- 15 yoshdagi o‘smirlik davri. Ulardagi asosiy faoliyat bu tengdoshlari bilan shaxsiy - intim munosabatlar hisoblanadi. 12 -
yoshga kelib bolalarda ulami ijtimoiy kattaliklarini tan olishga bo‘lgan ehtiyojlar paydo bo‘ladi. Jamiyatdagi o‘z huquqlarini anglash, ijtimoiy foydali faoliyat bilan o‘zlarini qoniqtira olishlari kabi tomonlar ulami tez rivojlanishlari uchun sharoit yaratadi. 0‘zini ijtimoiy munosabatlar tizimidagi o‘mini anglashi, o‘zini ijtimoiy ahamiyatli subyekt ekanligini anglab borishi kabi jarayonlar yuz beradi. Ulaming faoliyatida motivlashgan ehtiyoj munosabatlari shakllanadi. 0‘smirlami aqliy rivojlanish darajasi haqida gapirga- nimizda ularda formal fikrlash darajalari, ya’ni mantiqiy fikrlash qobiliyatini shakllanishi, aqliy operatsiyalami bajara olish jarayonlari rivojlanadi. 0‘smirdagi ahloqiy ongining darajalari haqida so‘z ket- ganda unda avtonom ahloqni vujudga kelishi, uning xatti - harakat- lari o‘zining vijdoni orqali amalga oshadi. Eng awalo ijtimoiy yu- tuqlarga asoslangan prinsiplarga orqa qiladi, keyin esa umuminsoniy ahloqiy prinsiplarga suyanadi. 0‘smirdagi ehtiyojlar bu boshqalar bilan bo‘ladigan munosabatda o‘zini o‘mini belgilab olishi, uni hurmat qilishga bo‘Igan ehtiyoj ni paydo bo‘lishi, unga bo‘Igan ishonch va uni tan olish, mustaqilligini hurmatlash.
Krizis davrining natijalari:
0‘z - o‘zini anglashni rivojlanishi;
Dunyoqarashning va falsafiy tafakkuming rivojlanishi;
Nazariy bilimlar tizimini shakllanishi.
14 yoshga xos o‘smirlik krizisi.(Bu davmi falsafiy tahlil davri deb baholasa bo‘ladi). Bu davrda o‘smir ko‘proq mustaqillikka va “kattalarga” xos pozitsiyani sharoit bo‘lmasa-da egallab borish- ga intiladi. Bu davrda u, ya’ni o‘smir jizzaki va boshqalardan far- qlanuvchi o‘ziga xos fikrlami bildirishga intiladi. Bu davrga tegishli bo‘lgan qator qarama - qarshiliklar unda mavjud bo‘ladi. 0‘smirdagi haddan tashqarigi faollik uni qattiq charchashga olib keladi; aqlga sig‘maydigan xushchaqchaqlik umidsizlik bilan almashadi, o‘ziga bo‘lgan ishonch uyatchanlikka va qo‘rqoqlikka o‘tadi; yuksak ahlo- qlilik ishonchsizlik bilan almashadi, muloqotga bo‘lgan intilish yolg‘izlik bilan almashadi, nozik did beparvolik bilan almashadi. Bu yoshdagi krizisning oxiriga kelganda o‘smirda quyidagi yangi tomonlar vujudga keladi:
kasbini va o‘z shaxsiga xos bo‘lgan tomonlami aniqlab olish;
o‘z xulq - atvorini mazmunga ega bo‘lgan qadriyatlar asosida boshqarish;
o‘z shaxsiga xos bo‘lgan qadriyatlar tizimini shakllantirish;
mantiqiy tafakkuming shakllanishi;
gipotetik - deduktiv tafakkuming shakllanishi;
o‘z shaxsiga xos bo‘lgan fikrlaming shakllanishi;
О‘zini individualligini anglash.
Psixologlar krizis bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘plab masalalarga o‘z javoblarini berishga intilib kelmoqdalar. Krizisni inson hayotida- gi o‘mi, uning sabablari nimada, uning oqibatlari qanday bo‘ladi, krizisni yemirish bilan bog‘liq bo‘lgan oqibatlaridan qanday qoch- ish mumkin, qanday omillar, qanday psixologik o‘ziga xos tomonlar insonni bu krizislardan saqlab qolishi mumkin degan qator savollar ulami o‘ylatadi. Krizis - grekcha - kreses - so‘zidan olingan bo‘lib, yechish, burilish punkti, natija degan ma’noni bildiradi. Krizis psixologiyada qandaydir sabab yoki shaxsiy hayotdagi tub burilish asosidagi og‘ir holat deb tushuniladi. 15 yoshdagi krizis haqida gapirganimizda uning o‘ziga xos tomonlari mavjuddir. Bu davrda jinsiy yetilish davri bilan bog‘liq bo‘ladi. Bunday holat yangi imkoniyatlar va yangi bog‘liqliklami yuzaga keltiradi. Bular esa eski steriotiplami to‘la o‘zgartirib yubori- shi mumkin bo‘ladi. Bu davmi yana o‘tish davri deb ham yuritiladi. Bu davr birinchi marotaba qarama - qarshi jinsga garmonik prizma orqali qarash bo‘lib, endi eskicha tengdosh sifatida emas, balki uni boshqa jins sifatida qarash shakllanadi. 0‘smirlardagi jinsiy qiziqish ularda o‘zlarini “ego”larini, ya’ni “Men”ligini shakllantiradi. Bu davrda o‘smirlar o‘zining tashqi ko‘rinishiga diqqatlarini qa- ratadilar, o‘zlariga nisbatan malakali bo‘lgan o‘g‘il va qiz bolalami so‘zlariga e’tibor beradilar.
0‘smirlardagi har doim katta kishi bo‘lishga intilish, ulami ota -onalar bilan ziddiyatga olib keladi, o‘zlarini shu davmi kechirayot- ganligini ham unutib qo‘yadilar. Bu davrdagi qiyinchiliklarni oldini olish uchun psixologlarga va psixoterapevtlarga murojaat qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Quyida krizisning sabablarini ko‘rsatib bemvchi obyektiv va sub- yektiv hodisalar tizimini rasmda ko‘rsatib berilgan. Bu xilma - xil sabablar asosida bola rivojlanishida o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.
20-chizma. Psixologiya tarixida krizisni patologiya sifatida qaramagan psixolog olim bu L.S.Vigotskiy hisoblanadi. U navbatdagi yosh bilan bogMiq boMgan krizisga sekin astalik bilan o‘tish, ayniqsa bolalaik davrida, shaxsni baquwat boMishiga, atrof - muhitdagi salbiy holat- larga qarshi tura oluvchi irodaviy inson boMib yetishishiga olib keladi deb baho beradi. Lekin shu bilan birga bunday asta- sekinlik bilan krizisni o‘tkazish uchun muhitda korreksiya ishini olib borish va agar psixolog bunga aralashsa mutaxassis sifatida uni ham bu sohani javobgarlik asosida olib borishi talab qilinadi. Elkonin B.D. yosh davrlar krizisini paydo bo‘lishi sababi bu in- sonda o‘mashib qolgan tushunchalar va hayotda asta sekin paydo bo‘Igan yangi tomonlar o‘rtasidagi ziddiyatlar deb tushuntiradi. Sog‘lig‘i bilan bog‘liq inqirozlar. Psixologik inqirozlar. Deviant xulq - atvor bilan bog‘liq inqirozlar. Kasb tanlovchilaming sog‘lig‘i kasb tanlashda eng muhim tomon- lardan hisoblanadi. Bizga ma’lumki o‘quvchilarda o‘sish, hayot jara- yonlari davomida o‘ziga xos bo‘lgan jismonan kamchilaklar bo‘ladi. Bular ayrimlari avloddan o‘tsa, ba’zilari ottirilgan bo‘ladi. Bu esa uni kasb tanlashida inqirozni vujudga keltiradi. Bu insonni jismonan ort- tirib borgan kamchiligi hisoblanib o‘zi orzu qilgan kasbni tanlashga halaqit beradi. Buning natijasida unda ma’lum bir norozichiliklar paydo bo‘ladi. Bolalardagi bunday psixofiziologik kamliklami tib- biy nazoratdan o‘tkazish davomida aniqlash mumkin. Bolalami vrach nazoratidan va psixolog nazoratidan o‘tkazib turish va ulami kelajakda qanday kasb egasi bo‘lishlarini aniqlash ko‘p jihatidan ota - onalarga bog‘liq bo‘ladi. Bolalami sog‘lig‘i bilan bog‘liq inqirozlar, eng awalo ulardagi jismoniy yetishmovchilik, avloddan orttirib olgan kasallik, har xil travmalar, oiladagi muhit, o‘zi ottirgan kasalliklar va shu kabilarda ko‘rinadi. Bu kasalliklar o‘smimi o‘zi orzu qilgan kasbini egallashga halaqit beradi. Deylik hozirda bolalarda qandli diabet kasalligining ko‘payishi. Bu oiladagi yoki o‘zaro munosabatlardagi stresslar bilan bog‘liq bo‘ladi. Yoki har xil yuqumli kasalliklaming bo‘lishi, ulami imkoniyatlarini cheklab qo‘yadi.