Texnik - texnologik. Sexlami proektlashtirish, yangi texnologik jarayonlami ishlab chiqarish; ishchi qurollami kons- truktivlashtirish va sh.k.
Iqtisodiy. Insonni ishlab chiqarish vositalari va bir - birlari bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlarini yangi ko‘rinishlarini ishlab chiqish, ya’ni ishlab chiqarishni maksimal holda tashkil etish, mahsulotlami tannarxini kamaytirish, ishlab chiqarish rentabel- ligini yuksak darajaga ko‘tarish.
Psixofiziologik.Ishchi o‘rinlarda qulay sharoitlarni yaratish, u uzoq vaqt shu ishlayotgan joyida yuqori unumdorlik sha- roitida ishlay olishi va o‘z sog‘lig‘ini saqlay olishi bilan bog‘liq.
Ijtimoiy. Mehnatni mazmunligini va jozibadorligini ko‘tarish. Mehnat qilayotganlami aqliy va jismoniy mosligini optimallashtirishga intilish. Bu vazifalar mehnatni ilmiy tashkil qilishning muhim vazifalari qatoriga kiradi. Bular esa o‘z navba- tida olib boriladigan ishlarda yanada mukammallashib boradi.
Inson mehnatini tashkil etish, uni qilayotgan mehnatini unumli qilish, insondagi ruhiy jarayonlarda mehnatni yaxshi tashkil etish ko‘proq inson manfaatlarini o‘ylash bu aynan mehnatni ilmiy tashkil etish jarayonlari bilan bog‘liqdir.
27-chizma Mehnatni ilmiy tashkil (MIT) qilish - bu shunday tashkil qi- lishki, qo‘yilgan vazifalami bajarish davomida ilmiy tahlil va bajarish sharoitlarini amaliyotda sinash, amaliyotga tadbiq qilib natijalarini ko‘rish hisoblanadi. Bunda uning asosi bo‘lib fan va amaliyot yotadi. Mehnatga ilmiy yondoshish - bu mehnat unum- dorligini ko‘tarishga qaratilgan doimiy intilish, yangi ratsional mehnat vositalarini tadbiq qilgan holda ishlab chiqarishda ish- chilar uchun qulayliklami yaratish bilan bog‘liqdir. Bu jarayonlami tashkil etish va yaratuvchanlik faoliyatini amalga oshirish psixologiyaga asoslanishi zarur.
28-chizma Yangilikni izlash, bu ishdagi foydali tomon- ya’ni o‘quv va ishlab chiqarishda bu yangilikni qo‘llay olish, yanada yangi tomonlarini kashf qilishdir. Shuningdek, fan yutuqlaridan foydalangan holda o‘quv jarayonida yoki ishlab chiqarishda mavjud bo‘lmagan yan- giliklami tadbiq etishdir. Buning uchun o‘quvchilarda, bo‘lg‘usi malakali ishchilarda texnik ijodkorlikka qobiliyatni, o‘qituvchi va ustalarda - pedagogik ijodkorlikni shakllantirish zarurdir. Birgalikda faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassisslarda va ular- ning mehnat faoliyatlarini unumdorligi quyidagi omillarga bog‘liq bo‘ladi:
Ishlab chiqarishdagi psixologik iqlim, holatdan ya’ni o‘zaro munosabat, kelishib ishlash, o‘zaro yordam va umumiy kayfiyatdan;
Ishlab chiqishdagi tashqi muhit, moddiy ta’minlanganlik darajasi, ishdagi sharoit;
Mehnat rejimi, ya’ni davomiyligi, intensivligi, ritmikligi, mehnat va dam olishni to‘g‘ri tashkillashtirish.
Mehnatni ilmiy tashkil etish bu keng tushuncha bo lib bir tomondan inson mehnat qilayotgan obyektni o‘zgartirib borib, ik- kinchi tomondan bu obyektlami insonning psixologiyasiga mos tushushini ta’minlab insonni mehnat qilishi va о z imkoniyatlarini ко‘rsatish uchun sharoitlar yaratib berish bilan bog liq hisoblanadi. Mehnatni ilmiy tashkil etish bo‘yicha ko‘plab tajribalar olib borgan pribaltikalik psixolog V.G.Loos o‘z tajribalarida inson va ishlab chiqarish o‘rtasidagi munosabatlami o'rgangan edi. Insonni ish faoliyatidagi yaratilgan sharoitlar uni mehnat faoliyatiga, mehnat jarayonidagi yaratuvchanligiga, o‘zaro munosabatdagi psixologik iqlimga,individual psixologik holatlariga, mehnat unumdorligini oshib borishiga ta’sirini o‘rganib borgan. V.G.Loos shaxsni har tomonlama o‘rganishga intilib uni ilmiy asosda mehnat sharoitida, mehnat qilishga yaratilgan imkoniyatlarda, shaxsga ta’sir etuvchi ijtimoiy psixologik sharoitlarda, kollektiv asosidagi sharoitlarda, korxona va uning sha- roitlarini shaxs psixologiyasiga ta’sirida, mehnat bilan bog liq vaqt sharoitlarida, charchashga olib keluvchi sharoitlarda, mehnat xavfsizligini yaratish sharoitlarida, dam olish va unga berilgan vaqt, sharoitlarda, estetik did bilan yaratilgan sharoitlarda, ishchini kiyinishi va uni faoliyatga ta’siri kabi ko‘plab jarayonlami o‘rganib bordi. Mehnatni ilmiy tashkil etish insonga mehnat qilishi davomida qanday omillar ta’sir etib uni faoliyatini unumdor qilishi va inson mehnati davomida o‘z ijodiy imkoniyatlaridan qanchalik to g ri foydalana olishi kabi tomonlami o‘rganib boradi. Insondagi mavjud bo‘Igan tomonlardan biri bu inson har doim ijodga intilishi hisoblanadi.Inson o‘zi mehnat qilayotgan joyda iloji boricha o‘z mehnatini yengillashtirishga, yangi qirralami topishga intilib boradi. Bunda mehnatni tashkil qilish muhim omillardan hisoblanadi. Shuning uchun bu yerda rahbar psixologiyasi, rahbaming tashkilotehilik tomonlari muhim hisoblanadi. Shuni ham esdan chiqarmaslik kerakki jamiyatga, korxonaga kerak bo‘lgan kadmi, mutaxassisni tayyorlash, uni o‘qishi, mehnat staji, malakasi, bilimi asosida sodir bo‘ladi. Bu aytilgan omillar bir- daniga egallanmaydi. Tarixda ham bu sohada ko‘plab misollar mav- juddir. Yangi bitirib kelgan kadrga biror jiddiy masalani hal qili- shida o‘ylanib topshiriladi. Uni mas’uliyati, ishni kelajagini ko‘ra olishi, odamlar bilan chiqisha olishi, to‘g‘riligi, haqiqatga asoslanishi va shu kabi ko‘plab xususiyatlariga qaraladi. Jamiyat o‘ziga kerak bo‘lgan kadrlami qadrlashi, bilimidan, mala- kasidan, orttirib borgan tajribalaridan foydalanib, yangi kadrlar bilan jamiyatni ta’minlashga intilishi zarur. Yaxshi kadmi ishdan bo‘shatib, yangisini olish bu ish unumini pasayishiga, kollektivdagi munosabat- larga ziyon yetkazib qo‘ymaslikni hisobga olish kerakligini ko‘rsatadi. Kadrlami mehnatga tayyorlashda mehnatni ilmiy tashkil etish muhim jarayon hisoblanadi. Kadrlar o‘n yillar davomida tayyor- lanadi. Ulami ehtiyotlash, jamiyat manfaatlariga xizmat qilishini ta’minlash eng muhim omillardan hisoblanadi. Yangi kadrlar tayyorlashda kasb psixologiyasi oldida turgan vazifalar 0‘zbekiston yildan yilga o‘zining oldida turgan ko‘plab vazifalami amalga oshirib bormoqda. Bu eng awalo ishlab chiqarishda, kadrlar tayyorlashda ko‘zga tashlanib kelmoqda. Jamiyatda olib bo- rilayotgan islohotlar o‘zining mohiyati va amaliy vazifalari jihatidan ko‘pgina vazifalami o‘tashni talab qiladi. Bu sohada bu islohotlami mohiyatini asoslab beruvchi falsafiy tahlillar kerak bo‘ladi. Ko‘plab savollar paydo bo‘ladiki, buni asoslash, olib borilayotgan islohotlami yo‘nalishini va amaliy natijalami tahlil qilish, unga falsafiy yondoshish kerakligini ko‘rsatadi. Kasb psixologiyasi aynan amaliy va nazariy fan sifatida ko‘plab masalalami o‘rganadi, uni chuqur tahlil qiladi va falsafiy mushohada uchun ko‘plab masalalami ko‘rsatib ham beradi. Kasb psixologiyasi jamiyat manfaatlariga o‘z xizmatlarini qo‘yar ekan u jamiyatga kerakli bo‘lgan kadrlami yetkazib berish, bu kadrlar- ni sifatli va raqobatbardosh bo‘lishini hisobga olgan holda ishlami olib boradi. Jamiyat oldidagi muhim masalalardan biri albatta kadrlar masalasi hisoblanadi. Kadrlar tayyorlashda kasb psixologiyasi jamiyatga kerak bo‘lgan va jamiyat manfaatlariga o‘z xizmatlarini ayamaydigan insonlami yetkazib berishga intiladi. Ko‘rinib turibdiki, hozirda kasb psixologiyasiga bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda. Shu bilan birga bu mutaxassislami kuchidan foydalanish va kadrlami o‘z kasbini tanlashdagi imkoniyatlarini to‘g‘ri ko‘rsatib berish zarur. 0‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar kadrlar masalasiga o‘ziga xos bo‘lgan holda qarashni talab qilmoqda. Ya’ni kadrlar eng awalo sifatli va raqobatbardosh, jahon standartlariga to‘g‘ri keladigan, bilimdon va malakali mehnatsevar va ijodiy yondosha oladigan bo‘lishlari kerak. Kasb psixologiyasi fani kadrlami tayyorlashda o‘ziga xos vazifalami bajarishi va ulami amalga oshirishi zarur bo‘ladi. Kasb psixologiyasi yoshlami o‘zlari qiziqqan kasblami egallashlariga yordam berishi, ulami yetuk kadr bo‘lib borishlariga hissasini qo‘shishi, o‘zlaridan keyin shogirdlar tayyorlashlariga ko‘maklashishi va ke- yinchalik nafaqaga chiqishlariga tayyorlashi kerak bo‘ladi. Yangi kadrlami tayyorlash masalasi kasb psixologiyasi oldiga ko‘plab dolzarb masalalami qo‘yadi. Bular quyidagilarda o‘z aksini topadi: Kasb psixologiyasi fanini 0‘zbekistonda fan sifatida shaklla- nishini vujudga keltirish;
Kasb psixologiyasi bo‘yicha kadrlami tayyorlash;
Kasb psixologiyasi bo‘yicha laboratoriyalami shakllantirish;
Kasb psixologiyasini ishlab chiqarishga va tadbirkorlikka zarur bo ‘ Igan kadrlar bilan j amiyatni ta ’ minlash yo ‘ lida yoshlarni kasbga yo‘naltirib borishi;
Yoshlar orasida kasbga intilishni, kasb tanlashni, kasbga layoqatlikni, kasbiy maslahatni, kasbga yo‘naltirishni o‘rgatib borib jamiyatga kerak bo‘Igan mutaxassislami yaratish;
Kasb psixologiyasi kadrlami atestatsiyasini va kasbiy layoqa- tini o‘rganib borish, ularga kerak bo‘lgan bilimlami berishni tashkil eta olishi zarur bo‘ladi;
Kasb psixologiyasi jamiyatda olib borilayotgan islohotlarda faol ishtirok etishi va kasblami yanada kengayib borishiga o‘z his- sasini qo‘shib borishi kerak bo‘ladi.
Kasb psixologiyasi bo‘yicha olib borilgan izlanishlar asosida yangi darsliklami shakllantirish va oliygohlarda shu fan bo‘yicha darslami kiritish.
Takrorlash uchun savollar 1 .Kasbiy xavfsizlik psixologiyasi va uning oldida turgan ko‘plab masalalar. Yangi texnikani kirib kelishi va undagi xavfsizlik talablari. 2.Insonda kasb psixologiyasi bilan bog‘liq psixologik jihatlami tarbiyalab borish. Kasb psixologiyasi, kasb tanlash, kasbga yo‘naltirish va yangi kasblami paydo bo‘lishi. Mehnatni ilmiy tashkil etish masalalari va kadrlami mehnatga tayyorlash
Yangi kadrlar tayyorlashda kasb psixologiyasi oldida turgan vazifalar.
Xavfsizlik masalasi va mehnatni tashkil qilishdagi kamchilik- lar, yutuqlar va to‘ldirish kerak bo‘Igan bilimlar.
GLOSSARIY Kasb - inson ish faoliyatining ma’lum tajriba, tayyorgarlik talab etadigan faoliyat turi, sohasi, hunardir.