F. R. Xolboyev, D. A. Azimov, E. Sh. Shernazarov z o o g e o g r a f I y a


sil bo‘lgan Skandinaviya faunasini misol qilish mumkin



Yüklə 352,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/92
tarix25.12.2023
ölçüsü352,6 Kb.
#195941
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   92
sil bo‘lgan Skandinaviya faunasini misol qilish mumkin.
Misol tariqasida 0 ‘rta Osiyoning yer usti faunasi genezisini ko‘rib
chiqaylik. O.L.Krjanovskiyning (1965) qayd etishicha, 0 ‘rta Osiyo-
dagi ko‘pchilik hayvon guruhlari (qushlar, sutemizuvchilamihg ay-
rim turkumlari) tarkibida endemiklar ko‘pligi bilan ajralib turadi. Bu
joyda tur endemizmi umumiy tur tarkibining o ‘rtacha 2/3 ni tashkil
etadi. 0 ‘rta Osiyo hayvonot olamida endemizm foizi tog‘larda ya-
shovchi hayvonlarda nisbatan yuqori bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, fauna genezisi (faunogenez)ni zamonaviy
fauna tarkibidagi avtoxton va migrantlaming ishtirok etish hissasi
bilan tushuntirish mumkin. Keng tarqalishga ega bo‘lgan turlaming
juda ko‘p sonda uchrashi, endemizm foizining pastligi fauna genezi-
sida migratsionjarayonlar ustunligini ko‘rsatadi. Aksincha, endemik­
lar sonining ko‘pligi va ayniqsa, yuqori taksonlarda endemizmning
mavjudligi, uzoq vaqt davomida mahalliy tur paydo bo‘lish jarayon-
lari ustun bo ‘ lganligidan dalolat beradi.
3.4. Fauna tarkibida tur sonining ko‘pligi yoki kamligi va uni
belgilovchi ekologik omillar
Yuqorida ta’kidlanganidek, faunaning tur tarkibi uning muhim bel
gilaridan biridir. K o‘p hollarda fauna tarkibida tur sonining ko‘pligi
52


yoki kamligi u egallagan hudud maydonining katta-kichikligiga
bog‘liq bo‘ladi. Buni turli faunalaming tur tarkibini o ‘zaro solishti
rish orqali aniqlash mumkin. Ayrim hollarda esa fauna tarkibida tur
sonining ko‘pligi yoki kamligi u egallagan hudud kattaligiga bog‘liq
bo‘lmaydi. Masalan, Palearktika oblastining maydoni juda keng
bo‘lishiga qaramasdan, uning faunasida turlar soni nisbatan kam.

Yüklə 352,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin