F. M. Xalimova turizm geografiyasi o‘quv qo‘llanma


 Aholisi, davlat tizimi va Xo‘jalik tarmoqlarini geografik joylanishi



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/86
tarix20.06.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#133305
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   86
43268edc535ab8ed1b63397f9298c36b TURIZM GEOGRAFIYASI

7.2. Aholisi, davlat tizimi va Xo‘jalik tarmoqlarini geografik joylanishi 
Ikki nemis davlati birlashganidan so‘ng mamlakat aholisi keskin ko‘paydi va 
hozir 82 mln. kishini tashkil etadi. Milliy tarkibiga ko‘ra 90% dan ko‘prog‘i nemislar; 
qisman (daniyalik)Lar va gollandlar yashaydi. Aholining o‘rtacha zichligi 1km
2
ga 
300 nafarga bo‘lib, mamlakatning Rur ko‘mir havzasida esa aholi zichligi 1 km
2
ga 
1000-3000 kishi to‘g‘ri keladi. Urbanizatsiya darajasi jihatdan Germaniya dunyoda 
oldingi o‘rinda turadi. Aholining 90% ga yaqini shaharlarda yashaydi. Aholining 
tabiiy o‘sishi past darajada. Davlat tili-nemis tili. Dindorlar-protestantlar 
(lyuterantlar, 50%dan ziyod) va katoliklar. Mamlakatda 7,2 mln. chet elliklar ham 
yashaydi. Aholi soni Shu muhojirlar hisobiga oshmoqda. Ular umumiy aholining 
8,9%ini tashkil etadi. Yirik shaharlariga Berlin (3438000), Bamburg (1661000), 
Myunxen (1237000), Keln (1004000), Frankfurt-Mayn (647000), Dort munt 
(600000) kabi shaharlari kiradi. 
GFR davlat tuzimiga ko‘ra federativ respublikasi. Amaldagi kostitutsiyasi 
1949-yil 23-mayda qabul qilingan, unga 1954, 1956, 1990, 1993 va 1994-yillarda 
qo‘shimchalar kirtilgan. Davlat boshlig‘i-federal prezident. U maxsus chiqariladigan 
federal majis tomonidan 5 yil muddatga saylandi va yana faqat bir marta saylanishi 
mumkin. Qonun chiqaruvchi organ parlament, u ikki palata: bundestag va 
bundesratdan iborat. Bundestag aholi tomonidan 4 yil muddatga saylanadi. Ijroni 
hokimiyat federal kanslar boshchiligidagi federal hukumat qo‘lida. Federal konslar 
bundestogda prizidentning taklifiga binoan ko‘pchilik ovozi bilan saylanadi. Vazirlar 
federal kanslerning taklifi bilan prezident tomonidan tayinlandi. Har bir erning o‘z 
konstitutsiyasi, parlament va hukumati bor. 
GFR – yuksak darajada rivojlangan industrial mamlakat. Umumiy iqtisodiy 
qudratiga ko‘ra dunyoda AQSH va Yaponiyadan keyin uchunchi o‘rinda, jahon 
savdosida ikkinchi o‘rinda turadi. Yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoat va 
qurilishning ulushi 33,6% ni, qishloq xo‘jaligining ulushi 1,2% ni tashkil etadi. 
Germaniyaning Yevropa va jahon xo‘jaligidagi muhim ahamiyatini uning yuqori 
sifatli mahsulot chiqarishga qaratilgan sanoati belgilaydi. Fantalab tarmoqlarining 
hissasi ortib bormoqda. Stanoklar va boshqa ishlab chiqarish jihozlarini, avtomobil, 


57 
organi kimyo mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha Germaniya dunyoda oldingi 
o‘rinlardan birini egallaydi. 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin