Fakuliteti amaliyot hisoboti


«QUVA OLIY NE’MATI” fermer xo’jaligi xarajatlarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati



Yüklə 167,82 Kb.
səhifə2/6
tarix07.10.2023
ölçüsü167,82 Kb.
#152988
1   2   3   4   5   6
“QUVA OLIY NE\'MATI” fermer xo\'jaligi.

«QUVA OLIY NE’MATI” fermer xo’jaligi xarajatlarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati


Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday korxonani asosiy maqsadi foyda olishdir. Ammo ushbu maqsadni amalga oshirish, unga erishish, ishlab chiqarish xarajatlarini miqdori va korxona ishlab chiqaradigan maxsulotga bo`lgan talab bilan chegaralangandir.
Binobarin, ishlab chiqarish xarajatlari foydani asosiy chegaralovchisi va shu vaqt ichida taklif xajmiga ta’sir etuvchi asosiy omildir. Shuning uchun ishlab chiqarish xarajatlarini xisobga olish, uning tarkibini tahlil etish korxona samaradorligini oshirish, undan oqilona boshqarishining muhim shartlaridan biridir. Keling endi xarajatlar masalasiga iqtisodiyot nazariyasidagi mavjud yondashuvlarniko`rib chiqaylik. Mehnat nazariyasiga asosan K.Marks ishlab chiqarish xarajatlarini tovar ishlab chiqarishga sarflar (ish haqi, xom ashyo, yoqilg`i, mehnat qurollariniamortizatsiyasi) sifatida talqin etgan. Undan tashqari ishlab chiqarish xarajatlariga usavdodagi xarajatlarni ham qo`shgan.
Birinchi xil xarajatlarni u ishlab chiqarish,ikkinchi xilini esa muomala xarajatlari deb atagan. Bunda u bozordagi ahvol vaboshqa hollarni e’tiborga olgan. Marks tovarning qiymatini ishlab chiqarish xarajatlaritashkil etadi degan fikrga asoslangan.Firmaning iqtisodiy resurslarga ketgan sarflariishlab chiqarish xarajatlari deb ataladi. Firma faoliyatining asosiy maqsadi–foydaolish va xarajatlarni minimallashtirish. Xarajatsiz hech bir iqtisodiy faoliyat yuzbermaydi. Sarf-xarajat foyda olishning sharti, chunki usiz ishlab chiqarishning o‘zibo‘lmaydi.Ishlab chiqarish xarajatlari deganda tovar va xizmatlarni ishlabchiqarish va sotish bilan bog‘liq bo‘lgan sarflar, ya’ni iqtisodiy resurslarnitopish, xarid qilish va ulardan samarali foydalanish sarflari tushuniladi.Ishlabchiqarish xarajatlari tarkibida moddiy va mehnat sarflari mavjud.
Moddiy sarflarbozor narxida xarid qilingan mashina-mexanizmlar, asbob-uskunalar, binolar,shuningdek, xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilg‘i va energiyasarflaridan iboratbo‘lib, muayyan narxlarda hisoblanadi. Mehnat sarflari–ish haqi,mukofotlar, ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar, tadbirkorni qoniqtiradigan normalfoydadan iborat.
Tovar birligining qiymatiga ishlab chiqarish xarajatlari hamda foyda miqdorikiradi.Ishlab chiqarishga qilingan barcha sarf-xarajatlarning puldagi ifodasimahsulot tannarxini tashkil qiladi.Unga bevosita ishlab chiqarish xarajatlari vamuomala xarajatlari kiradi.Muomala xarajatlari tushunchasi tovarlarni sotishjarayoni bilan bog‘liq bo‘lib, shu tovarlarni ishlab chiqaruvchidan olib,iste’molchiga yetkazilguncha ketadigan sarflardir.
Ular ikki guruhga bo‘linadi:qo‘shimcha muomala xarajatlari va sof muomala xarajatlari.Tovarlarn io‘rash,qadoqlash, saralash, transportga ortish, tashishvasaqlashxarajatlarqo‘shimcha muomala xarajatlari hisoblanadi.Korxonada ishlab chiqarish xarajatlari korxona faoliyati uchun muhim rol o’ynaydi, chunki mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari qancha kam bo’lsa korxona foydasi va rentabelligi shuncha oshadi.Korxona sarf xarajatlari o’z ichiga 1) mahsulot ishlab chiqarish tannarxi, 2) davr xarajat­lari, 3) moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar, 4) favqulotda zararlarni oladi.
Korxonaning mahsulot ishlab-chiqarish maqsadlarida, iqtisodiy resurslar sotib olish uchun qilgan pul sarflari. Firma oʻz faoliyatini bozordan moddiy resurslar, yaʼni asbob-uskuna, dastgohlar, transport va aloqa vositalari, xom ashyo, yoqilgʻi, har xil materiallarni, mehnat bozoridan ish kuchini sotib olishdan boshlaydi. Shunga muvofiq holda ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilgʻi va energiya harajatlari, asosiy kapital amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalar, foiz toʻlovlari va boshqa harajatlar kiradi. Ishlab chiqarish xarajatlariga qilingan barcha harajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxini tashkil qiladi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini oʻrganishga iqtisodchilar turlicha yondoshadilar. Jumladan, harajatlarning qiymat nazariyasiga koʻra, ishlab chiqarish xarajatlari quyidagi turlarga boʻlinadi: doimiy harajatlar: — korxona toʻlov majburiyatlari, soliqlar, amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, qoʻriqlash xizmati harajatlari, boshqaruv xodimlari maoshi va boshqalar; oʻzgaruvchan harajatlar: — xom ashyo, materiallar, yonilgʻi, transport xizmati, ishchilar ish haqi va shu kabilar uchun harajatlar.Umumiy (yalpi) harajatlar — doimiy va oʻzgaruvchan harajatlar yi-gʻindisi. Bevosita ishlab chiqarish xarajatlari — konkret mahsulotishlab chiqarish xarajatlariga ketgan va bevosita uning tannarxiga oʻtadigan harajatlar. Bilvosita harajatlar — mahsulot tannarxiga bevosita qoʻshilmaydigan harajatlar. Oʻrtacha harajatlar — maʼlum vaqt oraligʻidagi mahsulot birligiga, tovarlar partiyasi boʻyicha yoki tashkilotlar guruxi boʻyicha bir buyumga toʻgʻri keladigan harajatlarning oʻrtacha kattaligi. Ekspluatatsiya (foydalanish) harajatlari — uskunalar, mashinalar, transport, ishlab chiqarish xarajatlari vositalarini va kundalik foydalaniladigan xoʻjalik buyumlarini ishlatish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar.




  1. Yüklə 167,82 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin