qo‘ng‘izlar, chumolilar, o‘rgimchaksimonlardan - chayonlar, falan
galar va boshqalar nisbatan keng tarqalgan.
0 ‘simliklar qoplamida yarustlilikning deyarli yo‘qligi sababli,
hayvonlar asosan yer ustida va ba’zan yer ostida hayot kechirishadi.
Shunday bo‘lishiga qaramay, qiyosiy tahlil qilinganda, Mustaqil dav
latlar hamdo‘stligi hududida joylashgan cho‘llar faunasining tur soni
dashtlar faunasiga qaraganda ancha ko‘pligi bilan xarakterlanadi.
Cho‘l ekotizimlari qadimiyligi sababli, bu yerda endemik turlar va
avlodlar ko‘p (Orol baqra balig‘i, Turkiston agamasi, xo‘jasavdogar,
ingichka barmoqli qo‘shoyoq va boshq.). Cho‘llaming antropogen
omillarga juda beriluvchanligi ulardagi faunaning qisqa muddatda
boy berib qo‘yilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Cho‘llarda dashtlarga qaraganda migratsiya jarayoni nisbatan
kuchsiz namoyon bo‘ladi va bunday migratsiyalar asosan qushlar
olamida kuzatiladi. Ulaming ayrim turlari yilning noqulay davrlarida
cho‘l chegarasidan tashqariga migratsiya qiladi.
Cho‘llarda, ayniqsa, bahor faslida hayvonot dunyosining
ko‘payishi, oziqlanishi, oziqa va energiya jamg‘arishi kabi hayo
tiy faoliyatlar jadallashadi. Ko‘pgina cho‘l hayvonlari uchun tungi
faollik xarakterli bo‘lib, bu holat ayniqsa, yoz oylarida haroratning
maksimal darajani egallashi tufayli sodir bo‘ladi. Hayvonlar kunduz
kunlari soya-salqin joylardagi boshpanalarga kirib, issiqdan himoya-
lanishadi. Ayniqsa, oziqlanish, suv qidirish bilan bog‘liq faollik
ulaming chaqqon harakatlarida yaqqol seziladi. Bunday harakatlar
hayvonlaming issiqdan hamda ochiq maydonlarda dushmandan hi
moyalanishiga ancha qulayliklar tug‘diradi (qo‘shoyoqlar, ingichka
barmoqli yumronqoziq, kaltakesaklar, qulon, jayron, bulduruq).
Cho‘lda o‘simliklarning siyrakligi va relyefning nisbatan tekisligi
Dostları ilə paylaş: