F. R. Abduraxmonov


Kasbiy qobiliyatlarni aniqlanishi



Yüklə 1,73 Mb.
səhifə21/52
tarix26.12.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#197293
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   52
enbbb

Kasbiy qobiliyatlarni aniqlanishi. Boshqarish qobiliyatini aniqlanishi - bu boshqara olish,rahbarlik qila olish bilan bog‘liqdir. Boshqara olishga xos testlar insonni shaxsiy xarakterini va rahbar­lik, tashkilotchilik qila olishiga xos imkoniyatlami sinab oladi. Vaholanki boshqaruvchi - bu lavozimli shaxs bo‘lib, bu lavozimga tayinlanadi va boshqarishga huquqi bo‘lgan javobgar shaxs hisob­lanadi. Shuning uchun ham bu shaxs boshqarish qobiliyatiga ega bo‘lishi va quyidagi jarayonlarda ko‘rinadi:

  • Mustaqil ravishda qaror qabul qila olish;

  • Tahlil qila olishlik qobiliyati, bu esa uni kelajakni ko‘ra olishga xizmat qiladi.

  • Ishbilarmonlik qobiliyatiga ega bo‘lib, o‘z maqsadlarini egal- lashga, o‘ziga xos qaytarilmas g‘oyalarga va bir xil bo‘lgan qarorlarni qabul qila olishlik, ulami tavakkal qilish bilan bog‘liqligi va bu ta- vakkallami boshqara olishlik.

  • rivojlangan intellekt, rivojlangan intuitsiyaga, ijod qilishga qo­biliyati bo‘lishi.

Bulardan tashqari boshqaruvchi tashkilotehilik, kirishuvchanlik, muloqot qila olishlik, ilmiy - texnik, pedagogik, matematik qobil- iyatlarga ega bo‘lishi zarur. Boshqaruvchida shunga mos malaka, tayyorgarlik, ishlab chiqishdagi va kasbdagi malaka, shuningdek shaxsning ma’lum bir yo‘nalishi va individual - psixologik xu­susiyatlari ham bo‘lishi zarur.
Boshqaruv faoliyati amaliyotida odamlami ishontira olishlik, ay- niqsa katta sonli odamlarini ishontira olishlik qobiliyati ham bo‘lishi kerak bo‘ladi.
Boshqarish qobiliyatiga qaratilgan testlar bu insonni boshqara olish qobiliyatini shaxsiy xarakterlaridan kelib chiqqan holda va rah- barlik, tashkilotehilik ishiga intilishlarini ko‘rsatib beradi. Buning uchun esa insonga katta malaka, bilim va ko‘nikmalar kerak bo‘ladi. Bu boshqarish kasbning “inson - inson” ko‘rinishiga tegishli bo‘lib, boshqaruvchidan o‘zigaxos ko‘p talablami qo‘yadi. Bu har xil da- rajadagi rahbarlar, ya’ni boshqaruvchi, master, kadrlar bilan bog‘liq rahbarlar va shu kabilarga xosdir.
Ijodiy imkoniyatlami baholash: Ijodiy imkoniyatlami diag­nostika qilsh:
Ijodiy imkoniyatlami baholash - inson rivojlanishidagi muhim davr hisoblanadi. Muhim ilmiy muammolami, nazariyalami yechish, kashf qilish va ixtiro qilish, badiiy asarlami yaratish -bu inson ijodiy faoli- yatining natijasidir. Insonlami individual xususiyatlari ko‘pgina kasblar uchun ma’lum bir ahamiyatga ega bo‘ladi. 0‘zi egallagan kasb sohasida natijali ishtirok etish uchun ularga ijodiy yondo- shish zamr bo‘ladi.
Ijod - bu eng awalo ruhlantiruvchi mehnat, insondan kuchli jis­moniy va ma’naviy kuch sarf qilishni talab qiladigan jarayondir. Ma’lumki har qanday inson ijodkorbo‘lishi yoki mehnatkash bo‘lishi qiyin, chunki bu juda murakkab jarayon bo‘lib, insonni butun bir holda egallab olib uni fikrlarini, vaqtini va boshqa jarayonlarni boshqaradi. “Ijodiy tafakkur”, “ ijodiy mehnat” lami mashq qildirish “emotsional boy” shaxsga tegishli bo‘ladi. Insonning ijodiy faoli­yati uning malakalarini boyib borishi bilan, boshqa insonlaming malakalarini o‘ziga singdirishi bilan o‘sib boradi. Ijodiy fikrlami asosi bo‘lib motivlar yotadi va ulaming sifati ijodkoming ottirgan bilimlari va malakalari bilan bog‘liqdir. Agarda insonda bilishga ehtiyoj bo‘lmasa, u holda ijodiy faoliyatga ham umid bog‘lamasa bo‘ladi.
Ijodkor insonga tegishli bir qancha asosiy sifatlarni ajratib ko‘rsatish mumkin:

  • Mehnatsevarlik, ishga nisbatan diqqatli bo‘lish va ijodiy munosabat;

  • Mustaqlligi, bajamvchanligi, harakatchanligi.

  • Bilim va umumiy madaniyat.

  • Intuitsiya va aqlning egiluvchanligi.

  • Ishni tashkil qila olishlik va malakani, rivojlantirish.

  • To‘g‘rilik, o‘ziga nisbatan talabchanlik, ishonch.

0‘ziga bo‘lgan ishonchga baho: 0‘ziga bo‘lgan ishonchning diagnostikasi:
0‘ziga bo‘lgan ishonchni bo‘lishi kasb tanlovchi uchun juda zarur bo‘lgan jarayondir. Bu jarayon o‘ziga ishonmagan odamni o‘ziga ishonchni bo‘lishini tarbiyalash va o‘ziga beriladigan ba- honi yuqori bo‘lishiga olib keladi. Insonni o‘ziga bo‘lgan bahoni o‘rganuvchi psixologik test shaxsni ijtimoiy - psixologik xarak- terlash uchun zarurdir.
0‘ziga bo‘lgan ishonchni baholashga qaratilgan juda ko‘p kriteriyalar bor. Bular xulq - atvor bilan bog‘liq, emotsional, kog- nitiv, sotsial - psixologik tomonlardir. 0‘zida ijobiy tomonlami yaratish uchun boshqalarga ijobiy, g‘amho‘rlik bilan bog‘liq tomon­lami ko‘rsata olish kerak bo‘ladi. Bu jarayondan rolli o‘yinlardan, modellashtirilgan sharoitlardan foydalanish mumkin.Bular ma’lum bir murakkab sharoitlami vujudga keltiradi va shu holatlardan chiqib keladi.
0‘ziga ishongan odam har qanday holatda yutuqqa ega bo‘lishiga va uni egallashga intiladi. Bu sohada o‘tkaziladigan testlar, treninglar insonni o‘ziga ishonchni bo‘lishini ta’minlaydi.
Menejerlik qobiliyatini aniqlanishi:
Hozirgi vaqtda korxonani, tashkilotni boshqara oladigan va uni faoliyatini tashkil qila oladigan yaxshi mutaxassislarga talab o‘sib bormoqda. Menejerlar boshqaruv - xo‘jalik rahbarligida keng mustaqillikni egallaydilar, ayniqsa muhim iqtisodiy va mablag‘ ma- salalarida. Misol uchun, personallami boshqarish bu juda murakkab faoliyat bo‘lib, har xil faoliyat turlari qamrab olinadi.
Menejeming tashkilotehilik qobiliyati o‘zida quyidagilami qamrab oladi:
Boshqa odamning psixologiyasini chuqur va tez tushunib olish qobiliyati, uning qobiliyatlarini tashkilot manfaatlariga qarata olish;
Odamlami ruhiyatiga ta’sir eta olish qobiliyati, ulami birlashti- rish, yo‘naltirish va kollektivning kuchini yo‘naltirib tura olishlik;
Tashkilotehilik ishiga qiziqishi - barqaror qiziqish va unga psixo­logik tayyor bo‘lish, uni bajarishga bo‘Igan ehtiyoj;
Ma’lum bir qobiliyat haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish, bu hol- da menejerlik haqida, kadrlami tanlash va joyiga qo‘ya olishlikni to‘g‘ri tashkil etish;
Bu qobiliyatlami rivojlantirish bilan bog‘liq bilimlami o‘zlashtirishdan tashqari quyidagi sifatlarga ham ega bo‘lib borish zarur: qat’iyatli bo‘lish, talabchan bo‘lish, maqsadga intiluvchan bo‘lish, harakatchan bo‘lish, uzoqni ko‘radigan bo‘lish, mustaqil bo‘lish, ishbilarmon bo‘lish kabilar.
Shaxsga xos bo‘lmagan xususiyatlami aniqlash:
Yutuqqa olib boruvchi motivlarga va muvaffaqiyatsizlikdan qo‘rqishga baho. Yutuqqa olib bomvchi motivlarga va muvaf­faqiyatsizlikdan qo‘rqishni o‘rganuvchi diagnostika. Yutuqqa ega bo‘lishga intilgan kishi o‘zini to‘la imkoniyatlarini shu yo‘lda sarflaydi. Kasb tanlashda kishilar noto‘g‘ri kasb tanlab qo‘yishdan qo‘rqadilar. Ayrimlar esa o‘z fikriga ega bo‘lib shu fikr uchun barcha choralami ko'radi. Bunday holat ko‘pincha yoshlarni kasb tanlash- larida yuz beradi. Shuning uchun ulami to‘g‘ri kasb tanlashlariga har xil darajada maslahatlar berilib boriladi. Maslahatlar berish uchun esa psixologlar testlardan foydalanadilar.
Shaxsning irodaviy sifatlariga baho: Shaxsni irodaviy sifat- larini diagnostika qilish:
Insonni o‘z irodasini shakllantirishga yordam berish uchun, o‘zidagi irodaviy sifatlami tarbiyalash va boshqarish uchun test­lardan foydalanish zarur bo‘ladi. Inson olib borayotgan ish faoli- yatida insonni irodaviy kuch sarf qilishi zamr bo‘Igan jarayondir. Insondan ayrim ishlar uchun ko‘proq iroda kuchi sarf qilinadi. Inson o‘ziga xos holda bilim olish uchun, malakaga ega bo‘lish uchun, mehnat qilishi uchun, o‘ziga yoqqan ish bilan band bo‘lishi uchun va shu kabilar uchun har doim irodaviy kuch sarf qilib tu- radi. Insondagi sabr - toqat, chidam, o‘zini ushlab tura olishlik kabi juda ko‘p psixologik sifatlar testlar orqali aniqlanadi. Demak, ko‘rinib turibdiki, inson har qanday kasbni tanlar ekan u yerda li­ning irodasi muhim bir psixologik jarayon sifatida kerak bo‘ladi. Bulami o‘lchash va o‘rganish esa kasb tanlash uchun juda zarur jarayon hisoblanadi.
Psixodiagnostika va kasb psixologiyasi masalalari
Psixodiagnostika bu inson haqidagi kerakli bo‘lgan psixologik ma’lumotlami beradi. Kasbiy psixologik diagnostika rivojlanishi, shakllanishi 1849-yilda Fransiyada yozilgan “Kasb tanlash bo‘yicha qo‘llanma” kitobini nashr qilishdan boshlandi. Keyinchalik birinchi diagnostika qilish metodlari paydo bo‘la boshladi. Insonni diagnosti­ka qilish, uning qobiliyatlarini rivojlantirish asosida xususiy masla­hat beruvchi idoralar shakllandi. Bu Angliyada, AQShda, Fransi­yada paydo bo‘ldi. G‘arbda bunday tizimni aniq tizimi shakllandi. U o‘ziga uchta bo‘limni qamrab oladi. Bular - maktab, mehnat birjasi va psixologik labarotoriyalardir. Bu uchta bo‘lim kasbga yo‘naltirish nazariyasini, aniq diagnostik usullami, kasbni insonga talabini tahlil qilishni o‘zida qamrab oladi.
Kasb tanlashning birinchi nazariyalaridan biri bu F. Parsons- ning uchomilli modelibo‘lib, uning asosiy holatini F. Parsons 1908 yilda shakllantirdi. Kasbga yo‘naltirish ishining uchta fazasi uning asosiy g‘oyasini tashkil etadi:

  1. Birinchi,kasbga da’vogamining shaxsiy va psixologik qo­biliyatlarini o‘rganish;

  2. Ikkinchi, bu kasbni talablarini o‘rganish va ulami psixo­logik terminlarda shakllantirish;

  3. Uchinchi, bu ikki tomonni taqqoslash asosida kasbni inson­ga qo‘yadigan talabini va insonni shu kasbga xos xususiyatlarini o‘rganiladi.

Bu nazariya o‘tgan asming 50-yillarigacha hukmron nazariya si­fatida bo‘ldi. Keyinchalik unga nisbatan tanqidlar ham paydo bo‘ldi. Bunday holatning bo‘lishi bu insonlami kasb tanlashga qaratilgan testlarga qattiq berilganligi bo‘ldi. Testlar orqali bildirilgan fikrlar qat’iy xukm sifatida qabul qilindi.Bunday izlanishlar va amaliy ish- lanmalar kasb qo‘ygan talablardan kelib chiqqan holda insonga ta’rif va xarakteristika sifatida berildi. Insondagi mavjud bo‘lgan tabiiylik hisobga olinmadi. Insonning individual xislatlari, ya’ni uning tafak- kuri, diqqati, xotirasi, reaksiyasining tezligi kabilar hisobga olinma­di. Bu yerda “inson - kasb ’’munosabati kasbdan kelib chiqqan holda insonga boTgan yo‘nalish tarzida o‘rganildi. Mana shular asosida kasb tanlash va kasbiy mashqlar amalga oshirildi.
Shuni aytish kerakki,kasb tanlashni uzoq vaqt davomida kasb va individuallik o‘rtasidagitalablami mosligini o‘rganishniizlanish aso­sida o‘rganib keldi. Bunday yondoshishni “diagnostik” yondoshuv deb nomlab, uni kasbiy maslahat va kasbga yo‘naltirishga tegishli deb baholadilar. Shu bilan birga kasblar dunyosi o‘zgaruvchanligi kasblami insonga qo‘yadigan talabi ham o‘zgarib borishini un- utdilar. Shu bilan birga insonning individualligi ham xuddi qotib qolgan, o‘zgarmaydigan jarayon sifatida qaraldi. Lekin shuni ayt­ish kerakki,qobiliyatlar statistika bilan bog‘liq emas, balki bolani tarbiyalash va ta’lim berish bilan bog‘liqdir. Bundan kelib chiqqan holda ay-tish kerakki,har qanday diagnostika bu “rivojlanish kesi- mini” ko‘rsatadi xolos, u uzoq davom etadigan prognozni bermaydi.
Subyektning faoliyatidagi har qanday hayotiy o‘zgarish, motiv- lami o‘zgarishlari uning qobiliyatlarini rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun qobiliyatni o‘lchayotganda juda ehtiyot- korlik bilan uni tushuntirish va sharhlash kerak boTadi. Faqat shu- larga asosan kasbga yo‘nalish berishga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Kasb tanlash uchun kerak bo ‘ lgan qobiliyatlami rivojlantirishga kerak bo‘ladigan testlar arsenali psixologlarda mavjuddir. Masalan, R. Amtxauer ning testi uch parametrda - gumanitar, matematik va texnik sohada qobiliyatlami ko‘rsatib berishi mumkin.
Psixodiagnostika ayniqsa uni kasb bilan bog‘liq jarayonlari yoshlarni o‘zlarining layoqatlaridan kelib chiqqan holda kasb tan- lashlari uchun muhim vosita hisoblanadi. Albatta faqat psixodiag­nostik tomonlarga suyanish, ya’ni testlardan foydalanish, suhbatlar qilish, bolani o‘z ustida ishlashi, atrofdagilami bolaga ta’siri va shu kabi ko‘plab omillar kasb tanlayotgan bolaga to‘g‘ri kasb tanlash- larida yo‘lyo‘riq berishda foydali hisoblanadi. Kasb tanlayotgan bo- lalaming ongi, bilimi, malakasi, qiziqishi, hayotiy ehtiyojlari uning faoliyatida yetarli ta’sirga ega bo‘ladi.
Kasb psixologiyasi albatta o‘z oldida turgan vazifalami va maj- buriyatlami o‘tashda psixodiagnostikaga suyanadi. Uning imkoni- yatlaridan keng foydalanadi.
Kasbiy maslahat berish uchun ishlatiladigan testlar.
Kasbiy maslahat-bu yoshlarni о‘zlari qiziqqan kasblarini tanlab shu kasb bo'yicha tayyorgarlik ko‘rishlari bilan bog‘liq jarayondir. Kasbiy maslahat berish uchun esa shaxsni diagnostika qilinadi, ya’ni uning qiziqishlarini, intilishlarini, qobiliyatlari, layoqatlari testlar orqali sinaladi. Testlardan olingan ma’lumotlar asosida esa psixolog- lar o‘z tavsiyalarini beradilar. Test - bu inson haqidagi ma’lumotlar olish, uni ma’lum bir yo'nalish bo'yicha imkoniyatlarini sinash hi­soblanadi. Testlar o'tkazish orqali nafaqat ma’lumot olish balki, olingan natijalar asosida maslahatlar berishni va ma’lum kasblarga yo‘nalishlar berishni ham o‘ziga mujassamlab oladi. Bu yerda faqat testgina emas balki o‘qituvchi o‘quvchini kuzatishi, ish faoli- yatlarini o‘rganishi ham zarur bo‘ladi. Bular ham kasbiy maslahat berishda test kabi muhim hisoblanadi. Albatta testga qo‘yiladigan talablar bunda o‘z ifodasini topishi zarur.
Diagnostika testlar orqali inson haqida uning faoliyatlari haqida ma’lumotlar oladi. Diagnostika testlar, so‘rovnomalar, treninglar orqali o‘ziga tegishli bo‘lgan ma’lumotlami yig‘ib oladi. Psixodiag­nostika testlar orqali kasb tanlovchining kasbga layoqatini tek- shirib boradi. Bunga misol qilib Dj. Xollandni shaxsni psixologik tipini aniqlovchi va unga mos bo‘lgan kasbni ko‘rsatib beruvchi so‘rovnomani, A.E. Golomshtokning “qiziqishlar kartasini”, E.A. Klimovning Defferensial- diagnostik so‘rovnomani, B.A. Fedor- shenning “Kommunikativ va tashkiliy qiziqishlar”, D. Bennetning testlari kabilami ko‘rsatish mumkin. Bunday testlami o‘tkazish yoshlarni imkoniyat va qiziqishlarini o‘rganish bilan bog‘liq bo‘ladi. Insonni qiziqishlarini psixodiagnostika qilish ular bilan ishlash jarayonini yengillashtirib, ularga to‘g‘ri maslahatlar be- rishga olib keladi. Biz quyida A.E.Golomshtokning qiziqishlar xari- tasini misol sifatida keltirdik.
Qiziqishlar xaritasi metodikasining savolnomasi (A.E.Golomshtok)
Qiziqishlaringiz sohasi va yo‘nalishini aniqlashga qaratilgan qu­yidagi savollaming har birini did bilan o‘qing va mumkin qadar aniq javob berishga harakat qiling. Agar savolda so‘ralgan mazmun, sizga har tomonlama ma’qul tushsa va juda yoqsa, unda javob varaqasining tegishli katakchasiga ikkita plyus (++) belgisini qo‘yasiz. Agar savol mazmuni shunchaki yoqsa, unda bitta plyus (+), agar yoqish yoqmas- ligini bilmasangiz yoki ikkilansangiz, unda nol (0) qo‘yasiz. Agar savol mazmuni sizga ma’qul bo‘lmasa, minus (-), agar juda yoqmasa, ya’ni bu faoliyatni yomon ko‘rsangiz, unda ikkita minus (-) belgisini qo‘yasiz. Vaqt chegarlanmagan, lekin diqqat bilan, savollami tushirib qoldirmay, tez-tez o‘ylab javob bering. Diqqat, boshladik!

Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin