Unda 
jami aholining 76 foizidan ko‘prog‘i shaharlarda yashaydi. Mamlakatda yirik 
shaharlar soni 200 dan ortadi. Eng yirik shahri mamlakatning poytaxti Tokio bo‘lib, 
unda 9 mln. dan ko‘proq aholi istiqomat qiladi. Aholisi 1 mln. dan ortiq bo‘lgan yana 
6 ta shahri bor. Mamlakatda yirik shahar aglomiratsiyalari shakllangan. Tokio-
Nagoya-Osaka yo‘nalishi bo‘ylab 600 km. dan ortiq masofaga cho‘zilgan hududida 
dunyodagi eng yirik mialopolislardan biri Tokaydo tashkil topgan. 
Hozirgi vaqtda aholisi 50 ming kishidan ortiq bo‘lgan aholi zich yashaydigan 
hamda odamlarning ko‘pchiligi shaharlarga xos mehnatda band bo‘lgan aholi 
rayonlari shaharlar deb ataladigan bo‘ldi. 
Mamlakatda ikki asosiy din-sintoizm va buddizm mavjud. 
Yaponiya-yuksak madaniyat va yoppasiga savodxonlik mamlakati bo‘lib, unda 
bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga ularning yoshligidan katta e’tibor beriladi. 
Yaponiyadagi universitetlar soni butun G‘arbiy Yevropadagidan ko‘p. 
Jami iqtisodiy faol ish bilan band aholi (52,2 mln nafar)ning 27 foizi sanoatda, 
22 foizi savdoda, 12,6 foizi qishloq xo‘jaligida ishlaydi. 


64 
Ikkinchi jahon urushi arafasida iqtisodiy faol aholining asosiy qismi qishloq 
xo‘jaligi va baliq ovlash bilan band bo‘lgan, endilikda esa sanoatda qishloq xo‘jaligi 
bilan bog‘liq ovlashdagiga qaraganda ikki barobar ko‘p kishi ishlamoqda. Moddiy 
boylik ishlab chiqarmaydigan sohalarda ishlovchi xodimlar, xizmatchilar, ilmiy 
xodimlar, mehmonxona xizmatlari va boshqalarning soni ko‘payib bormoqda. 
Yaponiya – konstitutsion monarxiya davlatdir. Amaldagi konstitutsiyasi 1947- 
yil 3- mayda kuchga kirgan. Yaponiyaning merosib va imperatori konstitutsiyasiga 
ko‘ra «Davlat va xalq birligi ramzi» hisoblanadi. U parlament tavsiyasiga ko‘ra, bosh 
vazirni hukumat tavsiyasiga ko‘ra, Oliy sud raisi va a’zolarini tayinlaydi, 
Shuningdek, hukumat a’zolarini vazirlariga tayinlaydi, iste’folarini qabul qiladi, 
parlamentni chaqiradi va hakozo. Oliy hokimiyat organi 2 palatali parlament (vakillar 
palatasi 4 yilga maslahatchilar palatasi 6 yilga saylanadi), 20 yoshga to‘lganlar saylov 
huquqi beriladi. Konstitutsiyasiga ko‘ra, parlament hukumat faoliyatini nazorat qilib 
turadi, xalqaro shartnomalarni tasdiqlaydi. 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin