Birinchi qiyinchilik-o‘smiming ijtimoiy yetilmaganligi, mustaqil qaror qabul qilishga tayyormasligi. Afsuski, oilaviy va mak- tabdagi tarbiyalar mustaqil qaror fabul qilishga o‘rgatmaydi. Shu bilan birga o‘smir birinchi marotabakasb tanlashni og‘irligini o‘z bo‘yniga oladi. Ota - onalar esa bolani kasb tanlash davrida har xil munosabat ко‘rsatadilar. Bir xil ota - onalar о‘g‘li yoki qiziga o‘z irodasini o‘tkazishga harakat qiladilar. Bir xillari yordam berish- dan о‘zini chetga oladilar va bolani erkin kasb tanlashiga halaqit bermaydilar. Bolaga tayyor qaromi tavsiya etmagan holda, ularga maslahat, yo‘l - yo‘riq ko‘rsatib, tushuntirib o‘z maslahat ishlarini olib borishlari lozimdir. Ikkinchi qiyinchilik- kasb tanlashga ta’sir etish bilan bog‘liq omillami bilmaslik. Kasb tanlayotgan o‘smirga qanday omillar ta’sir etayotganligini bilmaslik, ulami hisobga olmaslik. Bu o‘smiming sog‘lig‘i;
Kasb tanlashda bolaning intilishi, qiziqishi, qobiliyati;
0‘smiming tanlagan kasbini mohiyatini tushunishi.
Iqtisodni kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini ham hisobga olish.
Kasb tanlashdagi yana bir qiyinchilik- bu kasbga davo qiluv- chilami bir xil bo‘lmagan (o‘ziga yuqori yoki past baho berish) darajasi hisoblanadi.