F. R. Abduraxmonov


Kasb psixologiyasi fanining kelajagi va hozirgi zamon talablari



Yüklə 1,73 Mb.
səhifə7/52
tarix26.12.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#197293
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   52
enbbb

Kasb psixologiyasi fanining kelajagi va hozirgi zamon talablari
Kasb psixologiyasi fani haqida so‘z ketganda shuni ta’kidlash ke- rakki, bu fanning kelajagi hali oldinda. Chunki jamiyat yashar ekan unda kasblarga bo‘lgan zaruriyati mavjud ekan, bu kasblami tanlash, yo‘l - yo‘riq berish zarariy jarayon bo‘lib qolaveradi. Ko‘plab yangi kasblar paydo bo‘ladi va ulami o‘rganishga ehtiyojlar ham zamriy jarayonlar bo‘lib qoladi.
Sharq allomalaridan biri bo‘lgan Nizomiy Ganjaviy shunday jum- lalarni yozgan edi:
0‘qib o‘rganilgan har bitta hunar,
Hunarmandga bir kun foyda keltirar!
Hunaringdan bir kun yetarsan baxtga,
Hunarsiz kim yetar toj ila taxtga? ! [28, 20. ]
Insonni baxtga olib keluvchi, uning yashashini yaxshilovchi - uning kasbi, ottirgan hunari ekanligini Sharqning buyuk faylasuf olimi Foro- biy ham o‘z asarlarida ko‘rsatib o‘tgan edi. “Juz’iy narsalar eng yetuk baxtga-saodatga olib boruvchi fazilatli san’at (kasb - hunar) lardir.”
Bu fikrlaming o‘zi ham insonni kasb - hunar ottirishi uning eng asosiy burchi ekanligini ko‘rsatadi. Lekin kasbga qiziqmaydigan, ta- kasaltang, ish yoqmas yoshlar ham yo‘q emas. Ulaming jamiyatga, oilasiga foydasidan ko‘ra ziyoni kattadir.
Hozirda 0‘zbekistonda ham yoshlami ta’lim va kasb bilan ta’minlash masalasi dolzarb masalalardan bo‘lib turibdi. 0‘z kasbini egallay olmagan ko‘plab yoshlami hunarli qilish, ulardan jamiyatga keladigan foydalami ta’minlash, ota - ona, mahalla, jamiyat oldida turgan katta masalalardan biri hisoblanadi. Kasbga qiziqish, undan manfaat topish insonning o‘ziga, qolaversa ota - onasiga, jamiyatga kerakligini anglash muhim vazifalardan hisoblanadi. Bular esa yosh­lar oldiga ko‘plab vazifalami qo‘yadi:

  1. 0‘zi uchun foydali bo igan kasbni to‘g‘ri tanlab olishni;

  2. Bu kasbni yaxshi egallashni va o‘z kasbini ustasi bo‘lib yeti- shishni;

  3. Kasbi haqida ko'plab bilimlami egallashni;

  4. Kasbiga ijodiy yondosha olishni;

  5. Mehnatsevar, o‘z ishini o‘zi tashkil qila oluvchi, kasbiga xos ahloqni egallashi;

  6. 0‘zining shogirdlarini yaratishga intilishi;

  7. Jamiyatga va ota - onasiga yaxshi nomlar bilan maqtov olib kelishi;

  8. Kelajakda nafaqaga chiqishga ehtiyoj lar paydo boiganda uning ishlarini davom ettiruvchi shogirdlami yaratishi va o‘z mak- tabini qoldirishi;

  9. Kasbini o‘ziga xizmat qiluvchi va kelajagini ta’minlovchi hu­nar sifatida shakllantirishi;

Bu kabi talablar yoshlarga ko‘pgina imkoniyatni yaratib beradi. Kasbga boigan ehtiyoj yoshlarni oldiga qo‘yadigan talablar bilan uzviy bogiiqdir. Yoshlar o‘zlariga yoqqan kasblami tanlaganlarda- gina unga qiziqadilar va unda o‘zlariga foyda ko‘radilar.
Kasb psixologiyasi ham aynan shunday talablardan kelib chiqqan holda rivoj topib boradi. Kasb psixologiyasining kelajagi bu jami­yatdagi ehtiyojlar va manfaatlar bilan bogiangandir. Bu eng awalo quyidagilar bilan bogiiq:

  • Jamiyat taraqqiyoti

  • Aholini o‘sib borishi

  • Talab va ehtiyojlar

  • Yoshlarni kasb tanlashlari

  • Fan va texnika taraqqiyoti

  • Yoshlarni bilim darajasi

  • Yoshlarda jamiyatga foyda keltirishni anglashlari

  • Yoshlarni o‘z hayotlarini farovonlashtirishga intilishlari

  • Katta avlod va yosh avlod o‘rtasidagi ustoz - shogird munosa- batlari

  • Jamiyatni yoshlarga beradigan e’tibori

  • Yangi faoliyat turlarini paydo boiishi

  • Mehnatni to‘g‘ri tashkil etish

  • Jamiyatga ehtiyoj sifatida paydo boiayotgan yangi kasblami shakllanishi bilan va sh.k.

Takrorlash uchun savollar

  1. Kasb va kasb psixologiyasi haqida umumiy tushuncha.

  2. Kasb psixologiyasining o‘rganish obyekti va predmeti.

  3. Kasbga xos psixologik jarayonlar va ularni o‘rganishga bo‘lgan ehtiyojlami shakllanishi.

  4. Aytingchi kasb qanday tanlanadi?

  5. Insondagi kasb tanlashga xos psixologik jarayonlar.

  6. K.M. Gurevich Kasbni paydo bo‘lishini qanday tushuntiradi?

  7. E.A. Klimov Kasbni qanday guruhlarga ajratadi?

  8. Kasb psixologiyasi fanining o‘rganish predmeti nima?

  9. Kasb psixologiyasini fan sifatida paydo boiishiga nima sabab boiadi?

  10. Kasb haqidagi qadimiy tushunchalami bilasizmi?

  1. Kasb psixologiyasi fanining vazifalari va boshqa fanlar bilan aloqasi Kasb psixologiyasi fanining shakllanishi va vazifalari

Kasb psixologiyasining shakllanish tarixi uzoq davrlarga borib taqaladi. Bu kasblar paydo boiishi bilan, insoniyat o‘zligini tani- shi bilan, jamiyatda mehnat taqsimoti paydo bo‘lishi bilan shakllanib borgandir. Bizga ma’lumki insoniyat ibtidoiy jamiyatda o‘ziga xos holda mehnatni taqsimlanishini boshidan o‘tkazgan. Bular esa uning tarixiy taraqqiyotida yanada murakkab jarayonlarni yuz berishi bilan, insoniyat o‘z boshidan ma’lum bir tarixiy etaplami bosib o‘tishi bilan bog‘liqdir. Biz bular haqida insoniyatda yozuvni paydo bo‘lgungacha davrlarda, g‘ordagi chizilgan rasmlarda ham ko‘rishimiz mumkin. Keyinchalik insoniyat o‘z orasidan ma’lum kasblami o‘zi uchun tirik- chilik manbai qilib olganligida ko‘rishimiz mumkin.
Insoniyat ibtidoiy jamiyatdan quldorchilikka va undan yer bilan ishlovchi - feodalizmga, ishlab chiqarishni rivojlanishi orqali fan va texnika bilan bog‘liq bo‘lgan kapitalizmga o‘tib borar ekan, har xil bo‘lgan kasblar paydo bo‘ldi va ular orqali tirikchilik o‘tkazildi. Inson- lami ma’lum bir kasblarga bo‘lgan intilishi o‘z hayot faoliyatini yax- shilashga, tirikchiligini o‘tkazishga intilishlami olib keldi. Jamiyatdagi mehnat taqsimoti insonlami o‘rganishga, ulami ma’lum bir kasblarda yaxshi natijalar berishini ko‘rsatdi. Kasbga xos bo‘lgan psixologik ja­rayonlar ham shakllanib bordi. Jamiyatga va insonlarga kasbini yaxshi biladigan, bilimli, mohir kasb egalari, shuningdek bu kasbni qaysi biri- ni tanlab o‘zi va jamiyat uchun foydali ishlami bajara oladigan shaxslar ham zarur bo‘ldi. Shu tariqa jamiyatga insonni kasbini va uni kasbiga mos keluvchi psixologik jarayonlarni o‘rganuvchi kasb psixologiya- siga ehtiyoj tug‘ildi. Lekin bu ham darrov yuzaga kelgani yo‘q. Yillar davomida insonni kasbga bo‘lgan munosabatini, kasbni egallashi bilan bog‘liq jarayonlarni va mexanizmlami, qarilik bilan bog‘liq, ya’ni kasbdan ketish jarayonlarini, kasbni almashtirish va yangi bir kasb­ni egallash, kasbdagi qo‘nimsizlik sabablarini, kasbni ustasi bo‘lib yetishish va uning sirlarini, kasbdagi ijod va yangi qirralami topish kabi ko‘plab masalalami o‘rganishi kerak bo‘lgan kasb psixologiya- siga ehtiyoj ko‘payib bordi. Bu fan eng avvalo Yevropada shakllandi va keyinchalik boshqa davlatlarga ham tarqaldi. Kasb psixologiyasining o‘zi ham yangi kasb shakli sifatida insonni madaniyatini boyitib bordi.
Sharqda ham kasbga bo igan munosabatlar sharh mutafak- kirlarining asarlarida o‘z ifodasini topgan. Kasb haqidagi qadimiy fikrlami eng qadimiy taiimot bo igan muqaddas “Avesto”da uch- ratamiz. Keyinchalik esa sharqning buyuk allomalari asarlarida, xalqning og‘zaki ijodida kasb haqidagi fikrlar yanada shakllandi. Kasbni ular yashashning, inson faoliyatidagi mustaqillikning, bit- mas tuganmas boylikning, jamiyatda insonni о‘mini ko‘rsatib be- radigan asosi sifatida tushuntirib berdilar.
Jamiyatda paydo bo igan kasb psixologiyasi o‘z o‘zidan shakllan- madi, balki o‘z oldiga ma’lum bir vazifalami qo‘yib, ulami yechishga va jamiyatda inson va kasb o‘rtasida paydo boiadigan munosabat- lardagi masalalarni o‘rganishga, ularga javob topishga harakat qi- luvchi fan sifatida shakllandi. Kasb psixologiyasi 0‘zbekistonda fan sifatida endi tashkil topayotgan psixologik yo'nalish hisoblanadi. Le- kin uning ildizlari qadim davrlarga borib taqaladi.
Inson va jamiyat uchun fanning ahamiyati juda kattadir. Umu- man fan haqida gapiradigan boisak fanni quyidagicha ta’riflash mumkin: “Fan - bu rivojlanuvchi, o‘suvchi bilimlar tizimi, in- sonnning atrof olamni surunkali o‘zlashtirilishiga, o‘zini qur- shagan voqelikning borligi haqida aniq va teran axborot olishi, bunday axborotni saqlash, qayta ishlash va undan foydalanishga yo‘naltirilgan ijtimoiy ongning alohida shaklidir.” Fanning jami­yat va insoniyat oldidagi ko‘plab vazifalari mavjud. Bularning ay- rimlarini ko‘ramiz:

  • Fanning moslashtiruvchi funksiyasi hayotiy faoliyatning tabi- iy va ijtimoiy sharoitlarga moslashish qobiliyatini shakllantiradi.

  • Fanning faollashtiruvchi funksiyasi jamiyatda tabiatga nis- batan amaliy o‘zgartiruvchi faoliyatga moyilliklarni shakllantiradi

  • Fanning informotiv funksiyasi odamlarga atrof- olam haqida yangi ilmiy bilimlar, aniq ilmiy axborot beradi.

Kasb psixologiyasi fan sifatida o‘z oldiga ko‘plab vazifalami qo‘ygandir. Bu vazifalar jamiyat oldidagi va o‘zini fan sifatidagi vazifalardir. Vazifa so‘zi - arabchada maosh, oylik degan ma’noni bildiradi.Vazifa o‘z ishlatilishi jihatidan har xil yo‘nalishlarda o‘ziga xos ravishda ishlatiladi. Vazifa - amalga oshirilishi, hal qili- nishi lozim bo‘lgan masaladir. Fan vazifasi bu o‘z o‘rganish pred- metidan kelib chiqqan holdagi bajarilishi kerak bo‘lgan ish faoliyati hisoblanadi. Ya’ni fanning funksiyasi, bajarilishi kerak bo‘lgan ish faoliyatidir.
Kasb psixologiyasining vazifalarini belgilashda ham o‘ziga mos bo‘lgan yondoshuvlar mavjud. Har bir izlanuvchi keng va fanning oldiga qo‘yilgan masalalardan kelib chiqqan holda vazifalami aniq- lab olishga intiladi. Deylik, V.M.Karimovaning kasb psixologiyasi kitobida quyidagicha yondoshiladi.

  1. Yoshlarga o‘zi tanlagan kasbining psixologik mohiyati hamda milliy istiqlol g‘oyalari asosida jamiyat oldidagi ahamiyatini to‘la anglash;

  2. Tanlagan kasbining professional yo‘nalish sifatidagi jamiyat­da tutgan nufuzi va ahamiyatiga xolis baho berishga o‘rgatish;

  3. Har bir talabaning tanlagan kasbi to‘g‘risidagi tasavvurlarini kengaytirish, boyitish, bunda psixologiya arsenalidagi ishonchli metodikalar va testlardan foydalanishga o‘rgatish;

  4. Kasb etikasi, odobi,professional ahloq tushunchalari borasida tanlangan kasbning murakkab qirralarini jamiyatdagi barqaror qad- riyatlar va ma’naviy mezonlar nuqtayi nazaricha tahlil qilish; kasb­ga sadoqat tamoyillarini belgilash;

  5. Bo‘lg‘usi o‘qituvchi muhandis yoshlami to‘g‘ri professio­nal yo‘nalishini shakllantirishning psixologik hamda pedagogik texnologiyalaridan boxabar qilish, professional motivatsiya, profes­sional maorif va konsultatsiya asoslari bilan tanishtirish.

  6. Shaxsning individual psixologik xususiyatlaridan kelib chi- qib, o‘zini - o‘zi kasbiy aniqlash,kasbiy muloqotning sirlarini aniq­lash, professional bilim, malaka hamda ko‘nikmalami egallashda jamoaviylik psixologiyasi tamoillariga o‘rgatish. [26, 17. ]

Kasb psixologiyasini predmetini belgilash va muammoli tomon- larini tahlil qilish natijasida rossiyalik psixolog E.F. Zeer shunday yozadi.

  1. Shaxsning kasbini egallash bilan bogiiq holdagi kasbiy metodologiyani asoslash va tadqiqotning asosiy tushuncha va tamoyillarini ko‘rsatish;

  2. Kasb psixologiyasi predmetiga adekvant bo‘Igan tadqiqot metodlarini ishlab chiqish va o‘zining xususiy metodlarini shakl- lantirish;

  3. Kasbni psixologik tahlil qilish,tasniflash(klassifikatsiya) va xarakterlab berish; kasbni loyhalash metodlarini va tamoyillarini ishlab chiqish;

  4. Shaxsni kasbni egallashini psixologik va qonuniy mexanizm- larini tahlil qilish; bu jarayonni deterministik dinamikasi omillarini belgilash; kasbni egallashdagi krizislami o‘rganish;

  5. Mutaxassisni kasbiy destrukturasini o‘rganish; shaxsni defor- matsiyasini va stagnatsiyasini, kasbiy mehnat qilish imkoniyatlarini pasayib borishini tahlil qilish;

  6. Shaxsni kasbiy rivojlanish imkoniyatlarini psixodiagnostika- sini ishlab chiqish va mutaxassisni attestatsiya qilish;

  7. Shaxsni kasbni egallab borishini psixologik kuzatish; uni qoilab - quvvatlash, rag‘batlantirish va butun kasbiy faoliyati davo- mida unga yordamlashish, kasbiy maslahat berish, kasbiy texnologik rivojlanishida yordamlashish, attestatsiyalash, kasbiy mahoratini o'sishida, bilimlarini boyib borishiga yordamlashish, kasbiy korrek- siyasida va reabilitatsiyasida yo‘l - yo‘riqlar berish, shuningdek kasb- dan ketishidagi jarayonlarda unga suyanchiq bo‘lish.[21,18.] Kasb psixologiyasi vazifalariga shu kabi yondoshuvlar borligini ko‘ramiz. Albatta kasb psixologiyasi fan sifatida o‘z fimksiyalariga egadir. Ulami biz yuqorida ko‘rsatgan vazifalardan kelib chiqib ta’riflaymiz. Kasb psixologiyasini vazifalari asosan inson va jamiyat manfaatlarini ko‘zlab amalga oshiriladi. Bu manfaatlar bolmasa demak kasb psixo­logiyasining o‘zini ham keragi bo‘lmaydi. Fan sifatida va jamiyat oldidagi vazifalardan kelib chiqqan holda kasb psixologiyasining o‘z vazifalari mavjud. Bu vazifalar umummetodologik va metodologik xususiyatlarga egadir. Biz bularga yuqorida to‘xtab o‘tdik.

Kasb psixologiyasining hozirdagi asosiy vazifasi fan sifatida 0‘zbekistonda shakllanib olishi bo‘lsa, uning keyingi asosiy vazi­fasi ta’lim berishdagi jamiyat oldida turgan dolzarb vazifalami yechishda o‘z hissasini qo‘shishdir. Hozirgi vaqtdagi muhim masala kasb psixologiyasi uchun bu ko‘plab kasblar ichidan o‘zi uchun zamr bo‘lgan kasbni tanlab olishda yoshlarga yordam berish hisob­lanadi. Kasb psixologiyasi o‘sib kelayotgan yoshlami tarbiyalashda va o‘zini fan sifatida shakllanib borishida tinmay izlanib bormoqda.
Kasb psixologiyasi fanining “ta’lim to‘g‘risidagi” qonunlarni ijrosiga xos bo‘lgan vazifalari
0‘zbekistonda jamiyat uchun kerak bo‘lgan yaxshi, raqobatbor- dosh, bilimdon kadrlami tarbiyalash masalasi dolzarb masalalardan bo‘lib turibdi. Bu masalalami hal qilishda 0‘zbekistonda ko‘plab amaliy ishlar bajarilib kelinmoqda. Eng asosiylaridan biri bu ta’lim tizimini isloh qilish va jamiyatga kerakli bo‘lgan kadrlami tayyor- lash hisoblanadi. Bu yo‘lda “Ta’lim to‘g‘risi” dagi va “Kadrlar tay- yorlash milliy dasturi”da ko‘tarilgan va amalga oshirilib kelayotgan masalalar o‘z aksini topgandir. 0‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “Barkamol avlod - 0‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” asarida xalq ta’limini tubdan isloh qilish zarurligi va uning ahamiyati to‘g‘risida ko‘plab fikrlar mavjud. Prezident ke- lajak avlod bo igan yoshlarni sogiom, barkamol boiib tarbiyala- nishini bizning milliy xususiyatimiz ekanligini ko‘rsatib beradilar. “Mana shuning uchun ham bugungi kunda biz bu masalaga jiddiy e’tibor bermoqdamiz. Shuning uchun ham bu maqsadga qaratilgan loyihalar jamoatchiligimiz diqqat - e’tibori markaziga oimoqda, tarbiya sohasi islohoti bugungi eng dolzarb,ertangi taqdirimizni hal qiluvchi muammoga aylanmoqda”. [9, 5. ] Taiim - tarbiya masalasi bu yoshlarni kelajakda kasb tanlashga, ulami o‘z hayot faoliyatla- rini qurish bilan bogiiq bo igan dolzarb masaladir. Kasb tanlash bu maktabdan boshlanadi va kollej, litseylarda davom etadi. Shuning uchun ham olib borilayotgan islohotlar bu kasb sohasiga ham o‘z ta’sirini oikazadi. Chunki jamiyatga kerak bo igan kasblami tan- lashda , yo‘nalishlar berishda, kasbga xos bo igan tarbiyani yosh- larga yetkazishda kasb psixologiyasining o‘mi juda kattadir.
Yengil sanoat yo‘nalishi bo‘yicha ham tayyorlanayotgan kadrlami tarbiyalash, ularga o‘z kasblarini sevish va sadoqatli boiish kabi xislatlami berishda mutaxassis pedagoglami tarbiyalash muhim ma­salalar qatoriga kiradi. Paxtani qayta ishlashdan tortib, uni ip shakliga keltirish, bulardan inson ko‘zini qamashtira oladigan matolami tay- yorlash, ulardan har xil ko‘rinishga ega boigan chiroyli va ixcham, insonga go‘zallik keltira oladigan kiyimlami yaratish kabi ko‘plab kasblami egallagan kadrlami tayyorlab berish, albatta pedagog mu- taxassislarga tegishlidir. Ulaming bu sohadagi mehnatlari juda zarur boigan jarayondir. Kasb psixologiyasi bu kabi ko‘plab har xil sohalar- da mehnat qila oladigan kadrlami tayyorlashda o‘z hissasini qo‘shadi.
Kadrlar tayyorlash bilan bog‘liq dasturlardagi qo‘yilgan ko‘plab ma­salalar kasb psixologiyasini yoshlarga kasb tanlashlariga yordam bera oladigan o‘ziga xos bo‘lgan o‘z dasturlarini yaratish masalasini ham qo‘yadi. Lekin bu sohani 0‘zbekistonda endigina rivojlanib kelishi, shu sohaga tegishli bo‘lgan psixolog kadrlami yaratishni talab qiladi. Kasb psixologlari o‘z yo‘nalishlariga ega bo‘lgan tomonlarga ham, maxsus psixolog yo‘nalishlarga ham e’tibor berishlari zarar bo‘ladi. Psixolog konsultant, psixolog diagnost, psixolog terapevt va shu kabi yo‘nalishga xos kadrlar ham yaratilishini talab qiladi.
Ta’lim bilan bog‘liq bo‘lgan islohotlaming muhim ikkinchi turi sifatida kollejlami nazarda tutadigan boTsak, unda yoshlami kasbga yo‘naltirish va kasblarini asosiy tomonlarini bilib olishlari uchun im­koniyatlar yaratiladi. Bu haqida 0‘zbekistonning Birinchi Prezidenti

  1. A.Karimov shunday deydilar: “Mazkur o‘quv yurt lari zamonaviy jihozlanganligi, o‘qituvchi -pedagoglar saviyasi, o‘qish jarayonining tashkil etilishi va talablariga kamida 2-3 zamonaviy kasb - hunar bera olishi bilan oldingi PTU lardan tubdan farq qilishi kerak ”. [9, 17. ] Ko‘rinib turibdiki, yoshlami kasb egasi boTishlari va shu kasb yo‘nalishi bo‘yicha kadr bo‘lib yetishishi jamiyat uchun muhim ja­rayon hisoblanadi. Jamiyatda bu yo‘nalish bo‘yicha ko‘plab amaliy ishlar qilinmoqda. Yangi va yangi kollejlar qurilmoqda, ular zamo­naviy o‘quv qurollari bilan qurollanmoqda. Olgan bilimlarini amali- yotga tadbiq qilish uchun imkoniyatlar yaratilmoqda.

Kasb psixologiyasi bu qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqqan holda umummetodologik vazifalami amalga oshirib borishi zamr bo‘ladi. Bu yoshlarga bilim berish bilan bog‘liq - gnosiologik vazifa. Kasb psixologiyasi kasblarga tegishli bo‘lgan umumiy yo‘nalishlar bera oladigan bilimlar bilan yoshlami tanishtirib boradi. Kasblami jami- yatdagi o‘mi va yoyilish darajasi, ularga xos boTgan kasb bilan bog‘liq ijtimoiy masalalar, iqtisodga xos masalalar kabi ko‘plab
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin