F. R. Xolboyev, D. A. Azimov, E. Sh. Shernazarov z o o g e o g r a f I y a


 Cho‘l faunasining ekologik xususiyatlari



Yüklə 352,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/92
tarix25.12.2023
ölçüsü352,6 Kb.
#195941
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   92
2.2. Cho‘l faunasining ekologik xususiyatlari
Cho‘l sharoitida tirik organizmlaming, jumladan, hayvonot dun­
yosining hayoti nisbatan noqulay abiotik omillar ta’siri ostida kechadi. 
Bunday sharoitda hayvonlaming hayoti uchun zarur bo‘lgan omillar- 
ning ko‘pchiligi pessimal va hatto cheklovchi ko‘rsatkichda namoyon 
bo‘ladi. Natijada hayvon va o‘simlik turlarida yaqqol ajralib turadi- 
gan morfo-fiziologik moslanishlar shakllanadi. Cho‘l hayvonlarining
34


ko‘pchiligi ekologik sharoitlarga mos ravishda kserofil va evriterm 
turlardan tashkil topadi.
Cho‘llar turli yo‘nalishdagi ilmiy tadqiqotlar, jumladan, organizm 
laming noqulay iqlim sharoitlariga nisbatan moslanishini, morfo- 
fiziologik o‘zgarishlami, faunaning shakllanish jarayonlarini, turlar 
ekologiyasini, ulami muhofaza qilish va oqilona foydalanish masa 
lalarini o‘rganish uchun tajriba maydoni boiib xizmat qiladi.
Choida yashovchi turli sistematik guruhlarga mansub hayvonlar 
o‘zlarining tashqi tuzilishi, xatti-harakati va boshqa ekologik belgilari 
bilan bir-biriga juda o‘xshash boiadi. Kemimvchilar turli avlod va 
oilalarga tegishli bo‘lishlaridan qat’i nazar, deyarli bir xil ko‘rinishga 
va o‘xshash hayot kechirish tarziga ega. Masalan, sutemizuvchilarga 
mansub qo‘shoyoqlar, tovushqonlar, kengumsimon sichqon, xaltali 
qo‘shoyoq kabi turlaming orqa oyoqlari uzunligi, quloqlari va ko‘zlari 
kattaligi, dumi uzunligi va u tayanch vazifasini bajarishi hamda du 
mining uchi mo‘yqalam uchiga o‘xshashligi kabi morfologik belgilari 
bilan qo‘shoyoqlarga o‘xshab ketadi. Bunday o‘xshashliklar konver- 
gensiyaga yaqqol misol bo‘la oladi va hayvonlaming cho‘1 sharoitiga 
moslashuvini ta’minlashga xizmat qiladi. Hayvonlaming cho‘1 sha 
roitida yashashga nisbatan moslanishlari ichida ulaming suvni qidirib 
topishi, uni sarflashi va tanada saqlashi bilan bog‘liq fiziologik va 
etologik xususiyatlari asosiy o‘rinni egallaydi. Suv va oziqaning tan 
qisligi hatto issiqqonli hayvonlaming nafaqat qishda, balki yozning 
issiq oylarida ham uyquga ketishiga sabab boiadi. Hayvonlar orga 
nizmidagi bu kabi moslanishlar ulaming tashqi morfologik belgilarida 
(jun, pat va par qoplami), fiziologiyasida (yog‘ qatlami, metabolitik 
suv hosil qilish) va xatti-harakatida (qishki va yozgi uyquga kirish, is­
siq va sovuqdan himoyalanishda boshpana tanlash va hokazo) yaqqol 
namoyon boiadi.
C hoi hayvonlari suvga boigan talabini qondirish maqsadida uzoq 
masofalarga doimiy migratsiya qilishadi. Bunday sharoitda ulaming 
bir qismi yirtqichlarga o‘lja ham boiadi. Ayrim turlar suvni iste’mol 
qilgan oziqasi tarkibidan olishadi yoki metabolitik suv hosil qilish xu
35


susiyatiga ega. Cho‘l qushlarining ayrim turlari suv ichish maqsadida 
uzoq masofalarga uchib boradi. Jumladan, Saxar cho‘lida yashovchi 
cho‘l to‘rg‘aylari nomuntazam ravishda suv ichishga borishadi va 
ba’zan hafta davomida suvsiz yashay oladi. Bulduruqlar haqiqiy 
cho‘l qushlari bo‘lib, suvsizlikka chidamliligi tufayli, cho‘lning ancha 
ichkarisida, suvdan uzoqda joylashgan qismlariga uya quradi.
Damanlar bir necha oylab, bir o‘rkachli tuyalar esa haftalab suvsiz 
yashay olishi mumkin. Bu muddatda ular tana to‘qimalaridagi zaxira 
suvdan foydalanadi va juda oriqlab ketadi, ammo bir marta to‘yib suv 
ichishi, ulaming yo‘qotgan vaznini qayta tiklab olishi uchun yetarlidir. 
Xuddi shunday qobiliyat tuyoqlilardan qilich shoxli antilopalar vakili 
addaks (Addax nagomaculatus) da va Afrika yovvoyi eshagi (Equus 
asimus) da ham kuzatiladi. Ko‘pchilik bo‘g‘imoyoqlilar ham kam- 
dan-kam holda suv ichadi. Cho‘l hayvonlari orasida umuman suv ich 
maydigan vakillarga o‘simlikxo‘r kemiruvchilami, ko‘pchilik hasha 
rotlar va qator sudralib yumvchilami misol qilish mumkin. Ulaming 
suvga bo‘lgan talabi iste’mol qiladigan oziqasi hisobiga qondiriladi. 
Kunduzgi qumsichqon (Psammomys obesus) o‘simliklaming sersuv 
qismlari bilan oziqlanadi va hatto sho‘rxok tuproqda o‘suvchi suk 
kulentlaming tarkibidagi suvdan foydalanadi. Bu kabi hayvonlar siy- 
digining konsentratsiyasi juda yuqori bo‘lib, o‘zida dengiz suvining 
tarkibiga qaraganda to‘rt barobar ko‘p tuz saqlaydi. Sudralib yuruv­
chilar esa cho‘l sharoitida yashash uchun nisbatan ajoyib moslashish 
hosil qilishgan. Ulaming muguz tangachalar bilan qoplangan terisi 
suv o‘tkazmaydi va shu bilan birga, oziqasi tarkibidan yetarli miq 
dordagi suvni o‘zlashtira oladi hamda bu kabi turlaming ekskrimenti 
tarkibida suv deyarli bo‘lmaydi.
Qushlar va sudralib yuruvchilar moddalar almashinuvida hosil 
bo‘lgan azot saqlovchi hosilalami siydik kislotasi ko‘rinishida ajrati- 
shadi. Chunki siydik kislotasi yengil zich massa holidagi cho‘kmaga 
o‘tadi va deyarli tarkibida suvni saqlamaydi. Sutemizuvchilar mo 
chevina ajratishadi, ammo uning tarkibidagi suv minimum darajada 
kamaygan holda bo‘ladi. Jumladan, odam siydigi tarkibida suv 92%
36


bo‘lsa, kengurusimon kalamush siydigi tarkibida u 70% ni tashkil 
qiladi. Bo‘g‘imoyoqlilaming tashqi xitin qoplag‘ichi ham tanani suv 
sizlanishdan saqlaydi.
Cho‘1 hayvonlarida, suv tanqisligiga moslashish bilan birga, issiq 
sharoitda yashashga nisbatan ham turli moslanishlar shakllangan. Or- 
ganizmni sovitishga qaratilgan ayrim xatti-harakatlar cho‘1 hayvon 
larida yaqqol namoyon bo‘ladi (1-rasm).

Yüklə 352,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin