F. R. Xolboyev, D. A. Azimov, E. Sh. Shernazarov z o o g e o g r a f I y a



Yüklə 5,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/92
tarix15.12.2023
ölçüsü5,13 Mb.
#180671
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   92
Zoogeografiya. Xolboyev F. Azimov D

Nazorat topshiriqlari
1. Cho ‘llarning geografik о ‘rni va cho ‘Ining shakllanishiga sabab
bo ‘luvchi omillar haqida nimalarni bilasiz?
2. О ‘rta Osiyodagi cho ‘liar va ularga xos ekologik xususiyatlar
haqida so ‘zlab bering.
3 Cho ‘Ida yashovchi hayvon turlari va ulaming cho

sharoitiga
nisbatan moslanishlarini misollar bilan tushuntiring.
4. Cho

tiplari, ulaming ekologik xususiyatlari va hayvonot dun-
yosini qiyosiy tavsiflang.
5. Cho ‘Ida yashovchi turlarda qanday morfo-fiziologik belgilar
kuzatiladi?
6. Moslanishlar hayvonlar hayotida qanday ahamiyatga egaligini
misollar yordamida tushuntiring.
7. 
Orolqum va uning atrof-muhitga ta ’siri haqida nimalarni bila
siz?
42


Ill BOB. FAUNA HAQIDAGI TA’LIMOT ASOSLARI
3.1. Zoogeografiyada fauna tushunchasi
Zoogeografiya fani qator umumbiologik qonuniyatlar bilan bir 
qatorda ayrim xususiy tushunchalami ham o‘rganishni taqozo etadi. 
Bunday tushunchalar negizida areal va fauna tushunchalari yotadi. 
Har qanday zoogeografik tadqiqot muayyan joydagi hayvonot dunyo- 
sining tur tarkibini aniqlashdan boshlanadi. Shunday ekan, muayyan 
chegaraga ega bo‘lgan joyning faunistik elementlarini aniqlash, uning 
shakllanish xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish, maz- 
kur elementlarning egallagan areali, soni va undagi o‘zgarishlarni 
o‘rganish orqali zarur materiallarni yig‘ish va natijaga erishish mum- 
kin. Fauna tarkibidagi turlar xilma-xilligi Yer planetasida sodir bo‘lib 
o‘tgan geologik evolutsiya to‘g‘risida ham muhim xulosalar chiqa- 
rishga asos bo‘ladi. Jumladan, Avstraliya va Amerika materiklarining 
ajralishi bilan bog‘liq o'zgarishlar ulaming faunistik tarkiblarida ham 
o‘z aksini topgan. Fauna Har qanday biogeotsenozning ajralmas qismi 
sifatida muayyan biogeotsenozdagi ekologik holatni o‘zida aks et- 
tiruvchi “indikator” xususiyatiga ham ega. Masalan, fauna tarkibida 
turli ekologik guruhlarga mansub hay von turlarining uchrashi, ushbu 
fauna egallagan hudud ko‘pchilik turlai; uchun qulay yashash sharoit- 
lariga egaligidan dalolat beradi.
Faunaning yoshi va genezisi to‘g‘risidagi materiallar zoogeografik 
oblastning qadimda va hozirda boshqa oblastlar bilan aloqasini, uning 
tarkibidagi mahalliy hamda kelgindi turlar to‘g‘risidagi ma’lumotlami 
olish va tegishli xulosalar chiqarish uchun asos bo‘ ladi. Turli oblastlar 
faunalarini o‘zaro solishtirish orqali tahlil qilish, uning turlar soni ko‘p 
yoki kam ekanligini aniqlash imkonini beradi. Fauna tarkibida tur- 
larning ko‘pligi nafaqat hududning maydoniga, balki boshqa faunis­
tik komplekslar bilan aloqasiga, hududdagi mavjud ekologik sharoit-
43


larga, fauna yoshiga va boshqa qator omillarga bog‘liq boMib, mazkur 
omillami chuqur o'rganish esa ko‘pchilik hayvon turlarining yashashi 
uchun qulay bo‘lgan ekologik sharoitlaming qanday xususiyatga ega 
bo‘lishi to‘g‘risida umumiy xulosalar chiqarishga olib keladi. Turlar- 
ning yashash muhitlari to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lish esa, ular- 
ni iqlimlashtirish, sonini ko‘paytirish, arealini kengaytirish, zarurat 
tug‘ilganda sonini cheklash bilan bog‘liq masalalarni hal etishda alo- 
hida ahamiyatga ega. Faunaga antropogen omillaming ta’siri va uning 
oqibatlariga tegishli bo‘lgan masalalarni o‘rganish esa kelajakda Yer 
t>lanetasida biologik xilma-xillikni saqlab qolishda o‘rin tutadi. In- 
Sonning tabiatga, jumladan, hayvonot olamiga ko‘rsatayotgan ta’sir 
'loirasi kengayib, chuqurlashib borayotgan bir davrda, alohida turlar- 
^ing biologiyasi va ekologiyasini chuqur o‘rganishga nisbatan ehtiyoj 
^undan-kunga oshib bormoqda. Ayniqsa, yangi turlarni iqlimlashtirish 
va qayta iqlimlashtirish bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirishda 
^ududdagi ekologik sharoitlarni, iqlimlashtirilayotgan turning boshqa 
^ rla r bilan bo‘ladigan munosabatlarini hisobga olgan holda ish yuri- 
^sh samarali natija beradi. Kelajakda tabiiy komplekslarda insoni- 
^ tn in g moddiy va ma’naviy ehtiyoj larini qondirishga qaratilgan 
°'zgarishlami amalga oshirishda hududning hayvonot olamini bus- 
^•jtunligicha saqlab qolishga erishish va mazkur yo‘nalishdagi mav- 
JL,d muammolarni hal etish kechiktirib bo‘lmaydigan, dolzarb masa- 
*a*ardan sanaladi.
Yuqorida qayd etilgan masalalarni ijobiy hal etishda fauna tu- 
s^Unchasi to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lish zarur. Fauna lotincha 
^a^na - favna, ya’ni qadimgi rim afsonalariga ko‘ra, o‘rmon va dala- 
*ai ma’budasi,podalarhomiysima'nosigaegabo'lib,qandaydirsiste- 
° ^ tik guruhga mansub hayvonlaming tarixiy shakllangan majmua- 
Sl *T»a’nosiga ega. Ilmiy ma’noda, qandaydir tabiiy chegaralangan 
^Uc3udda yoki akvatoriyada yashaydigan, tarixiy shakllangan barcha 
^a^von turlarining majmuasi fauna deb yuritiladi. Masalan, Avstraliya 
^au*iasi, 0 ‘rta Osiyo faunasi, Orol faunasi va hokazo. Ba’zan fauna 
tusb^unchasi qandaydir hududga tegishli bo'lmasdan, balki geologik
44


davrga (miotsen faunasi, pliotsen faunasi va hokazo) tegishli bo‘lishi 
ham mumkin. Fauna terminini tor, ya’ni ma’muriy yoki davlat 
chegaralariga nisbatan qo‘llash (Moskva viloyati, Stavropol o‘lkasi, 
Buxoro viloyati faunasi va hokazo) noto‘g‘ridir. Chunki bunda hay- 
vonlaming tabiiy tarqalish qonuniyatlari ko‘zda tutilmaydi. Ba’zan, 
fauna tushunchasi turli taksonomik birliklarga tegishli hayvonlami 
tavsiflashda ham qo‘llaniladi. Masalan, muayyan joydagi qushlar 
faunasi yoki qo‘ng‘izlar faunasi va bunda fauna tushunchasining 
qo‘llanilishi shartli ma’noga ega bo‘ladi va yuqorida bayon etilgan 
ilmiy ma’noga mos kelmaydi. Ayrim hollarda, fauna termini hayvon 
laming inson hayotida tutgan o‘miga nisbatan ham qo‘llaniladi, masa 
lan, qandaydir hududdagi ov ahamiyatiga ega bo‘lga.n fauna, qishloq 
xo‘jalik zararkunandalari faunasi va hokazo. Zoogeografiyada fauna 
tushunchasi yuqorida bayon etilganidek, faqat ilmiy ma’nodagina 
qo‘llaniladi.
Fauna u yoki bu hududga tegishli bo‘lgan, turli biogeotsenozlarda 
yashovchi barcha hayvonlami o‘z tarkibiga kiritadi. Masalan, Mus 
taqil davlatlar hamdo ‘ stiigi ning 'Yevropa qismi faunasi yashash muhit- 
larining mutlaqo turlicha bo‘lishidan qat’i nazar, shimol bug‘usi, 
dasht burguti, cho‘rtan baliq, maxoon kapalagi, bodyaga buluti va 
boshqalami bir xil asosda o‘z tarkibiga kiritadi.
Inson tomonidan ongli ravishda boshqa zoogeografik oblastdan 
keltirilgan va hayvonot bog‘i, akvarium hamda shunga o‘xshash 
boshqa joylarda maxsus saqlanadigan hayvon turlari mahalliy fauna 
tarkibiga kiritilmaydi. Tasodifan kelib qolgan yoki ongli ravishda 
keltirilgan, keyinchalik yovvoyilashgan yoki inson yordamiga muh 
tojlik sezmaydigan turlar mahalliy fauna tarkibiga kiritilishi va uning 
tarkibida hisobga olinishi shart. Masalan, bir paytlar 0 ‘zbekistonga 
keltirilgan gambuziya balig‘i, ilonbosh baliq, ondatra va shu kabi 
boshqa turlami haqli ravishda 0 ‘zbekistonning mahalliy fauna 
si tarkibiga kiritish mumkin. Ammo faunaning tarixini va uning 
shakllanish yo‘llarini o‘rganish jarayonida mazkur turlami chetdan 
keltirilgan turlar toifasiga kiritish tavsiya etiladi.
45


Har bir fauna faqat o‘ziga xos bo‘lgan belgilari bilan xarakterla 
nadi va bu belgilar uni boshqa faunalar bilan solishtirish imkonini 
beradi. Faunaning tur tarkibi va turlaming ekologik tabiati har qanday 
faunaning eng muhim belgilari sanaladi. Har bir faunistik tadqiqot 
o‘rganilayotgan hudud chegarasida yashaydigan turlami hisobga 
olishdan, ya’ni faunani inventarizatsiya qilishdan boshlanadi. Fauna 
tarkibidagi turlar sonining ko‘p yoki kamligi faunalami o‘zaro qiyo 
siy tavsiflashdagi asosiy mezonlardan biridir.
Yirik oblastlarlardagi faunaning tur tarkibini o‘rganish uzoq mud 
datni va ko‘pchilik mutaxassislami talab etadi. Masalan, Mustaqil 
davlatlar hamdo‘stligining Yevropa qismi faunasini tadqiq etish ish 
lari XVIII asrda boshlangan va ayni vaqtda ham davom etmoqda. 
Bu yo‘nalishdagi tadqiqotlar natijasida umurtqali hayvonlaming tur 
tarkibi deyarli to‘liq aniqlangan bo‘lsa-da, umurtqasiz hayvonlar in 
ventarizatsiyasi hali tugallanmagan. Hatto umurtqasizlaming oddiy 
turlar ro‘yxati ham hozirgi kunda to‘liq shakllanmagan. Alohida 
hasharot gumhlari juda kam o‘rganilgan bo‘lib, ulaming 20—
40%i 
aniqlangan xolos.
Turli faunalarda uchrovchi turlaming ekologik tabiati ham turli- 
cha bo‘ladi. Tropik o‘rmonlar faunasida uchrovchi turlaming hayoti 
ko‘proq daraxtlar bilan bogTiq bo‘ladi. Bir tomondan, mazkur turlar 
daraxtlarda o‘rmalab yashashga moslashgan sutemizuvchilar, qush 
lar, reptiliyalar, ko‘pgina hasharotlardan tashkil topsa, ikkinchi to 
mondan, daraxtlar bilan trofik aloqada bo‘ladigan, ya’ni mevaxo‘r, 
bargxo‘r, daraxtlaming yog‘ochligi bilan oziqlanadigan turlardan 
tashkil topadi. Tropik faunadagi ko‘pchilik hayvon turlari yil davo- 
mida faol bo‘ladi. Dasht faimasi uchun esa boshqa ekologik tip xos 
bo‘lib, bu yerda uya qazuvchi va yugurib yashashga moslashgan, 
qishda uyquga ketadigan, o‘t o‘simliklari, boshoqlilaming umg‘lari 
bilan oziqlanuvchi hayvon turlari xosdir.
Faunaning muhim xususiyatlaridan yana biri uning boshqa fauna 
lar bilan bo‘ladigan munosabatlaridir. Faunalami o‘zaro solishtirish 
va ular orasidagi bo Tib o‘tgan va boTayotgan munosabatlami tahlil
46


qilish muhim xulosalar chiqarishga asos bo‘ladi. Bunday solishtirish 
o‘xshash sistematik guruhlar (turlar, avlodlar, oilalar) va endemiklar 
doirasida olib borilishi ham mumkin.

Yüklə 5,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin