F. R. Xolboyev, D. A. Azimov, E. Sh. Shernazarov z o o g e o g r a f I y a



Yüklə 5,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/92
tarix15.12.2023
ölçüsü5,13 Mb.
#180671
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   92
Zoogeografiya. Xolboyev F. Azimov D

Nazorat topshiriqlari
1. Hayvonlaming biosferada tarqalishida muhit omillari qanday
ahamiyatga ega?
2. Hayvonlaming turli yashash muhitlarida tarqalishi va biomas
sasi to ‘g ‘risida so ‘zlab bering.
3. Dengiz va okeanlarni hayvonlaming yashash muhiti sifatida
ta ’riflang.
4. Chuchuk suv havzalarini hayvonlaming yashash muhiti sifatida
ta ’riflang.
5. Quruqlikni hayvonlaming yashash muhiti sifatida ta ’riflang.
6. Turli yashash muhitlariga nisbatan hayvonlaming morfo-
fiziologik moslanishlarini tushuntirib bering.
7. Hayvonot dunyosi tur tarkibining ular yashaydigan muhitdagi
ekologik sharoitlarga bog ‘liqligini qiyosiy tahlil qilgan holda misol
lar bilan tushuntiring.
8. Xaritadan foydalanib qutb, mo ‘tadil va tropik mintaqalarning
tabiati to ‘g ‘risida so ‘zlab bering.
26


II BOB. CHO‘LLARDA HAYVONLARNING TARQALISHI
VA YASHASH SHAROITLARI
2.1. Cho‘l mintaqasining geografik va ekologik tavsifi
Cho‘l mintaqasining boshqa yashash mintaqalaridan asosiy farqia- 
rini va xususiyatlarini tavsiflash uchun, dastlab cho‘l tushunchasiga 
berilgan ta’riflarni tahlil qilish zarur. Bugungi kunda soha olimlari- 
ning “cho‘l tushunchasi”ga nisbatan qarashlari va yondashuvlari har 
xil va shu sababli choMga berilgan ta’riflar ham bir xil ma’noga ega 
emas. Jumladan, cho‘lga berilgan ba’zi ta’riflarda cho‘ldagi iqlimiy 
xususiyatlar (harorat, namlik), boshqalarida esa o‘simlik va hayvonot 
dunyosi asos qilib olingan. Yer yuzining turli kengliklarida joylash­
gan cho‘llar o‘zaro o‘xshash bo‘lmagan ekologik xususiyatlari bilan 
ham faqrlanadi va bu holat cho‘llarga yagona ta’rif berishni murak- 
kablashtiradi.
Tadqiqotchi M.P.Petrov (1973) cho‘lni doimiy yoki mavsumiy is­
siq iqlim sharoitiga ega bo‘lgan, juda tarqoq va fitotsenozlari tarki­
bida turlar soni kamligi bilan xarakterlanuvchi Iandshaft tipi sifatida 
ta'riflaydi. A.G.Boboyev va Z.G.Freykinlar (1982) cho‘lni quruq va 
issiq iqlimli, namlik juda kam va nisbatan siyrak o‘simliklar qop- 
lamiga ega bo‘lgan keng tabiiy hudud sifatida ta’riflaydilar. Cho‘l 
uchun nafaqat namlikning yetishmasligi, balki namlikning yilning 
turli mavsumlarida juda notekis taqsimlanishi ham xosdir. Cho‘lda 
tuproqdagi namlikka nisbatan undan ajralib chiqishi mumkin bo'lgan 
suv bug‘larining miqdori ko‘p bo‘ladi. Yer yuzasida doimiy suv man- 
balarining yo'qligi, quruq o'zanlar hamda vaqtinchalik irmoqlaming 
mavjudligi, tuproqning yuqori darajada sho‘rlanishi - cho'llar uchun 
xos bo'lgan asosiy xususiyatlardan biridir. BMTning 1977-yildaNay- 
rob shahrida bo‘lib o‘tgan cho‘Hashish muammolariga bag‘ishlangan 
konferensiya materiallarida “Cho‘llar o‘simlik dunyosi siyrak yoki
27


butunlay o‘simliklardan xoli bo‘lgan, biologik mahsuldorligi past, at- 
mosfera yog‘inlari kam tushadigan hudud” sifatida ta’riflangan (Ro­
zanov, 1977). Cho‘llardagi ekologik sharoitlar chala cho‘l va dasht 
mintaqalariga o‘xshab ketishi sababli, cho‘llarni chala cho‘l va dasht- 
lardan ajratib turuvchi aniq chegarani belgilashning imkoni yo‘q.
Cho‘llarning paydo bo‘lish sabablari xilma-xil, ammo ulaming 
shakllanishida bulutlar yoiiga g‘ov bo‘luvchi to‘siqlar asosiy o‘rinni 
egallaydi. Bunday to‘siqlami relyefdagi vertikal balandliklar va xusu- 
san tog‘lar hosil qiladi. To'siqlarda (tog‘tarda) bulutlaming ushlanib 
qolishi yomg‘ir yoki qor ko‘rinishidagi namlikning yerga tushishiga 
va natijada o‘rmonlarning shakllanishiga olib keladi. To‘siqlaming 
qarama-qarshi tomonida esa quruq havo massasi hukmronlik qilishi 
tufayli cho‘llar shakllanadi. Barcha cho‘llar uchun qurg‘oqchilik xos, 
ammo uzoq davom etuvchi va juda yuqori harorat barcha cho'llarga 
ham xos emas. Jumladan, Takla-Makon va Gobi cho‘llarida yoz oy- 
larida ancha salqin, qishda esa qattiq sovuq hamda bo‘ronli ob-havo 
hukmronlik qiladi. 0 ‘rtacha kunlik harorat tebranishi ba’zi cho‘llarda 
35 °C ni tashkil etadi.
Cho‘llar orqali oqib o‘tuvchi daryo suvining bir qismi tuproqqa 
shimilib ketadi va bir qismi dengizlarga quyiladi yoki umuman den- 
gizlar bilan tushmasdan ko‘Uarni hosil qiladi. Bunday holat Orol 
dengiziga quyiladigan Amudaryo va Sirdaryo kabi daryolarga ham 
xos.
Yer yuzida cho‘llar asosan tropik hamda mo‘tadil mintaqalar 
chegarasidagi qit’alar markazining katta qismini egallaydi va yerda- 
gi qit’alarning 23% ini tashkil etadi. Sharqiy yarim sharda cho‘llar 
Shimoliy Afrikadan boshlab (Saxar с ho Mi) Arabiston orqali G‘arbiy 
Hindiston, 0 ‘rta Osiyo, Qozog‘iston, Markaziy Osiyo va Avstrali- 
yaning markaziy qismlarida tarqalgan. Janubiy Afrikada Kalaxara va 
Namib cho‘llari, G‘arbiy yarim sharda esa Atakama (Chili), Moxave 
va boshqa cho‘Uar tarqalgan. 0 ‘rta Osiyoda Qoraqum, Qizilqum, 
Muyunqum, Ustyurt, Betpakdala, Mirzacho‘l va Qarshi kabi cho‘llar 
keng maydonlarni egallaydi. Dunyodagi eng yirik cho‘l shimoliy Af-
28


rikadagi Saxara cho‘li bo‘lib, uning maydoni 9 mln.km2 ni tashkil 
etadi va g‘arbdan sharqqa qarab 7000 km ga, shimoldan janubga qa 
rab esa 2000 km ga cho‘zilgan.
Cho‘llar hududiy tarqalishiga ko‘ra, shimoliy, janubiy va baland 
tog‘lik cho‘l guruhlariga bo‘linadi. Choilar qayerda joylashgan- 
ligidan qat’iy nazar, havo haroratining yuqori tebranishga egaligi, 
atmosfera yog‘inlari miqdorining kamligi (300 mm dan kam), havo 
namligining pastligi, quyosh radiatsiyasining yuqoriligi va boshqa 
qator ekologik xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Bunday ekstremal 
ekologik sharoit ko‘pchilik organizmlarning cho‘l hududida yashashi- 
ni cheklovchi omil bo‘lib xizmat qiladi.
Cho‘llarda biomassa miqdori juda past ko‘rsatkichni namoyon 
qiladi. 0 ‘zbekistondagi cho‘llarda oq saksovullar egallagan maydon 
1274,4 ming ga ni, qora saksovullar egallagan maydon esa 369,6 
ming ga ni tashkil etadi. Saksovul o‘rmonlaridagi fitomassa mah- 
suldorligi atigi 20-50 m3/ga ni tashkil etadi va boshqa o‘simliklar 
biomassasi ham xuddi shunday past darajada bo‘ladi. Mazkur holat 
hayoti o‘simliklar bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan cho‘l hayvonot dun 
yosining ham tur tarkibi, zichligi va biomassasiga bevosita hamda 
bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli mazkur ko‘rsatkichlar boshqa 
tabiiy biotsenozlarga qaraganda ancha past darajada namoyon bo‘ladi. 
Choilar o‘simlik va hayvonot dunyosining tarkibida turlar soni qan- 
chalik kam bo‘lishiga qaramay, egallagan maydonining kengligi, 
ekologik sharoitlari va shunga mos bo‘lgan'betakror organik olami 
bilan ajralib turadi.
Clio* 

Yüklə 5,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin