F. R. Xolboyev, D. A. Azimov, E. Sh. Shernazarov z o o g e o g r a f I y a



Yüklə 5,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/92
tarix15.12.2023
ölçüsü5,13 Mb.
#180671
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   92
Zoogeografiya. Xolboyev F. Azimov D

N azorat topshiriqlari
1. Xaritadan foydalanib Avstraliya zoogeografik oblastining geo-
grafik о ‘m i va tabiiy sharoiti to ‘g ‘risida so ‘zlab bering.
2. Oblastning ekologik sharoitlarini va landshaftlarini hayvon
larningyashash muhiti sifatida tavsiflang.
3. Avstraliya faunasiga xos asosiy xususiyatlar nimalardan iborat?
4. Faunadagi hayvon guruhlariga misollar keltiring.
5. Xaltali va tuxum qoyu vch i sutemizuvchilar t o ‘g ‘risida nima
larni bilasiz?
6. Avstraliya va Papuas (Yangi Gvineya) hududlari faunasini
о ‘zaro solishtiring va tahlil qiling.
7. Avstraliya faunasining “yevropalashtirilishi ” va uning oqibat
lari haqida gapirib bering.
8. Avstraliya faunasini boshqa oblastlar faunasi bilan solishtirish
orqali tahlil qiling.
9. Avstraliya faunasini muhofaza qilish bo ‘yicha amalga oshirila-
yotgan chora-tadbirlar to ‘g ‘risida nimalarni bilasiz?
5.7. Dunyo okeanining zoogeografik oblastlari
XX 
asming ikkinchi yarmiga qadar dunyo okeanini zoogeo 
grafik jihatdan o‘rganish va uning zoogeografik oblastlari haqidagi 
maium otlar yetarli darajada boimagan. Keyinchalik mazkur yo‘nalish 
jadal sur’atlar bilan rivojlandi. Ayni vaqtda dunyo okeani zoogeografik 
jihatdan o‘rganilgan va bu jarayon hozirda ham davom etmoqda. 
Dengiz va okean faunasining zoogeografik xususiyatlariga tegishli 
ma2lumotlar adabiyotlarda hali ham yetarli darajada bay on etilmagan.
K o‘pchilik davlatlar aholisining asosiy tirikchilik manbaiga aylan- 
gan dunyo okeanining hayvonot dunyosi keyingi yillarda turli antro 
pogen ta’sirlardan jiddiy ziyon ko‘rmoqda. Dunyo okeaniga nisbatan 
bitmas-tuganmas tabiiy boylik manbai sifatida munosabatda boiish, 
undagi biologik xilma-xillikning kamayishiga olib keluvchi asosiy
188


omillardan biridir. Ayni paytda dunyo okeani bioxilma-xilligini saqlab 
qolish yo‘nalishidagi tadbirlami amalga oshirishda uni zoogeografik 
jihatdan chuqur o ‘rganish muhim ahamiyatga ega.
Dunyo okeanining zoogeografik rayonlashtirilishi va zoogeografik 
oblastlarning faunistik tarkibi to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lishda, 
dunyo okeanining hayvonlar yashash muhiti sifatidagi o ‘mini 
o‘rganish zarur. Dunyo okeani yashash muhiti sifatida o ‘zining qator 
ekologik xususiyatlari (bosim, yorug‘lik, suv tarkibidagi kislorod va 
tuz, harorat, oqim va boshq.) bilan boshqa yashash muhitlardan tub- 
dan ajralib turadi. Ayniqsa, harorat dengiz va okean hayvonlarining 
tarqalishida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shu asosda turli okeanlarda 
turlicha faunistik majmualar shakllangan.
Dengiz va okeanlarda ham quruqlikdagi kabi zoogeografik oblast- 
lami aniqlash uslublari hamda dengiz va okeanlami u yoki bu zoo 
geografik oblastlarga bo‘lish prinsiplari o‘zaro o ‘xshash. Xuddi shu- 
ningdek, oblastlami xarakterlash prinsiplari ham quruqlikdagi kabi 
amalga oshiriladi.
Turli dengiz va okeanlardagi mavjud muhit sharoitlari orasidagi 
farq quruqlikdagi kabi katta emas. Shu bilan birga, dengiz va okean 
larda alohidalanish hodisasining kuchsiz namoyon bo‘lishi bilan 
bog‘liq ravishda, yangi turlaming hosil bo‘lish jarayoni bu yerda 
boshqa shakllarda va boshqacha jadallikda amalga oshgan boiishi 
mumkin. Ehtimol shu sababli bo‘Isa kerak, dengiz va okeanlarda tur­
lar soni qumqlikdagiga nisbatan kam bo‘ladi.
Yer yuzidagi barcha dengiz va okeanlar yagona akvatoriya sifa 
tida qaraladi va ulaming ayrim qismlarigina materiklar va orollar 
orqali nisbatan alohidalashgan bo‘ladi. Ammo evolutsiya jarayonida 
dunyo okeanining ayrim qismlari orasidagi alohidalanish darajasi bir 
necha bor o‘zgarishga uchragan. Natijada, uzoq muddat okean akva- 
toriyasining alohida ekosistemalari hamda ekosistema majmualari 
alohidalashgan holda rivojlangan. Dunyo okeanidagi suv yuzasining 
harorati okeanning geografik o‘miga, suv massasining joylashuviga, 
ya’ni suvning ostki va yuza qatlamlarining aralashuviga hamda oqim
189


yo‘nalishiga mos ravishda turlicha bo‘ladi. Sovuq va iliq oqimning 
o‘zaro tutashgan va chuqur qatlamlardagi nisbatan sovuq suv mas 
sasining yuqoriga ko‘tarilgan joylarida plankton organizmlaming turi 
ko‘p bo‘ladi. Bunday planktonlar bilan turli baliqlar va kitsimonlar 
oziqlanishadi. Suv massasining aralashuvi natijasida fauna tarkibida 
turlar soni oshadi.
Gorizontal oqim ko‘pincha zoogeografik oblastlar chegarasining 
buzilishiga olib keladi. Jumladan, Shimoliy Atlantikaning Labrador 
va Grenlandiya oqimlari sovuq bo‘lib, bu oqimlar suv massasining 
janubga tomon yo‘nalishda Nyufaundlend oroligacha tarqalishiga 
va natijada bu yerga Arktika faunasi kirib kelishiga sabab bo‘ladi. 
Golfstrim iliq oqimi esa (Shimoliy Atlantika) mo‘tadil faunaning shi- 
molga tomon yo‘nalishda Islandiya qirg‘oqlari va hatto Shpitsbergen 
ning janubigacha kirib borishini ta’minlaydi. Oqimlar bilan bog‘liq 
jarayonlar zoogeografik chegaralaming buzilishiga va zoogeografik 
chegaralaming shartli, ya’ni nisbiy ekanligiga sabab bo‘ladi.
Dunyo okeanini zoogeografik rayonlashtirishning murakkabligini 
yana bir qator omillar bilan isbotlash mumkin. Bulardan biri dengiz 
va okeanlarda muhitning nisbiy bir xilligidir. Bunday nisbiy o ‘xshash 
muhit ko‘pgina hayvon guruhlarining kosmopolit xarakterda tarqa­
lishiga olib keladi va shu asosda zoogeografik rayonlashtirishda av­
lod va tur areallari asos sifatida olinishi talab etiladi. Avlod va tur 
areallari to ‘g ‘risidagi m a’lumotlar esa juda kam bo‘lib, mazkur 
m a’lumotlaming yetarli darajada emasligi rayonlashtirishni murak- 
kablashtiradi.
0
‘zaro o ‘xshash bo‘lgan barcha vertikal mintaqalarga yagona sxe- 
mani tatbiq etish amaliy jihatdan mumkin emas. Pelagial va qirg‘oq 
mintaqasida hayvonlaming tarqalishi asosan ikkita muhim omil bi 
lan bog‘liq bo‘lib, bular suvning harorati va o‘xshash haroratli muhit 
mav-jud bo‘lgan akvatoriyalami o ‘zaro ajratuvchi to‘siqlardir. Hav 
zaning pelagial mintaqasidagi fauna umuman yer sharining iqlimiy 
mintaqalariga mos ravishda shakllanadi. Bu mintaqalardagi faunalar 
tarkibi-ning o ‘zaro farqi - dengizning ostki mintaqalariga nisbatan
190


unchalik katta emas. Bu yerda ikkita bir-biridan tubdan farq qiluvchi 
faunalar ajratiladi, ya’ni materik qirg‘og‘idagi sayoz suvda (200-300 
m) va suvning chuqur qatlamlarida yashovchi fauna. M a’lumki, den- 
giz va okeanlardagi hayot sharoitlari undagi biotsikllaming vertikal 
taqsimlanishi, hayvonlaming yopishishi va harakatlanish uchun zarur 
b o ig an substratning mavjudligi yoki uning yo‘qligi bilan aniqlanadi. 
Shunga mos ravishda dengiz hayvonlari litoral, pelagial va abissal 
mintaqalarda turlicha tarqalishga ega boiadi.
Yuqoridagilarga asoslangan holda aytish lozimki, dunyo okeani 
uchun yagona boigan, umum e’tirof etiladigan zoogeografik rayon- 
lashtirish sxemasini yaratish mumkin emas. Bu jarayon murakkabligi- 
ning yana bir jihati shundaki, dengiz hayvonlari orasida juda keng 
tarqalgan kosmopolit turlaming ko‘pligidir. Shu sababli muayyan 
regionlar uchun ayrim avlod va turlar indikatorlar sifatida foydalani- 
ladi. Mazkur holatlami inobatga olgan holda, ko‘pchilik zoogeograf 
olimlar dengiz faunasini rayonlashtirishda litoral, pelagial va abissal 
mintaqalar uchun alohida-alohida b o igan uchta sxemani qoilaydilar. 
Ular orasida batipelagial va abissopelagial mintaqalaming zoogeografi 
yasi yetarli darajada to iiq ishlab chiqilmagan va mazkur mintaqalar- 
ning faunistik boiinishi ham munozarali. Shu asosda ko‘pincha lito 
ral va pelagial mintaqalar faunasining zoogeografiyasi xususida so‘z 
boradi. Dengiz hayvonlaridan ko‘pchilik guruhlarning sistematikasi 
hanuzgacha yetarli darajada o ‘rganilmagan va ayniqsa, ko‘pchilik den 
giz hayvonlarining geografik tarqalishi haqidagi maiumotlar juda oz.
Dengiz faunasini o‘rganishni 1872-1875-yillarda Chellendjer 
ekspeditsiyasida boshlab bergan. Geptneming (1936) fikricha, maz­
kur ekspeditsiyadan keyingi qator tadqiqotlar davomida yigilgan 
materiallar qanchalik ko‘p boim asin, ular o ‘zaro solishtirish va xulo 
salash uchun yetarli emas. Dunyo okeanini zoogeografik rayonlashti­
rishda asosiy mezon sifatida havzaning fizikaviy xususiyatlari, ya’ni 
harorat, oqim va shu kabi boshqa omillar inobatga olingan. Ammo 
bunday y o i tutish ham dunyo okeanini zoogeografik rayonlashtirish 
uchun asos boiadigan yetarli m aium otni bermaydi.
191


Dunyo okeaniga tegishli har qanday zoogeografik oblastning 
qirg‘oq mintaqasida turlar xilma-xilligi ko‘p va hayvonlar biomas 
sasi yuqori boiadi. Bunday xususiyat mazkur mintaqada yorug‘lik, 
kislorod va biogen materiallar (minerallar)ning nisbatan ko‘pligi bi­
lan tushuntiriladi. Yorug‘lik, kislorod va biogen materiallar qirg‘oq 
mintaqasida o ‘simliklaming va ular bilan bog‘liq holda hayvonlar- 
ning yashashi uchun qulay sharoit yaratadi. Mazkur mintaqa plank 
ton, nekton va bentos kabi har uchala kompleksga tegishli turlaming 
uchrashi va rivojlanishini ta’minlaydi. Zoogeografik oblastlaming 
fauna tarkibi o‘zaro solishtirilganda, qirg‘oq mintaqalarining fauna 
tarkibi juda xilma-xil bo‘lishi va ular bir-birlaridan katta farq qilishi 
aniqlanadi. Albatta, bu o‘rinda turlar xilma-xilligining qirg‘oqdagi 
yashash muhitiga hamda qirg‘oqning antropogen ta’sirlarga berilgan- 
lik darajasiga bog‘liqligini ham inobatga olish zarur.
Pelagial mintaqada substratning yo‘qligi sababli bentos organizm- 
lar uchramaydi. Bu mintaqada o‘simlik va hayvonlaming tarqalishi 
asosan, qirg‘oq mintaqasidan yoki okean tubidan biogen material- 
lami oqizib keluvchi oqimlarga bog‘liq bo‘ladi. Abissal mintaqada 
(bu mintaqaga yorug‘lik nurlari yetib bormaydi) hayvonlaming 
yashash sharoitlari og‘ir. Bu mintaqada yom g‘likning yo‘qligi, bo 
simning yuqoriligi, haroratning pastligi va kislorodning tanqisligi 
o ‘simliklaming uchramasligiga, hayvonlar tur tarkibi va zichligining 
past bo‘lishiga, turlarda o‘ziga xos moslanishlaming shakllanishiga 
hamda relikt formalaming ko‘pligiga sabab bo‘lgan.
Okean faunasining tarixiy shakllanganligi, okeanning yirik quraq 
lik orqali qismlarga ajralganligi, suv yuzasidagi haroratning havza- 
ning geografik o‘miga bog‘liqligi, dunyo okeanini oltita zoogeografik 
oblastga ajratish uchun asos bo‘ladi. Bu oblastlar quyidagilar: Ark 
tika, Boreo-Patsifika yoki Shimoliy Tinch okeani, Boreo-Atlantika, 
Tropik-Atlantika, Tropik-Indo-Patsifika va Antarktika.
Arktika zoogeografik oblasti. Arktika zoogeografik oblasti Shi­
moliy qutb atrofida joylashgan bo‘lib, to‘liq Shimoliy Muz okeanini 
va bu yerdagi barcha dengizlami o‘z tarkibiga oladi. Faqat Barens
192


dengizining iliq oqimga ega b o ig an janubi-g‘arbiy qismi bu oblastga 
tegishli emas. Mazkur oblastga Oq dengiz va Gudzonov ko‘rfazi ham 
kiradi.
Arktika zoogeografik oblasti tarkibidagi havzalaming suv harorati 
doimo past boiadi va qish oylarida deyarli to iiq muz bilan qopla- 
nadi. Hatto yoz mavsumida ham akvatoriyadagi keng maydonlarda 
suzib yuruvchi muzliklar uchraydi. Oblastga tegishli dengizlarga 
yirik daryolar kelib quyiladi. Shimoliy dengizlaming ko‘pchiligi 
boshqa dengizlardan farq qilib, uncha chuqur emas, suvdagi tuz miq- 
dori okeandagi o‘rtacha tuz konsentratsiyasidan past. Mazkur oblast­
ning hayvonot dunyosiga insonning salbiy ta’sir etish darajasi ham 
nisbatan past. Ammo uzoq muddat va faol ov qilish Shimoliy Muz 
okeanida yashovchi ayrim hayvonlaming sonini kamayishiga olib 
kelganligi to‘g‘risida m aium otlar bor.
Arktika oblastining hayvonot dunyosiga xos boigan asosiy xususi- 
yatlar quyidagilardan iborat: yashash muhitidagi mavjud ayrim no- 
qulayliklar sababli turlar xilma-xilligi kam; qish mavsumida muzlaming 
harakatlanishi qirg‘oq mintaqasidagi organizmlami mexanik nobud qil- 
ganligi sababli, bu yerda tipik qirg‘oq hayvonlari deyarli uchramaydi; 
dengizlaming sayozligi sababli suv ostidagi va uning yuzasidagi harorat 
orasidagi tafovut kam va shu sababli vertikal bo‘yicha faunistik tarkib 
ham kam o‘zgarishga ega; turlar soni kam boiishiga qaramasdan, hay- 
vonlaming umumiy biomassasi va ayrim turlaming zichligi juda yuqori 
ko‘rsatkichga ega. Bu holat yoz oylaridagi uzluksiz yorugiik tufayli 
fitoplanktonning jadal rivojlanishi va ular bilan oziqlanuvchi hayvonlar 
soni va albatta, biomassasining oshishi bilan bogiiq.
Arktika zoogeografik oblastida turli taksonlarga tegishli boigan 
endemik turlar juda ko‘p. Sutemizuvchilardan oq ayiqlar bunga misol 
b o ia oladi. Oq ayiqlar suzib yuruvchi muzliklar va qirg‘oq mintaqa- 
sining doimiy yashovchi turlaridan sanaladi. Endemiklarga kitsimon- 
laming bir necha turlari (qutb yoki Grenlandiya kiti, beluxa va norval 
delfinlari)ni, kurak oyoqlilardan morjlar va xoxlach tyulenlarini ham 
misol qilish mumkin.
193


Oblast uchun xos bo‘lgan qush turlariga kayra, chistik, tupik, qutb 
chigirtchisi, burgomistr baliqchi va boshqalami kiritish mumkin. En- 
demiklardan gagara va oq baliqchi turlari tarqalgan.
Baliqlardan lasossimonlar turkumining ayrim turlari (semga, go- 
lets) keng tarqalgan. Treskasimonlardan sharq treskasi, sayka, omul 
va chir yoki shokur Arktika oblasti uchun endemik sanaladi. Oblast 
uchun tipik va endemik bo‘lgan ko‘pgina hayvon turlari kam sonda 
uchraydi. Ulami muhofaza qilish maqsadida davlat miqyosida va 
xalqaro shartnomalar asosida chora-tadbirlar qo‘llanilmoqda. Uzoq 
yillardan buyon qutb basseynidagi barcha davlatlar tomonidan oq 
ayiqlami muhofaza qilishga qaratilgan o‘zaro shartnoma amal qilib 
keladi. Xalqaro shartnomaga asosan Grenlandiya kitini ovlash ham 
taqiqlab qo‘yilgan.
Boreo-Patsifika yoki Shimoliy Tinch okeani zoogeografik oblasti. 
Mazkur zoogeografik oblast Tinch okeanining shimoliy qismini va 
Bering bo‘g‘ozidan shimolda joylashgan dengizlami o‘z tarkibiga 
oladi.
Boreo-Patsifika zoogeografik oblastida suv yuzasidagi harorat 
Arktika oblastiga nisbatan yuqori va u yil mavsumlariga qarab kuchli 
tebranib turadi. Qishda akvatoriyaning asosiy qismida suzib yuruvchi 
muzliklar paydo bo‘ladi, yozda esa suvning yuza va chuqur qatlam- 
laridagi harorat farqi yaqqol seziladi. Oblast tarkibiga kiruvchi bar­
cha havzalarda tuz tarkibi okean bilan bir xil. Havzalarning asosiy 
qismida suv chuqurligi ancha yuqori, qirg‘oq mintaqasi esa ancha 
keng maydonni egallaydi.
Mazkur oblastda sutemizuvchilardan kalan yoki dengiz qunduzi, 
ko‘k va seldsimon kitlar, tishli kitlardan shimol plavuni, qisqabosh- 
li delfin, dengiz cho‘chqachasi, kurak oyoqlilardan quloqli tyulen, 
dengiz mushugi, haqiqiy tyulen va yo‘l-yo‘l tyulen uchraydi. En- 
demiklarga dengiz qunduzi, quloqli tyulen, dengiz mushugi, dengiz 
cho‘chqachasi va qisqa boshli deffinlar kiradi.
Boreo-Patsifika oblastining omitofaunasi tarkibida Arktikaga 
xos qushlaming ba’zi turlari bilan bir qatorda, ipatka, boltatumshuq,
194


oynakli chistik, moyevka, qoradumli baliqchi, kochurka va boshqalar 
uchraydi. Ulaming deyarli barchasi oblast uchun endemiklardir.
Bu yerdagi xarakterli baliq turlariga lasossimonlarga man­
sub b o ig an oltita endemik tur (keta, gorbusha, nerka, chavicha va 
boshqalar) tegishli. Xuddi shunday Tinch okeani seldi, serdina ivasi, 
bir necha turdagi kambalalar ham oblast uchun xarakterli baliq tur- 
laridan sanaladi.
Qisqichbaqasimonlardan kamchatka krabi va boshqa juda ko‘p 
qisqichbaqasimonlar endemiklardir. Ikki qopqoqli mollyuskalar, 
ninatanlilar, ko‘p tukli chuvalchanglar va bulutlar faunasi biomassasi 
va xilma-xilligi bo‘yicha ustun turadi. Arktikadan Boreo-Patsefika 
oblastiga kitsimonlaming ayrim turlari kirib kelsa, aksincha, Boreo- 
Patsefika oblastidan Arktikaga ayrim chistiksimon qushlar o ‘tib tu­
radi. Har ikkala oblastda mayka baliqchi qushi va Uzoq Sharq navaga 
b alig i keng tarqalgan. Oblastning janubida davriy ravishda Tinch 
okeanining tropik qismiga xos fauna elementlari uchrab turadi.
Mazkur zoogeografik oblastga tegishli havzalaming qirg‘oqlari 
inson tomonidan yaxshi 6‘zlashtirib olingan. Qirg‘oq mintaqalarida 
baliq va boshqa dengiz hayvonlarini yetishtirish hamda ovlash y o ig a
qo‘yilgan. Uzoq Sharq seldlari, lasossimon baliqlar, kambala, quloqli 
tyulenlar, bir necha turdagi kitlar va dengiz qunduzlari asosiy ovlana- 
digan turlardir. Intensiv ov qilish mazkur turlar sonining kamayishiga 
sabab boim oqda. Ayni paytda mazkur zoogeografik oblast hayvonla­
rini muhofaza qilishga qaratilgan xalqaro va regional chora-tadbirlar 
rejalari ishlab chiqilgan.
Boreo-Atlantika zoogeografik oblasti. Boreo-Atlantika zoogeo- 
gfafik oblasti Arktikaning janubini va Atlantika okeanining shimoliy 
qismini egallaydi. Bu oblast fizik-geografik xususiyatlari bilan ko‘p 
jihatdan Boreo-Patsefika oblastiga o‘xshaydi, ammo oblastning shi­
moliy va janubiy qismida suvning yuzasidagi harorat orasidagi farq 
katta emas. Mazkur oblastda absolyut chuqurliklar kam, ba’zi kam 
suvli dengizlarda suvning sho‘rlanish darajasi past (Baltika dengizi). 
Inson faoliyati ko‘pgina qirg‘oq hayvonlarining yashash muhitlariga
195


kuchli ta’sir ko‘rsatgan va barcha ov qilinadigan obyektlarda inson 
faoliyati bevosita namoyon bo‘ladi.
Umuman, oblast faunasi tarkibida xilma-xillik past darajada namo­
yon bo‘ladi. Ko‘pgina turlar zichlik darajasining pastligi bevosita in­
son faoliyatining natijasidir.
Oblastda endemik sutemizuvchilardan biskay kiti, oq biqinli delfin 
va uzun tumshuqli tyulenlar uchraydi. Afalina delfmlarining Qora den­
giz va Atlantika kenja turlari xarakterli turlardan sanaladi. Oblastning 
shimoliy g ‘arbi va Arktikaga chegaradosh qismi uchun Grenlandiya 
tyuleni doimiy odatdagi tur sanaladi. Bu oblastda quloqli tyulenlar va 
morjlar uchramaydi.
Qushlardan klusha baliqchisi, dengiz baliqchisi, gagarka, glupish 
va kichik bo‘ron qushi tarqalgan. Baliqlardan treskasimonlar va seld- 
simonlaming bir necha turlari (merluza, Atlantika treskasi, Atlantika 
seldi, Baltika seldi yoki salaka va boshqalar) uchraydi. Endemik tur- 
larga dengiz minogasi, piksha va Atlantika baqrasi misol bo‘ladi.
Boreo-Patsifika oblastiga qaraganda, Boreo-Atlantika oblastida 
uchrovchi qisqichbaqasimonlar, mollyuskalar va ninatanlilar fauna- 
sining turlar soni va biomassasi sezilarli darajada kam. Qayd etilgan 
har ikkala oblastning shimoliy yarim shardagi mo‘tadil mintaqasida 
taksooomikjihatdan yaqin va hatto bir turga mansub bo‘lgan ko‘pgina 
hayvonlar uchraydi. Masalan, okean seldi har ikkala boreal oblastda 
ham o ‘zaro yaqin kenja turlami, ya’ni Atlantika seldi va Tinch okeani 
seldi kabi kenja turlami hosil qiladi. Hayvonlaming bunday tarqalishi 
amfiboriallik deb yuritiladi.
Tropik-Atlantika zoogeografik oblasti. Tropik-Atlantika zoogeo­
grafik oblasti Atlantika okeanining ekvator bo ‘ у lab ikkala tomonida 
joylashgan havzalami o‘z tarkibiga oladi. Oblastga Atlantika okeani- 
dan tashqari, 0 ‘rta Yer, Sargassov, Karib dengizlari va Meksika 
ko‘rfazi ham kiradi. Bu yerda suvning yuza qatlamida doimiy yuqori 
harorat hukmronlik qiladi hamda suvning yuza va chuqur qatlamlari- 
dagi harorat sezilarli darajada farq qiladi.
1%


Amerikaning sharqiy qismida qirg‘oq mintaqasi ancha keng 
maydonni egallaydi. Oblastdagi deyarli barcha akvatoriyalar okean 
sho‘rlanishiga ega bo‘lib, bu holat hayvonot dunyosining xilma-xil 
boiishiga olib keladi.
Mazkur oblastda bir necha turga mansub kitsimonlar (kashalotlar, 
kosatkalar) tarqalgan, ammo mo‘ylovli kitlar deyarli uchramaydi. Oq 
qorinli tyulenlar va sirenlar turkumiga mansub bo‘lgan lamontinalar 
endemiklar sanaladi. Tropik suvlarda uchrovchi kurakoyoqlilar turku­
miga mansub boigan fregat qushlari doimiy odatdagi turlardan biri- 
dir. Bermud orollarida nayburunli qushlar turkumiga mansub b o igan 
okean qushlaridan faetonlar uya qurishadi. 0 ‘rta Yer dengizi baliqchi 
qushi ham xarakterli turlardan sanaladi.
Tropik-Atlantika oblasti uchun endemik b o ig an sudralib 
yuruvchilarga qachonlardir juda ko‘p sonda Antil orollarining 
qirg‘oqlarida yashagan nomdor dengiz yashil toshbaqasi kenja turi 
kiradi. Bu yerda akula va skatlaming ko‘p turlari tarqalgan. Uchuvchi 
baliqlar, ya’ni sargansimonlar turkumiga mansub boig an endemik­
lar 16 turdan iborat. Baliqlaming turli taksonomik birliklarga mansub 
turlari, jumladan, dengiz okunlari va marjon baliqchalaming bir qan- 
chasi endemik turlardir. Endemiklarga 0 ‘rta Yer dengizi murenasi, 
daryo ugori (faqat Sorgass dengizida ko‘payadi), bir necha turdagi 
dengiz nina baliqlari va dengiz otchalarini ham misol qilish mumkin. 
Oblastda boshqa joylarda ham tarqalgan qisqichbaqasimonlar (kre- 
vetka, langust, omar, krab), mollyuskalar, ninaterililar va boshqa den­
giz umurtqasizlari uchraydi.
Tropik-Indo-Patsifika zoogeografik oblasti. Tropik-Indo-Patsifika 
zoogeografik oblasti dunyo okeanining zoogeografik oblastlari ichida 
eng yirigi sanaladi. Uning tarkibiga asosan 40° shimoliy va 40° ja ­
nubiy kenglikdagi havzalar, ya’ni butun Hind okeani, Tinch okeani­
ning tropik suvliklari hamda Janubi-sharqiy Osiyo va Avstraliya 
oraligidagi dengizlar kiradi.
Mazkur oblastdagi yashash sharoitlari ko‘proq Tropik-Atlanti- 
ka oblastiga o ‘xshab ketadi, ammo Tropik-Indo-Patsifika oblastida
197


qirg‘oq mintaqasi juda katta maydonni egallaydi. Qirg‘oq mintaqa- 
sining katta maydonlari, ayniqsa, Janubi-sharqiy Osiyo va Avstraliya 
oralig‘ida, Hind okeanida, Melaneziyada va Tuamotu arxipelagida 
uchraydi.
Bu oblastda akula va skatlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Uchuvchi 
baliqlaming 40 taga yaqin turlari endemiklardir. Bir necha turdagi tu 
nets baliqlari, arra baliq, yelkanli baliqlar va uzunligi 5 metr, og‘irligi 
700 kg ga yetadigan marlin baliqlari ham mazkur oblast uchun xos 
turlardir. Ayniqsa, marjon riflari biotsenozlarida marjon baliqlari, turli 
tip va sinflarga mansub umurtqasizlar faunasi yaxshi taraqqiy etgan.
Oblastda sudralib yuruvchilardan, dengiz toshbaqalari bilan birga, 
dengiz ilonlari ham uchraydi. Ulardan kurak dumli ilonlar va yassi 
dumlilar avlodlarining ayrim turlari endemiklar sanaladi.
Qushlardan fregatlar va faetonlar xarakterlidir. Amerika 
qirg‘oqlarida Antarktidadan kelib qolgan turlardan sanalgan pingvin 
lar (endemik Galapagos pingvini) uchraydi. Bu yerda albatroslaming 
ayrim turlari (qora yelkali albatros) tarqalgan. Uchib o ‘tishda ingich- 
ka tumshuqli bo‘ron qushi qayd etiladi. Peru qirg‘oqlaridagi Chin 
chu orollarida baliqxo‘r qushlaming uya quruvchi yirik koloniyalari 
joylashgan. Bunday koloniyalarda saqoqush, qoravoy va olushalar 
millionlab uya qurishadi.
Sutemizuvchilardan sirenlar turkumiga mansub dyuganlar (Hind 
okeani, Zond arxipelagi dengizlari, Shimoliy Avstraliya) endemik­
lar sanaladi. K o‘payish mavsumida kashalotlar bu yer uchun doimiy 
uchraydigan odatdagi turlardan biridir. Oblast akvatoriyasida bir ne 
cha turdagi old delfinlar va kul rang deffin doimiy yashaydi. Kosatka 
ham mazkur oblastga xos turlardan sanaladi. Tropik-Indo-Patsifika 
oblastida kurak oyoqlilar uchramaydi. Faqat Janubiy Amerikaning 
janubi-g‘arbiy qirg‘oqlarida janub dengiz fillarining yotoqlari qayd 
etiladi.
Antarktika zoogeografik oblasti. Antarktika zoogeografik oblasti1 
Antarktika materigini hamma tomondan o‘rab oladi va u shimolga 
tomon 60° shimoliy kenglikkacha cho‘ziladi. 
'
198


Mazkur oblastda suvning yuza qatlamida hukmronlik qiluv 
chi past harorat Arktikaga qaraganda ham past darajada namoyon 
bo‘ladi. Qish mavsumida suv yuzasi to‘liq muz bilan qoplanadi va 
umuman, oblast uchun doimiy muzliklar xos. Qish oylarida quyosh 
nurlari ko‘rinmaydi. Sovuq va iliq oqimning qo‘shilishjoylarida suv­
ning doimiy vertikal aralashuvi yuz beradi va bu hodisa suvning yuza 
qatlamlarida nisbatan qulay haroratning pay do bo‘lishiga, uning kis 
lorod bilan boyishiga va oqibatda turlar xilma-xilligining oshishiga 
sabab bo‘ladi. Xuddi shunga o‘xshash holat yer yuzasidagi turli ya­
shash muhitlari, jumladan, suv havzasining quruqlik bilan, yer yuza 
sining atmosfera bilan tutashgan joylarida yoki turli biogeotsenoz- 
laming chegara mintaqalarida ham kuzatiladi. Yoz oylarida dunyo 
okeanidagi chegara mintaqalarda fito va zooplankton yaxshi rivojla- 
nadi va ular ko‘pchilik okean hayvonlari uchun qulay oziqa manbai 
bo‘lib xizmat qilishi bilan bir qatorda, Arktikaning chegara rayon 
larida kitsimonlaming bir necha turlari uchrashini ham ta’minlaydi.
Antarktika zoogeografik oblastida ko‘pchilikni tashkil etuv- 
chi tipik hayvon turlari va-ayrim tropik turlar uchraydi. Bu oblast 
uchun kitsimonlardan mo‘ylovli kitlaming janub va pakana kit tur­
lari' endemik sanaladi. Kurakoyoqlilaming ham ko‘pchilik turlari en 
demiklar bo‘lib, ularga quloqli tyulenlardan sivuch va janub dengiz 
mushugini, haqiqiy tyulenlardan esa asosan pingvinlar bilan oziqla 
nadigan dengiz leopardini misol qilish mumkin. Bu yerda uchrovchi 
Uedella tyuleni, Rossa tyuleni hamda ko‘p sonda uchrovchi va nisbatan 
mayda krabxo‘r tyulen ham endemiklardir. Mazkur oblastda doimiy 
uchrovchi odatdagi tyulen turlaridan yana biri-nisbatan yirik bo‘lgan 
janub dengiz filidir. Uning uzunligi 5,5 metr, massasi 2,5 tonnaga yetadi.
Oblastda uchrovchi endemik qushlarga imperator pingvini, qirol 
pingvini, Adeli pingvini, yirik bo‘ron qushi, кар kaptari va boshqa bir 
necha turlar kiradi. Кар kaptari kamdan-kam hollarda tropik suvlarga 
o‘tib turadi. Subantarktikada bir necha turdagi albatroslar uchraydi. 
Dengiz sudralib yuruvchilari Antarktikaning o ‘zida va o ‘tkinchi suv 
larida uchramaydi.
199


Antarktika oblastidagi baliqlar va umurtqasizlaming turlar soni 
kam, ammo Subantarktika suvlarida ular katta biomassada uchraydi. 
Ularga seldsimonlardan anchousni va bir necha turdagi qisqichbaqa- 
simonlami (Antarktika krili va boshqalar) misol qilish mumkin.
Tinch va Atlantika okeanida hamda Subantarktikaning boreal 
suv-larida o‘zaro qarindosh yoki bir turga mansub bo‘lgan hayvonlar 
tarqalgan. Bularga trigla, sardina, kilka va shu kabi boshqa turdagi 
baliqlami, kurakoyoqlilardan shimol hamda janub dengiz mushuk- 
lari, shimol va janub dengiz fillari kabi o‘zaro yaqin turlami, ba’zi 
kit turlarini kiritish mumkin. Mazkur turlar keng maydonni egallagan 
Tropikada uchramaydi. Bunday hodisa bipolyarlik deb yuritiladi.
Antarktika hayvonot dunyosi va uning yashash muhiti inson faoli- 
yatidan nisbatan kam ziyon ko‘rgan. Ayni vaqtda Antarktida va uning 
qirg‘oq suvlari xalqaro qo‘riqxona maqomiga ega.
Dunyo okeani hayvonot dunyosining muhofazasi. Dunyo Okeani­
ning hayvonot dunyosi va ulaming yashash muhitlari ham Yeming 
quruqlik qismidagi kabi insonning turli faoliyatlaridan u yoki bu da­
rajada ziyon ko‘radi. Ayniqsa, keyingi yillarda insonning dengiz hay- 
vonlariga salbiy ta’sirlarining turlari va ko‘lami kengayishi yaqqol 
sezilmoqda. Bunday ta’sirlar va ulaming oqibatlarini o ‘rganish ul- 
kan maydonni egallagan okean va dengizlaming bioxilma-xilligini, 
mahsuldorligini saqlab qolish, boyitish hamda muhofaza qilishning 
amaliy chora-tadbirlarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega.
Keyingi yillarda dengiz hayvonlarini ovlashda zamonaviy ov qu- 
rollari va texnik asbob-anjomlardan foydalanish, suv ostidan qazilma 
boyliklami qazib olish, harbiy mashqlar, turli chiqindilaming havza- 
larga chiqarib tashlanishi va boshqalar dengiz va okeanlardagi hayot 
muhitlariga, turlar xilma-xilligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
M a’lumotlarga qaraganda, XIX va XX asrlarda dengizlarda ya- 
shovchi m o‘ynali hayvonlar soni tubdan kamaygan. Ular orasida, ay­
niqsa, dengiz qunduzlari jiddiy talofat ko‘rgan va hatto ulami qirilib 
ketgan tur deb hisoblashgan. Ammo 1920-yillaming oxirida ular yana 
qayta topilgan va hozirda xalqaro bitim asosida muhofaza ostiga oliri-
200


gan. Havzalaming ayniqsa neft bilan ifloslanishi, dengiz mushuklari 
uchun haqiqiy xavf tug‘diradi. Muzyorar kemalaming to‘xtovsiz 
navigatsiyasi esa kurakoyoqli hayvonlar yashash muhitlarining buzil- 
ishida asosiy o'rinni egallashi qayd etiladi.
1954-yilda kemalardan to‘kiladigan neft bilan dengizlaming iflos- 
lanishiga qarshi kurashish maqsadida birinchi xalqaro Konvensiya 
ishlab chiqilgan. 1959-yilda AQSH ning Berkli shahrida o ‘tkazilgan 
birinchi Xalqaro Kongress ham ushbu masalaga bag‘ishlangan. Al- 
batta, qayd etilgan yillarda suvning neft bilan ifloslanishi va uning 
oqibatlari bugungiday ko‘pchilikka tanish boim agan. Ammo ke- 
yingi yillarda mazkur masalaga alohida e’tibor qaratilmoqda va ay­
niqsa, neft tashuvchi yirik kemalaming halokati tufayli tez-tez sodir 
boiuvchi hodisalar minglab dengiz hayvonlari ning nobud bo‘lishiga 
olib kelishi endilikda hech kimga sir emas.
Dengiz va okeanlarda ham o‘ziga xos o‘z-o‘zini tozalash tabiiy 
mexanizmi mavjud, lekin mazkur mexanizm juda ko‘p miqdordagi 
organik va sun’iy (plastik) chiqindilami parchalash, zararsizlantirish 
qobiliyatiga ega emas. Dengiz va okeanlardagi tirik organizmlarga 
korxonalaming oqavalari, turli chiqindilar jiddiy xavf tug‘diradi. 
Ulaming tarkibidagi zararli va zaharli moddalar dengiz organizmlar- 
ining nobud bo‘lishiga olib keladi. Dengiz hayvonlarining organizmi 
tekshirilganda, ularda mis, qo‘rg‘oshin, rux va zaharli simob kabi 
elementlar topilgan. Mazkur moddalar oziqa zanjiri orqali inson or- 
ganizmiga ham o‘tishi va uning salomatligiga jiddiy ziyon yetkazishi 
mumkin.
Dengiz va okeanlar ostidan neft qazib olinadigan joylar soni hozir- 
da 28 mingtadan oshib ketgan. 1970-yilda kemalaming halokati va 
boshqa sabablar tufayli dengizlarga 5-10 mln. tonna neft to‘kilgan. 
Ayni vaqtda xalqaro miqyosda dengiz va okeanlami muhofaza qi­
lish yo‘nalishida turli chora-tadbirlar ishlab chiqilgan va bu faoliyat 
hozirda ham davom etmoqda.
XXI 
asrdan boshlab tabiiy resurslar, jumladan, neft va gazga 
bo‘lgan ehtiyoj, uni qazib olish yo‘nalishidagi faoliyatlar yangi
201


bosqichga ko‘tarildi. Davlatlar orasidagi dunyo okeanining shelfini 
tadqiq etish va o‘zlashtirish bilan bog‘liq munosabatlarning keskin- 
lashuvi ostida kundan-kunga zaxirasi kamayib va narxi oshib bo- 
rayotgan nefit hamda gaz qazib olishga bo‘lgan qiziqishlar yotadi. 
Masalaning bunday tus olishi kelajakda dengiz va okeanlaming neft 
va shu kabi boshqa uglevodorodlar bilan ifloslanish ehtimollarini 
yanada oshishiga olib kelishi tabiiy. Bu o‘rinda yoqilg‘idan tejab foy- 
dalanishni yo‘lga qo‘yish, muqobil energiya turlarini yaratish va uni 
rag‘batlantirish hamda xalqaro shartnomalar asosida faoliyat yuritish 
o‘ta dolzarb masalalardan biriga aylanib bormoqda. Mazkur masala- 
da ijobiy natijalarga erishishda xalqaro hamjamiyat va umuman keng 
jamoatchilik faolligini oshirish talab etiladi.

Yüklə 5,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin