Kasbga yo‘naltirish ishlari bo‘yicha yuqori sinf o‘quvchilarini “kasbni egallash yo‘llari”, “hozirgi mehnat bozorini tahlili” mavzu- sida tadqiqot ishlari olib borish
Kasbga yo‘naltirish ishlari bo‘yicha yuqori sinf o‘quvchilarini “kasbni egallash yo‘llari”, “hozirgi mehnat bozorini tahlili” mavzu- sida tadqiqot ishlari olib borish.
Kasbga yo‘naltirishda o‘qituvchining roli o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi yaqinlik tufayli rivojlanadi. 0‘qituvchi o‘quvchi bilan muloqotga kirishar ekan, uni kuzatadi, o‘rganadi, bilimga intilishidan kelib chiqqan holda unga yo‘l yo‘riqlar berib boradi. 0‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi yaqinlik bu bir maqsadga birgalikdagi mehnat tufayli shakllanadi. 0‘qituvchi o‘quvchini ayniqsa o‘ziga yaqin bo‘lgan, birgalikdagi faoliyatda ishtirok etgan o'quvchini o‘z bola- sidek ko‘radi. Uni tarbiyasiga juda qiziqadi va hatto bitirib ketgandan keyin ham uni yutuqlaridan quvonadi. 0‘qituvchini o‘quvchini kasbga yo‘naltirishdagi roli va ahamiyati eng awalo bu o‘quvchilami tarbiyalashida, ta’lim berishida, ma’naviy boy inson bo‘lishlariga yordamlashishlarida ko‘zga tashlanadi. 0‘quvchini o‘zini anglashi, o‘z “Men”ligini tanishi bu o‘z - o‘zidan kelib chiqmaydi albatta, bunda o‘qituvchining mehnati va talablari yotadi. 0‘quvchini kasb tanlashida va bu kasb uning qiziqishlari bilan bog‘lanishida aynan o‘qituvchining amaliy ishlari, ya’ni tarbiyasi va bergan ta’limi yotadi. Biror narsaga qiziqish uchun insonda eng awalo bilim, malaka bo‘lishi bular asosida unda shakllangan dun- yoqarash shakllangan bo‘lishi kerak. Bu dunyoqarashni esa albatta o‘qituvchining roli va o‘misiz egallab bo‘lmaydi. Demak, ko‘rinib turibdiki, o‘qituvchi bu o‘quvchining engazizin- soni, uni o‘z ota - onasidek ulug‘lashi kerakbo‘lgan zotdir. 0‘quvchiga butun mehnatini singdirib borayotgan inson sifatida o‘qituvchining o‘mi bu almashtirib bo‘lmaydigan o‘rin ekanligini ko‘rsatadi. 0‘qituvchining o‘quvchi qiziqishi, irodasi va intilishi haqidagi tasavvurlari. Birgalikdagi faoliyat, o‘zaro ishonch va maqsad sari intilish muammolari 0‘qituvchi o‘quvchini aqlan va ruhan tayyorlashi 0‘qituvchi ta’lim berishi davomida har bitta o‘quvchi bilan bog‘lanadi. Ulardagi bilimga va ta’lim olishga bo‘lgan imkoniyat- lami biladi. 0‘quvchining bilim olishi va kasbga bo‘lgan munosabati uning qiziqishlaridan, irodasidan, intilishlaridan kelib chiqadi. 0‘quvchining qiziqishi uning yosh jihatlari bilan, bu qiziqishni ushlab qolishga bo‘lgan irodasi bilan, kasbga intilishi bilan bog‘liq bo‘ladi. 0‘qituvchi vao‘quvchio‘rtasida ta’lim olishda birgalikdagi faoliyat bo‘ladi. Bu o‘qituvchini o‘quvchiga berishi kerak bo‘lgan bilimlami berishi bilan bog‘liq faoliyat bo‘Isa, ikkinchisi bu o‘quvchini o‘qituvchi berayotgan bilimni o‘zlashtirish va o‘zi uchun qiziqar bo‘lgan fanlami yaxshi o‘zlashtirish hisoblanadi. Bu faoliyatda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida o‘zaro ishonch qo‘yilgan maqsad- larga birgalikdagi intilishi zarurdir.
0‘qituvchi ta’lim berish davomida o‘quvchini aqlan rivojlan- ishini va ruhan tetik bo‘lib borishini boshqarib boradi. Bu jarayon ta’lim va tarbiyada yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bolalar hali ko‘pgina bilimlar haqida tasawurga ega bo‘lmaydilar. Uni o‘qituvchi berib boradi va o‘quvchilarda o‘ziga xos bo‘lgan bilim ba’zasini yaratadi. 0‘quvchilar esa bu bilimlami amaliyotda sinab boradi. Bu ulami aqlan rivojlanishlari uchun asos bo‘lib, o‘zlariga bo‘lgan ishonch- ni shakllanishiga olib keladi. Bu kabi ko‘plab misollar orqali o‘quvchini rivojlanib borayotganini ko‘rsatish va testlar orqali sinab borish mumkin bo‘ladi. 0‘qituvchi o‘quvchini ta’lim berish davomida uning qiziqishla- rini, intilishlarini, undagi irodani o‘rganib va ulami shakllanishi uchun imkoniyatlar yaratib boradi. 0‘qituvchi o‘quvchini kasblar bilan tanishtirib borib, undagi layoqatni kuzatadi. 0‘qituvchi o‘quvchilami kasbga bo‘lgan havaslarini diagnostika qilib borish natijasida o‘quvchilarga yordam ham beradi. Kasb tanlashdagi eng asosiy tomon bu o‘quvchilardagi individual - psixologik xususiyatlar hisoblanadi, ya’ni o‘quvchining qiziqishlari, xarakteri, temperamenti, dunyoqarashi, manfaatlari hisoblanib shular asosida ularda ma’lum bir kasbga havas, orzu, intilish paydo bo‘ladi. 0‘qituvchilar o‘quvchilami qiziqishlarini E.O. Klimovning kasblami o‘rganish bo‘yicha tasnifi asosida o‘rganib ulami shu yo‘nalishlar bo‘yicha tayyorlab boradilar. Kasb tanlayotgan o‘quvchilar uchun o‘qituvchining ular haqi- dagi fikrlari juda muhim hisoblanadi. 0‘quvchi o‘z fikrlarini o‘qituvchi fikrlari bilan taqqoslashga, ko‘proq o‘qituvchining fikrlarini qilishga intiladi. 0‘qituvchi o‘z o‘quvchilari orasida bo‘lar ekan ulami qiziqishlarini, intilishlarini, ruhiy kamolotlarini kuzatib boradi. 0‘quvchilarda ma’lum bir kasbga bo‘lgan qizi- qishlami paydo bo‘lishini, ulami shu kasbga bo‘lgan layoqatlarini, o‘quvchilami fiziologik sog‘lomligini, o‘zlari tanlagan kasbga xos bo‘lgan ahloqiy bilimlarini o‘rganib boradi. 0‘qituvchi o‘zi tarbiyalayotgan o‘quvchisida irodaviy xususiyatlami tarbiyalab boradi. Bu albatta ulami birgalikdagi faoli- yatida ko‘zga tashlanadi. 0‘quvchilar bilan bo‘ladigan mulo- qot o‘qituvchida dars davomida, maktab faoliyatida, maktabdan tashqari bo‘ladigan faoliyat turlarida ham yuz beradi. 0‘quvchi uchun o‘qituvchi namuna bo‘lib, o‘quvchi o‘z ustozini amaliy faoliyatini, hay otiy faoliyatini, kerak bo‘Isa oilaviy faoliyatini ham zimdan kuzatadi. Ulaming birgalikdagi olib boradigan faoliyatida bu jarayonlaming ham o‘mijuda kattadir. Chunki o‘quvchi o‘z o‘qituvchisidan namuna oladi, unga tenglashgisi keladi, ke- lajakda tanlagan kasbini amalga oshirishda o‘z o‘qituvchisining psixologik, ahloqiy, estetik qirralaridan foydalanadi. 0‘qituvchi o‘quvchi uchun namuna rolini o‘ynaydi. 0‘qituvchi o‘quvchi bilan bo‘ladigan faoliyatda uni kuzatib borar ekan, o‘quvchining kelajak maqsadlarini, unga bo‘Igan in- tilishlarini, o‘zini tayyorlab borishlarini kuzatib borib, o‘quvchiga yaqinlashadi. Ular o‘rtasida ishonch, o‘zaro yordam, bir - birini tushunish kabi psixologik tomonlar yuzaga keladi. 0‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida bo‘ladigan munosabatlar o‘zaro ishonchni shakllanishiga olib keladi. 0‘quvchi ko‘p hollarda o‘zidagi sirlami o‘zi ishongan o‘qituvchisiga aytadi va undan maslahatlar olishga intiladi. Ko‘rinib turibdiki, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi o‘zaro ishonch kasb tanlashga , kasbiy bilimlami shakllantirishga ham ta’sir etadi. 0‘qituvchini o‘quvchiga o‘zi qiziqayotgan kasb va uning tabiati to‘g‘risida bilim berishi. 0‘qituvchini o‘quvchi qiziqi- shini aniqlashi. 0‘quvchining kasbga xos qobiliyatini aniqlash. 0‘quvchida kasb tanlovini amalga oshirish. Kasb tanlovini amalda bajarish. 0‘qituvchini kasb tanlashga yo‘naItirishi (prof. orientatsiya) 0‘qituvchi o‘quvchi bilan, o‘quvchining qiziqishlari bilan suh- batlar o‘tkazish uchun o‘qituvchi o‘quvchi o‘rtasida o‘zaro is- honch, yetarli darajada bir - birini yaxshi bilishi zarur bo‘ladi. 0‘zaro ishonch esa o‘quvchini o‘qituvchi tomondan yaxshi bilishi, uni intilishlari, orzulari, imkoniyatlari, bilimlari, malakalari, psixologik xususiyatlarini va shu kabilami kuzatganligi, o‘quvchini imkoniyatlarini o‘qituvchi yaxshi bilishi kerakligi bilan bog‘liq. Lekin o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi o‘zaro sinovlar bo‘lishi ham ulami yanada yaqinlashtiradi. 0‘qituvchini o‘quvchidagi qiziqishlami bilish uchun qiziqishni o‘zi nima? 0‘quvchida bu qiziqish qanday yo‘sinda ko‘rinadi? degan savollarga o‘zidajavob topish kerak. Ma’lumki insonni qiziqishi bu o‘ziga xos murakkab va serqirra jarayondir. Insonni qiziqishi bu uning ehtiyojlaridan kelib chiquvchi havasi, intilishidir. Qiziqish insonda ma’lum bir uning ehtiyojlari tufayli vujudga kelgan havasibo‘lib,bu jarayon kishida ma’lum bir ma- roqli, ajoyib, yoqimli jarayonni tashkil etadi. Qiziqish insonni maqsad va manfaatlaridan kelib chiqqan holda qisqa muddatli va uzoq mud- datli ko‘rinishlarga ega bo‘ladi. Qisqa muddatli qiziqish havas tarzida qolib, unutilib ketishi mumkin. Shu bilan birga uzoq muddatli qiziqish turi ham borki, u insonda uzoq vaqt barqaror saqlanib turadi. Qizi- qishningbu turi barqaror qiziqish deb ataladi. Buqiziqishda insondagi iroda, intilish, har qanday holatlarda ham o‘z qiziqishidan kechmaslik yotadi. Ya’ni havas qilgan narsasi orzu tarzida qolib ketmay shu qiziqish uchun inson harakatda bo‘ladi. Bunda o‘zi tanlagan qiziqishi haqida bilimlar to‘playdi, unga erishish yo‘llarini izlaydi. Odamlarga xos bo‘lgan turli xil qiziqishlar orasida har bir kishi- ning biron-bir sohaga asosiy qiziqishi bo‘ladi. Bu esa o‘quvchilami kasb tanlashida ko‘zga tashlanadi. Kasb tanlayotgan o‘quvchilarda individual qiziqish mavjud bo‘lib, u o‘quvchining hayotida eng muhim, eng qimmatli hisoblanadi va shu narsaga o‘quvchi erishish uchun doim intilishda bo‘ladi. 0‘quvchining asosiy hayot yo‘li uning individual qiziqishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Qiziqish - bu shaxsning individual xususiyati bo‘lib, uning diqqat - e’tibori real olamdagi muayyan bir sohaga muttasil qaratilishdir. Qiziqish hammadan ko‘ra ko‘proq kishining kasb, ixtisoslik bo‘yicha qiladigan mehnati, o‘qishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Inson qiziqishi juda keng tushunchadir. Shuning uchun о‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatda qiziqish qanday shakl- da yuz berishini aniqlash joizdir. Professor E. G‘oziyev o‘zining “Umumiy psixologiya” darsligida uning quyidagi tiplarini ajratib ko‘rsatadi. Bular quyidagilardir: 1) mazmuniga ko‘ra : shaxsiy va ijtimoiy; 2) maqsadiga binoan: bevosita va bilvosita; 3) ko‘lamiga qaraganda: keng va tor; 4) qiziqishlar darajasi bo‘yicha: barqaror va beqaror vaboshqalar. [34,201.] 0‘qituvchi o‘quvchi bilan muloqotda bo‘lar ekan uni o‘zi tanlagan kasb bilan tanishtirib borishi, ya’ni bu kasb qanday kasb, uni o‘zlashtirish uchun nima ishlami bajarish kerakligi, bu kasbni jamiyatdagi о‘mi, bu kasb unga nima bera olishi mumkinligi va shu kabilar bilan tanishtirib boradi. Bundan tashqari o‘quvchidagi shu kasbga tegishli layoqat qandayligi, uni bunga loyiq va loyiq emas- ligi, uning bu kasbga bo‘lgan munosabatlarini o‘rganish natijasida o‘quvchiga maslahatlar berib borishi va tushuntirishi zarur bo‘ladi. Albatta o‘qituvchi o‘quvchini o‘zi tanlagan kasbga bo‘lgan qizi- qishini aniqlashi kerak bo‘ladi. Bu birinchidan o‘quvchini kuzatish orqali, ikkinchisi psixologik testlar orqali test o‘tkazish bilan. 0‘qituvchi va maktab psixologi o‘quvchiga o‘zi qiziqayotgan kasblar haqida ma’lumotlar berishi va uni bu kasbga xos bo‘lgan talablar, psixologik xususiyatlar haqida gapirib, tushuntirib berishi lozim bo‘ladi. Deylik tikuvchilikka qiziqishi bor bo‘lgan talabaga undagi ko‘plab kasblami ko‘rsata olishi, ulami har xil yo‘nalishlari borligini, ularga xos bo‘lgan tabiatni ko‘rsata olishi zamr bo‘ladi. 0‘qituvchi o‘quvchidagi kasbga bo‘lgan qiziqishni aniqlash uchun ma’lum bir testlar orqali, kuzatishlar orqali, suhbat qilish orqali ham bilib borishi mumkin bo‘ladi. 0‘qituvchi o‘quvchidagi kasbga xos bo‘lgan qiziqishlami ta’lim berish davomida kuzatib borib unda shu kasbga xos bo‘lgan qobili- yatlar borligini ham aniqlab boradi. Bu kasblaming har birini o‘ziga yarasha talablari bo‘lib ulami o‘quvchi qobiliyatlarida ko‘ramiz. Ma’lumki o‘quvchida tanlagan kasbiga nisbatan qobiliyat borligi o‘qituvchi tomonidan kuzatilib borib aytiladi. Qobiliyat o‘quvchining o‘ziga xos bir individual - psixologik xususiyatiki uni bilmasdan turib, o‘quvchidagi mavjud bo‘lgan qobiliyat haqida gapirib bo‘lmaydi.O‘quvchini qobiliyatini o‘qituvchi kuzatishlar orqali, fanlar bo‘yicha о ‘zlashtirishlar orqali, sinf rahbarlik faoliyati orqali, fanlar bo‘yicha o‘qituvchilaming fikrlari orqali bilib olishlari mumkin bo‘ladi. Qobiliyat bu о‘quvchini ma’lum bir so- hadagi o‘ziga xos bo‘lgan ulgurishidir. 0‘quvchida ko‘pgina fanlarga qobiliyati bo‘lishi mumkin. 0‘qituvchi esa uni kuzatish- lari orqali undagi ma’lum bir kasbga layoqatliligi borligini bilib oladi. 0‘zaro faoliyat ko‘rsatish davomida o‘qituvchi o‘quvchiga ulaming qobiliyatidan kelib chiqib unga maslahatlar beradi va kasbga yo‘naltiradi. Takrorlash uchun savollar Kasbga yo‘naltirish va unda o‘qituvchining roli.
О ‘ qituvchi va о ‘ quvchi о ‘ rtasidagi yaqinlikni paydo bo ‘ lishi.
0‘qituvchining o‘quvchi qiziqishi, irodasi va intilishi haqidagi tasawurlari.
Birgalikdagi faoliyat, o‘zaro ishonch va maqsad sari intilish muammolari. 0‘qituvchi o‘quvchini aqlan va ruhan tayyorlashi.
0‘qituvchini o‘quvchiga o‘zi qiziqayotgan kasb va uning tabiati to‘g‘risida bilim berish. 0‘qituvchini o‘quvchi qiziqishini aniqlashi.
0‘quvchining kasbga xos qobiliyatini aniqlash. 0‘quvchida kasb tanlovini amalga oshirish.
Kasb tanlovini amalda bajarish. 0‘qituvchini kasb tanlashga yo‘naltirishi(prof. orintatsiya). Kasbga yo‘naltirishda ta’lim muhitining psixologik tavsiflari
Kasbga yo‘naltirishda ta’lim va unga bo‘lgan e’tibor. Ta’lim tizimi, undagi psixologik sharoit va kasb tanlash Insoniyat jamiyati vujudga kelibdiki u har doim o‘zi o‘zlashtirgan bilimlami, malakalami о‘sib kelayotgan yosh avlodga yetkazib be- rishga intilib keladi. Buning juda katta sabablari va zaruriyati mavjud. Eng asosiysi bu insonni va jamiyatni ehtiyojidan kelib chiqadi. Ya’ni inson ham jamiyat ham o‘zini yashashi uchun kerak bo‘lgan zaruriy ehtiyojlami qondirishga o‘zida zarurat sezadi. Buni esa inson ottirgan bilimlarini, malakalarini о‘sib kelayotga yosh avlodga yetkazib berish-da ko‘ramiz. Bu jarayonlar esa insoniyat madaniyatining buyuk kashfiyoti bo‘lgan ta’limda o‘z aksini topadi. Ta’lim - bu bilim berish, malaka va ko‘nikmalar hosil qilish jarayoni, insonni hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasidir.Ta’lim jarayonida bilim, ma’lumot olinadi va insonni tarbiyasi amalga oshiriladi.Ta’limning mohiyat va mazmuni bu dars berish jarayoni, ya’ni pedagog faoliyatini o‘quvchining bilish, o‘rganish faoliyatiga rahbarlik qilish va uni tashkil qilish hisoblanadi. Dunyoning juda ko‘plab buyuk insonlari ta’limga e’tibor berib ularga o‘z baholarini ham berib ketganlari ma’lum. Deylik, Ya.Komenskiy “Ta’lim ha- qiqiy, to‘la, ravshan va mustahkam bo‘lmog‘i zarur” degan edi. Rus faylasufi V.G.Belinskiy “Ta’lim va kamolotning turi ko‘p, ulaming har biri о‘zicha muhim, ammo ahloqiy ta’lim ulaming barchasidan yuqori turmog‘i lozim” degan edi. Bu so‘zdan ko‘rinib turibdiki, inson bilimlarining yaxshi bo‘lishi uchun unda eng awalo tarbiyaviy ta’lim bo‘lmog‘i zarurdir. 0‘sib kelayotgan yoshlami bilim olishlari uchun tarbiyaviy ta’lim muhim va zamriy ehtiyojdir. Ta’lim jarayonlarni boshqarish har doim jamiyat nazoratida va davlat himoyasida bo‘lib kelgan. Jamiyat uchun va uning ehtiyojlarini qondirish uchun ko‘plab kadrlar kerak bo‘lgan va shunga jamiyat har doim intilib borgan. Jamiyatning kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj ini esa bu kadrlami tarbiyalab berayotgan pedagoglar amalga oshirgan va oshirib kelmoqda. Jamiyat bu kadrlami tayyorlashda ma’lum bir hujjatlarga asoslanadi. Bu eng awalo 0‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hisoblanadi. Uning 41 moddasida Har kirn bilim olish huquqiga ega deb yozib qo‘yilgan. Bundan kelib chiqqan holda tar- biyalanayotgan yoshlami tarbiyalashda ma’lum bir hujjatlarga asosan boshqariladi. Bu esa Davlat tomonidan nazorat qilinadi. 0‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risidagi” Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ta’lim tizimini isloh qilish va uni yangi o‘zanga olib chiqish bilan bog‘liqhujjatlar qatoriga kiradi. Bu hujjatlarga asosan ta’lim va tarbiya ishlarini isloh qilish va dunyodagi ilg‘or davlatlar qatoriga olib chiqish maqsadi qo‘yilgan. “Sir emaski, har qaysi davlat, har qaysi millat nafaqat erosti va erusti tabiiy boyliklari bilan, harbiy qudrati va ishlab chiqarish salohiyati bilan, balki birinchi navbatda o‘zining yuksak madaniyati va ma’naviyati bilan kuchlidir”. [9,5.] Bu esa yoshlarni ta’lim va tarbiya berish ulami dunyoqarashini va ma’naviyatini kengaytirib borish zarurligini ko‘rsatadi. Mamlakatimizda ta’lim sohasida bo‘layotgan o‘zgarishlar, ya’ni qabul qilingan Qonun va farmoyishlar jamiyatimiz ravnaqiga ijobiy ta’sir qilishi shubhasizdir. Ular mamlakatning intellektual salohiyati- ni oshirishda, davlat ta’lim standarti talablariga javob bera oladigan, yetuk, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda muhim omil hisoblanadi. «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy das- turi» ning qabul qilinishi hamda amaliyotga joriy etilishi bun- ing yaqqol misolidir. Ayniqsa, ta’limning o‘rta maxsus, kasb-hu- nar ta’limi tizimi bosqichidagi yangiliklar boshqa jarayonlardan o‘zining tizimliligi, izchilligi va uzviyligi bilan ajralib turadi. 0‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari jamiyatimizga ijodiy ta- fakkurga ega, bilim salohiyati yuqori bo‘Igan, malakali kichik mu- taxassislami yetkazib berishi kerak. Buning uchun, albatta, kasb - hunar kollejlarida yoshlarga bilim beradigan pedagog va muhandis- pedagoglaming kasbiy tayyorgarlik darajasiga e’tibor qaratilmog‘i zarur. Ulaming sa’i-harakatlari tufayli ta’lim tizimi ishlaydi. Oliy ta’lim tizimining birinchi bosqichida ta’lim dasturlari umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bilan uzluksizlik va uzviy- likni ta’minlagan holda talabaning o‘quv rejasidagi fanlar bloklarini (gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy, matematik va tabiiy-ilmiy; umumkas- biy ixtisoslik hamda qo‘shimcha) o‘zlashtirishlarini nazarda tutadi. Oliy ta’limning maqsadi ta’lim oluvchi tarbiyaliy inson shaxsini shakllantirishdir. Ta’lim va tarbiya to‘g‘risida taniqli faylasuf olim akademik Erkin Yusupov shunday yozadi: “Tarbiya - inson shaxsi ma’naviy qiyofasini shakllantirishga qaratilgan tadbirlar tizimidir. Ta’lim esa ahloqli, odobli shaxsga hunar o'rgatish, bilim berishdir. Inson shaxsini shakllantirish bilan bogMiq boMgan tarbiya va ta’lim bir
biri bilan uzviy bogMangan jarayondir.” [37.118.]Ta’lim oluvchi tar- biyali boisagina o‘z ustozidan bilimlami toia o‘zlashtira oladi. Tarbiya esa bu ta’lim bilan bogMiq holda o'zlashtiriladigan jarayondir. Bu haqida o‘zbek pedagogikasining asoschilaridan bir boMgan Abdulla Avloniy shunday yozadi: “Dars (ya’ni ta’lim) ila tarbiya orasida biroz farq bor bo‘lsa ham, ikkisi bir - biridan ayrilmaydigan, birining vu- judi birga boylangan jon va tan kabidir... Chunki dars oluvchi tarbiya oluvchi, amal qiluvchi demakdir”. [13,15 -16,]0'zbekistonda yosh- larni tarbiyalash bilan bog‘liq juda ko‘p amaliy ishlar olib borilmoqda. «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunda ta’lim tizimi va uning turlari haqida Qonunlar qabul qilingan. Bunda shunday deyiladi: “0‘zbekiston Respublikasining ta’lim tizimi quyidagilami o‘z ichiga oladi:
davlat ta'lim standartlariga muvofiq ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta'lim muassasalari;
ta’lim tizimining faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta’minlash uchun zarur boMgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy - pedagogik muassasalar;
ta’lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek ular- ga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar.
0‘zbekiston Respublikasining ta’lim tizimi yagona va uzluksiz- dir.” [9,22.]
0‘zbekistonda yoshlami bilim va malakalar bilan ta’minlovchi ta’lim tizimiga juda katta e’tibor berilib kelinmoqda. Uning moddiy bazasini yaratish va jahon standartlariga mos boMgan kadrlar tizimini yaratishga hamma sharoitlar yaratilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimiz aholisining 64 foizini yoshlar tashkil etishi, ulami shu mamlakatning asosiy ishlab chiqaruvchi bo‘lajak kuchi ekanligini ko‘rsatadi. Shuning uchun ta’lim va tarbiya va kasbiy tayyorgarlik ko'rish, yoshlarni bilimga, malakaga ega qilish eng muhim masa- lalardan biri hisoblanadi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturining amalga oshirilishi natijasida 1 ming 536 ta akademik litsey va kasb - hunar kolleji, umumta’lim maktablarining qariyb 9 mingtasi, ya’ni deyarli hammasi, lining 800 dan ortiq sport zali namunaviy loyihalar asosida barpo etildi yoki kapital rekonstruksiya qilindi. Bu kabi ko‘plab misollar oLsib kelayotgan yoshlarni kasb egallashlari uchun mod- diy sharoitlar yaratilganini ko‘rsatadi. Quyida sinflarni kompyuter bilan ta'minlanganlik darajasiga rasm orqali ko'rsatib bermoq- damiz.
l-rasm:[18, 105. ]
Yoshlarga yaratilayotgan bu kabi sharoitlar ulami ruhiy psixologik holatlarini ko'taradi va ularni kasb egallashlari uchun, o‘zlari sevgan kasblarini egallashlari uchun intilishlarini, qiziqishlarini oshiradi. Kasb egallash uchun yoshlar o'zlarini tayyorlab borishlari, o'qituvchilari bilan o‘zaro munosabatlarini yaxshilashlari juda zaruriy jarayonlar- dan biri hisoblanadi. Ta’lim tizimini laboratoriyalar, kompyuter xona- lar, sport maydonlari va boshqa jihozlar bilan ta’minlanishi yosh- larda ijtimoiy psixologik holatlami yaxshilanishiga olib keladi. Bu kabi tayyorgarliklar ularda kasblarga bo‘lgan qiziqish, xohish va istaklami vujudga keltiradi. Bular esa ulami bo‘lg‘usida aniq bir kasbni egallashlari uchun turtki bo‘ladi. Albatta, yaratilayotgan sha- roitlar yoshlarga, ulaming ruhiy holatlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 0‘qituvchining psixologik maslahat xizmatlari. 0‘quvchilarda bilim olishga bo‘lgan intilishni yanada rivojlantirish Kasbga yo‘naltirishda o‘qituvchining o‘mi va ahamiyati kattadir. 0‘qituvchi o‘quvchilar bilan bo‘ladigan muloqotda ularga o‘ziga xos maslahatlar bera oladi. Bunda u o‘quvchining iste’dodi, qobili- yati, imkoniyatlarini o‘rganib borib o‘z maslahatlarini berib boradi. 0‘qituvchining bu maslahatlarini kasbiy maslahatlar qatoriga kiritish mumkin bo‘ladi. Umuman esa yoshlarga beriladigan kasbiy maslahatlar o‘qituvchi, psixolog va medik - vrachlar tomonidan berib boriladi. 0‘qituvchining kasbiy maslahatlari asosan psixologik xususi- yatlardan kelib chiqadi. Bunda o‘quvchining psixologik xususiyat- lari, individual tomonlari hisobga olinadi. 0‘qituvchi bu sohada ham bilimlarga ega bo‘lishi muhim jarayondir. 0‘qituvchi kasbga yo‘naltirishning muhim shakli bu kasbiy maslahat hisoblanib - bunda kasb tanlovchini psixologik - pedagogik va meditsinaga oid tomonlari o‘rganilishini, shular orqali ulami kasbga yo‘naltirilishini bilib olishi zamr boTadi. Kasbiy maslahatlami tashkil etilishining asosiy tomonlari - bu kasbiy maslahat punktlari, “Kasb” bilan bog‘liq xonalar, yoshlami ishga joylashtirish bilan bogTiq byurolar, maxsus kasbiy maslahat punktlari, kasb haqida ma’lumot olish bilan bog‘liq bo‘Igan kor- xonalar, psixologik va meditsinaga oid tekshiruvlar bilan bog‘liq tomonlar va oxirida kasb tanlovchining individual - psixologik xususiyatlarini o‘rganish bilan bog‘liq tekshirishlar hisoblanadi. Kasbiy maslahatni o‘qituvchi tomonidan berilishi bu yoshlarni aniq kasb tanlashlariga yordam beradi. Kasbiy maslahat berayo- tgan o‘qituvchi kasb tanlovchilami qobiliyatlarini, qiziqishlarini, iqtidorlarini, intilishlarini hisobga olgan holda va shuningdek ulami kasb tanlashlarini rag‘batlantirish orqali kerakli bo‘lgan natijalami olishi mumkin bo‘ladi. Agarda kasb tanlovchilami qiziqishlari va intilishlari bo‘lsa-yu, ulardagi jismoniy sog‘liq va psixologik xususiyatlar shu kasbga loyiq bo‘lmasa u holda kasbga yo‘naltiruvchi shaxs kasb tanlovchini ehtiyotlik bilan diqqatini boshqa kasblarga qaratish orqali ulami o‘zlarining layoqatlariga mos kasblarga qara- tishlari lozim bo‘ladi.