F. R. Abduraxmonov



Yüklə 1,73 Mb.
səhifə6/52
tarix26.12.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#197293
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
enbbb

Ikkinchi guruhga - klassifikatsiya komponentlari kiradi. Deyarli hamma kasblar oldindan tayyorgarlik ko‘rishni talab qila- di. Bilish va uddalash qanday tarzda sodir bo‘lishidan qat’i nazar, o‘qish orqali yoki amaliyotda egallanadimi u kasbga bo‘lgan mu- nosabatda va unga bo‘lgan layoqatda ko‘rinadi. Insonni mehnatga boigan layoqati uning psixofiziologik imkoniyatlaridan, o‘zining xohishidan, ehtiyoj va manfaatlaridan kelib chiqadi. Inson har qanday kasbni egallay olishi uchun eng awalo unda layoqat bo‘lishi, o‘zida bilimga va malakaga ehtiyoj sezishi muhimdir.

  • Uchinchi guruhga -shaxsning individual- psixologik xususi- yatlari kiradi. Albatta motivlami shakllanishida va uddalay olish- da psixologik xususiyatlar muhim hisoblanadi. Lekin uni alohida o‘rganish obyekti sifatida qarash kerak. Bir kishini ikkinchisidan ajratib turadigan ko‘plab belgilardan doimiy yuz beruvchilariga e’tiborni qaratish zarurbo‘ladi. Bubelgilar asosan biologik vatabiiy- ligiga bogiiq bo‘ladi. Kasb psixologiyasining obyekti bo‘lgan “in­son -kasb” munosabatlarida bu tomonlar uning o‘rganish predmeti sifatida katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Shaxsga xos bo‘lgan individ­ual - psixologik xususiyatlar insonni o‘ziga xos bo‘lgan tomon- lari, ya’ni temperamenti, xarakteri, qobiliyati, dunyoqarashi kabi tomonlar bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi.

    “Inson - kasb” munosabatlari shakllanib borishi natijasida shu yuqorida ko‘rsatilgan uchta komponentlar muhim hisoblanadi. Ular birgalikda insonni o‘zi tanlab olayotgan kasbini to‘g‘riligini ko‘rsatib beradi.
    Ko‘rinib turibdiki, kasb psixologiyasini predmeti va o‘rganish obyekti - bu uning hal qilishi kerak bo‘lgan ko‘pgina masalalar bilan bog‘ liqdir. Bu sohada kasb psixologiyasi doimo izlanishda va tahlil qilishda bo‘lishi zarur bo‘ladi. Eng muhimikasb psixologiyasi inson uchun kerak bo‘lgan qulaylikni yaratishi va ishlab chiqar- ishda insonni o‘mini yaxshilab borishi muhim jarayon ekanligidan kelib chiqib izlanib boradi.
    Kasbga xos psixologik jarayonlar va ularni o‘rganishga bo‘lgan ehtiyojlar
    О‘sib kelayotgan yoshlami o‘ziga xos bo‘lgan dunyoqarashi bor- ligini ajratib ham ko‘rsatish zarur. Bu dunyoqarash ulami atrof - muhitga, tabiatdagi va jamiyatdagi hodisalarga qiziqishlaridan kelib chiqadi. Bu esa kasb tanlovchining olayotgan bilimlaridan, malaka- laridan, psixofiziologik imkoniyatlaridan, psixologik xususiyatlari, individual - psixologik tomonlaridan kelib chiqadi. 0‘z imkoni- yatlarini to‘g‘ri baholay olgan insongina to‘g‘ri yo‘lni tanlay oladi. Bu yoshlardagi tirishqoqlik, uddaburonlik, bilimga chanqoqlik, ku- zatuvchanlik, o‘zini sinab ko‘rishga intilishi kabilarda yaqqol ko‘zga tashlanadi.
    Yoshlarda o‘ziga xos ravishda ayrim kasblarga qiziqishlar shu kasb bilan bog‘liq ayrim psixologik xususiyatlarda ko‘zga tashla­nadi. Masalan, hozirda qaysi boladan so‘rasang ko‘proq men tadbir- kor bo‘laman, o‘zimni ishimni yo‘lga qo‘yaman deb javob beradi. Tadbirkor bu savdo sotiq, ishni tashkil etish, o‘zini mehnati bilan kapital ishlash hisoblanadi. Lekin bolalarda ko‘proq mashinaga ega bo‘lish, puldor bo‘lish, hamma narsani bemalol sotib olish kabi to- monlar ko‘zga tashlanadi. Buning ko‘zga tashlanmas qiyinchilikla- rini ular ko‘ra olmaydilar. Shunday o‘ziga xos boigan tomonlar esa ularni qiziqtirib boradi. Yoshlarni shunday tomonlarga qiziqib borishi ular orasida tadbirkor bo‘lishga havas uyg‘otadi. Xuddi shuningdek, tikuvchilik kasbi yoki paxtani qayta ishlash, dizayner bo‘lish kabi to­monlar ham yoshlarni qiziqishlaridan kelib chiqadi. Har bir kasb­ni o‘ziga xos bo‘Igan psixologik tomonlari borki, bu yoshlarni doim o‘ziga tortib turadi. Qiziqishini anglay olgan bolagina o‘zi uchun kasbni to‘g‘ri tanlay oladi.
    Yoshlardagi havas, qiziqish ularni shu kasbni egallashga intiltirib turadi. Zukko yoshlar shu kasbga tegishli bo‘lgan bilimlami eng awalo kuzatishlar, so‘rab bilishlar, kitoblardan o‘qish orqali, hozirda esa in­ternet orqali bilishga harakat qiladilar. 0‘zlari qiziqqan kasblari haqida ko‘plab ma’lumotlar to‘playdilar. Yoshlarni biror bir narsani yaratuv- chanlik qiziqishi injenerlik yoki uning biror bir yo‘nalishiga etaklaydi. Hozirda dunyoda ko‘plab yangiliklar yaratilmoqdaki yoshlar va ular- ning diqqatlari doimo qiziqishlaridan kelib chiqqan holda shu obyekt- larga qaratilmoqda. Har bir sohaning o‘ziga xos bo‘lgan qiziqarli to­monlari mavjuddir. Pedagog ham bolalarga yetkazib berishi kerak bo igan bilimlami sifatli, qiziqarli, yetib boradigan qilib darslami o‘tkazishga va o‘sib kelayotgan yoshlar o‘rtasidan yaxshi kadrlar yaratishni orzu qiladi. Pedagog tarbiyalagan bolalar o‘z qiziqishlaridan kelib chiqqan holda jamiyatga ko‘plab yangiliklar kiritishi mumkin boiadi. Pedagog esa shunday kadr yaratib bera olganidan faxrlanadi. Demak, ko'rinib turibdiki, yoshlarni kasbga yetaklovchi ehtiyojlar- dan biri uning qiziqishlari hisoblanadi. Bu esa insonni biror bir narsaga yetilib kelgan ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Bolalar o‘sib borgan sari ma’lum bir taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tadilar. Pedagogik sotsiologiyada aytilganidek bola tarbiyasiga o‘z ta’sirini o‘tkazayotgan omillar uni o‘ylashga, o‘z manfaatlari yoiida mehnat qilishga majburlaydi. Yetilib kelayotgan yoshlardagi o‘zgarish ularda ijtimoiy jarayonlarga va bu jarayonlardagi o‘z o‘mini bilishga chorlaydi. Katta boiayotgan, aql - farosatga ega farzand kelajagi haqida bosh qotiradi, hayol suradi, kela- jagini rejalashtiradi. Bular esa unda ko‘plab ehtiyojlami paydo qiladi. Bolalik davridan o‘smirlik va o‘spirinlik davrlariga o‘tib borayotgan farzandda psixologik va eng asosiysi anatomik - fiziologik o‘zgarishlar yuz bera boshlaydi. Endi yoshlar o‘zidagi tabiiy, ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy ehtiyojlar tizimini seza boradi. Bu qator ehtiyojlardan biri yoshlami kasb orqali o‘zini ta’minlash ehtiyoji hisoblanadi. Bu ehtiyoj yoshlami kasb tanlashga, o‘z hayotini go‘zal qilib yashashga majbur- laydi. Aks holda ularda jamiyatga zid bo‘lgan jarayonlar paydo bo‘ladi.
    Yoshlami kasb egallashi nafaqat ulaming ehtiyoji balki jamiyat- ning ham ehtiyoji hisoblanadi. Shuning uchun jamiyat o‘z ishlab chiqamvchilarini yaratishi zarur jarayonga aylanadi. Jamiyat ishlab chiqarish orqali yashaydi va hayot kechiradi. Jamiyat ehtiyojlari har doim o‘sib boradi. Uni qondirishning yagona yo‘li kasb egalarini tarbiyalash, ulaming qiziqishlaridan kelib chiqqan holda yangidan * yangi kasblami yaratish hisoblanadi. Shuning uchun ham boshqa rivojlangan davlatlarda ko‘plab yangi kasblar paydo bo‘ladi va jamiyat ehtiyojlarini qondirishga intiladi.
    Jamiyatdagi ko‘plab ehtiyojlar shu kasbga kerak bo‘lgan kadrlami yaratishni talab qiladi. Bu esa yoshlarda, ulaming qiziqishlarida va maqsadlarida o‘z aksini topadi. Jamiyatda yaratuvchanlikka xos bo‘lgan mehnat qadrlanadi. Jamiyat uchun yaratilayotgan mahsu- lotlar va ulami tashkil etish ko‘plab kasblami paydo qiladi. De- mak, ko‘rinib turibdiki, inson va jamiyat ehtiyojlari uzviy ravishda bog‘liq jarayonlar ekan.
    Kasb psixologiyasida kasblarga xos psixologik xususiyatlar va shax- sning psixologik xususiyatlari o‘rtasida munosabatlami o‘rganuvchi yo‘nalish ham mavjuddir. Haqiqatdan shaxsdan kasb talab qiladi- gan psixologik xususiyatlar mavjudki, insonda bu xususiyatlar bo‘lmasa u bu kasbda o‘z yutug‘iga ega bo‘la olmaydi. Tadqiqotchi- lar bu xususiyatlami aniqlash uchun maxsus testlar o‘tkazib insonni shu kasbga layoqatini tahlil qiladilar. Kasblar o‘zidagi faoliyatlami bajarish uchun insondan ma’lum bir psixologik xususiyatlami egasi boiishlarini talab qiladilar. Deylik xotirani yaxshi boiishini, diqqa- tni yaxshi boiishini, hayol jarayonlardagi Qonunlarni o‘zlashtirgan boiishini, sezgirlikni yaxshi rivojlanganligi, ayrim faoliyatlarda sabr - toqat, tartiblilik, intizom, ijodiy yondosha olish, har xil ho- latlardan chiqib keta olish, halollik, mehnatsevarlik, boshqalarni hurmat qilish va ularni haq - huquqlarini yaxshi bilish, bilimlilik darajasini yuksakligi, rahbarlik qilish uchun kerak bo igan xususiyat­lami bilish, tijorat uchun kerak bo igan psixologik xususiyatlarga ega boiish kabi ko‘plab tomonlar bujarayonlar uchun kerak boiadi.
    Jamityada insonni qiziqtirgan ko‘plab kasblar borki ular bir- biri- dan juda farqlanib turadi va insondan kasbga loyiq bo igan psixologik xususiyatlami talab qiladi. Deylik pedagog uchun didaktik usul juda mos tushsa, aktiyor uchun xotiraning, hayolning va boshqa psixik jarayonlaming o‘mi boshqacha hisoblanadi. To‘qimachilik va yengil sanoatda ishlayotgan ishchi, injener, dizayner uchun o‘ziga xos psix­ologik xususiyatlar kerak boiadi. Ya’ni dizayner uchun estetik did, ha­yol, tafakkumi egiluvchanligi, diqqat va juda nozik holdagi ranglami ajrata olish kabi ко‘plab xususiyatlar zarur boiadi. To‘qimachilik va yengil sanoat uchun ko‘plab xilma xil kasb egalari kerak boiadi. Bular uchun ham kasb psixologiyasi o‘zigaxosbo‘lagan inson psixi- kasini qirralarini shu kasbga xos tomonlarini va shaxsda ulami rivo- jlantirish masalalarini ham o‘rganib boradi.
    Yoshlaming qiziqishi, maqsad va manfaatlari o‘z dunyoqarashla- riga kerak bo igan kasbni tanlashga, bu kasbga xos bo igan psixologik tomonlami bilishga intiltirib turadi. Kasb psixologiyasi har bir kasbga xos bo igan psixologik jarayonlami o‘rganib ulami tahlil qilib boradi.

    Yüklə 1,73 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin