F. R. Abduraxmonov



Yüklə 1,73 Mb.
səhifə35/52
tarix26.12.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#197293
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   52
enbbb

Kasbni
egallashning
faollashuvi.
Mehnat motivlarini va “Men” konsepsiyasini korrektirovka qilish

Kasbiy o‘sish krizisi (23 -25yosh)

Egallab turgan mansabi va martabasidan qoniqmaslik. Ehtiyoj va malakasini yanada rivojlantirish. Oila qurish va iqtisodiy yetishmovchilik

Malakasini oshirish.Karera qilish.Ish joyini va faoliyatini o‘zgartirish. Xobbi, oila va turmush


Inqiroz tushunchasi va uning ta’rifi
Insonning yosh davriga qarab uni bosib o‘tadigan inqirozlarini psixolog olimlar o‘rganib, uning davrlarini asoslab berganlar. Yosh davrlariga qarab inson hayoti davomida yuz beradigan inqirozlar, krizislar qonuniy tarzda uch yoshda, yetti yoshda o‘n bir - o‘n uch yoshda sodir bo‘ladi. Albatta shuni ham unutmaslik kerakki insonni hayotini keyingi davrlarida ham o‘ziga xos bo‘lgan inqirozlar bo‘ladi. Bu krizis bir oy yoki bir- ikki yil davom etishi mumkin. Ayniqsa o‘smirlik davrida. Bu davrda jiddiy psixologik o‘zgarishlar, shaxs­ning o‘zgarib borishi, rivojlanishning juda tez, shiddat bilan bori­shi krizisning ko‘rinishi sifatida ko‘zga tashlanadi. Krizis davrining xususiyatlari sifatida bolani qiyin tarbiyalanishi, atrofdagilar bilan keskin konfliktlarga borishi, og‘riqli va qiyin kechadigan kechinma- lami boshidan o‘tkazishi kabilar bilan xarakterlanadi. Deylik, uch yoshli bolada krizis davrida qaysarlik, ziyonli harakati, o‘z holicha bo‘lib qolishini ko‘ramiz. Yetti yoshdagi bolalardagi krizisda psixik bir xillikni buzilishini, irodadagi barqarorlikni buzilishini, kayfiyat ham bir xil bo‘lmay o‘zgarib turishini va shu kabilarini kuzatamiz. 0‘n uch yoshdagi o‘smirda esa krizis davrida ish qobiliyati pasayadi, maktabdagi yutuqlar kamayadi va shu kabilami kuzatish mumkin. Shuni ham ta’kidlash kerakki, har bir krizis davrining asosiy mohiyati ijobiy o‘zgarishlarga olib keladi. Deylik, yetti yoshli bolada negativ (salbiy)lik asosida uning mustaqilligi shakllanadi va tengdosh bolalar bilan bo‘ladigan o‘zaro muloqotda mazmunli, xilma-xil munosabat- lar yuzaga keladi. Krizisni kechishi ko‘pgina hayotiy jarayonlar bi­lan bog‘liq bo‘ladi. Bular o‘qituvchini qobiliyati va tayyorgarligidan, oiladagi psixologik muhitdan va tarbiyadan kelib chiqadi. Demak, ko‘rinib turibdiki, krizisdan keyin yuzaga kladigan ijobiy tomonlar bu o‘qituvchidan, uning qobiliyati va bilimlaridan, oiladagi yuz be- radigan munosabatlar natijasi bo‘Igan psixologik muhitdan va bo­laga beriladigan tarbiyadan kelib chiqadi. Har bir davming krizisi o‘zining o‘ziga xos tomonlari bilan ajralib turadi.
Insonda o‘zining yashashi va o‘zini tasdiqlashi, kattalardek bo‘lib borayotganini atrofdagilarga ko‘rsatishga intilishi, o‘zidagi o‘zgarishlarga bo‘lgan munosabati, kattalar bilan teng munosabat qilishga bo‘Igan intilishi va shu kabilar bolada о‘zini ko‘rsatishga bo‘lgan psixik jarayonni vujudga keltirib boradi va biz ulami krizis sifatida bilamiz. Shundan kelib chiqqan holda bolalardagi ayrim krizisga xos bo‘lgan tomonlami ko‘rsatib berishga intilamiz.






Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin