Fakultet: Ijtimoiy-iqtisod Yo’nalish: Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi Guruh


O'quvchilarga musiqiy merosni o'rgatishda interfaol usullardan foydalanish



Yüklə 181,51 Kb.
səhifə12/15
tarix24.03.2023
ölçüsü181,51 Kb.
#89739
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Toshpo\'latov Baxtinur

O'quvchilarga musiqiy merosni o'rgatishda interfaol usullardan foydalanish
Noan'anaviy dars turlarini ish faoliyatining asosiy shakliga aylantirish xamda ularni maqsadsiz qo'llash mumkin emas. Jahon psixolog-pedagoglarining tadqiqotlarida 21 asr metodlari sifatida ko'rilayotgan interfaol metodlar nafaqat zamonaviy maktablar uchun yuksak malakali o'qituvchilarni tayyorlash vazifasini bajarishda, balki ushbu jarayonni tezlashtirib ta'lim sifatini oshirishga ham sharoit yaratadi. Quyida shu xususda so'z boradi.
«Galeriyani aylanish» metodi. Kichik guruhlarning barcha a'zolariga bita muammo taklif etiladi. Har bir guruh o'zlariga berilgan muammoga belgilangan vaqt ichida fikrlarini yozib, javoblari yozilgan varaqlarini boshqa guruh bilan almashtiradi. Javoblarni olgan ularni baholaydi va tugal bo'lmasa o'z variantlari bilan to'ldiradi. So'ngra guruhlar fikrlari umulashtirilib, eng yuqori ballga arziydigan to'g'ri va mukammal javoblar tanlab olinadi.
«Qor Bo’ron» metodi. Ikkiga ajratilgan guruh talabalari bir muammo yuzasidan eng ko'p to'g'ri javoblar topish maqsadida birgalikda muhokama yuritishadi. Har bir to'g'ri javob yumaloqlangan qor ko'rinishida o'sha guruh hisobiga yozib qo'yiladi; to'plangan umumiy ballar miqdori asosida guruhlar baholanadi.14
«Asalari galasi» metodi. Muammo bitta guruhda yoki ikki kichik guruhlarda muhokama qilinadi. Bunda topshiriqlar har xil yoki butun guruhga bitta bo'lishi mumkin. Guruhlar qo'yilgan muammoni ma'lum muddat muhokama etib, natijani boshqalarga ma'lum qilishadi. Muammo echimining eng yaxshi varianti tanlab olinadi.
«Dumalovchi qor uyumi» metodi. Dumalovchi qor uyumi metodi o'quv mashg'uloti o'tkazish metodining ramziy nomisi bo'lib, ish qo'yilgan muammo ustida mulohaza yuritib ko'rish uchun talabalarga vaqt, tegishli manbaalar, tarqatma materiallar berishdan boshlanadi. Bu metod guruhning xar bir a'zosiga butun guruhning bilimlari va tajribalaridan foydalanib, o'zining keng qamrovli nuktai nazarini bayon etishni nazarda tutadi. Buning uchun talabalar 4 ta kichik guruhlarga ajratiladi. Muhokama kilib chiqish uchun barcha guruhlarga bitta topshiriq beriladi. Har bir kichik guruh topshiriq ustida alohida ishlaydi. So'ngra birinchi bilan ikkinchi va uchunchi bilan to'rtinchi guruhlar muammo ustida birgalikda muhokama yuritishadi. Oxir oqibatda bircha kichik guruhlar birlashib, butun yaxlit guruh bo'lib qo'yilgan muammo echimini hal etishning turli yo'llarini, variantlarini muhokama qilishadi. Bunday muhokama jarayonida talabalarning qo'yilgan muammo yuzasidan bilimlari chuqurlashib, boyib, kengqamrovli bo'lib boradi.
«Sindikat» metodi. Guruh uchta kichik guruhlarga bo'linadi. Bunda taklif etilayotgan topshiriq uch xil nuktai nazardan hal etilish zarur. Masalan, uch noma'lumki, uchta tenglamalar sistemasini echish topshirig'i berilgan bo'lsin, u holda birinchi guruh masalani Gauss, ikkinchi guruh Kramer, uchunchi guruh Matritsa usulidan foydalanib echadi. So'ngra echimlar birgalikda muhokama etilib, umumlashtiriladi.
«Akvarium» metodi. Guruhdan uch talaba ajratib olinib ularga xona o'rtasidagi stol atrofiga o'tirishlari va qo'yilgan muammoni o'n minut atrofida birgalikda muxokama qilishib, fikr bildirishlari so'raladi. Bu uch talaba akvariumdagi baliqlarga qiyos. Atrofda o'tirgan kuzatuvchilar o'ratasidagi talabalarning fikrlarini diqqat bilan tinglab, javoblarni to'g'ri va noto'g'riga ajratib yozib borishadi hamda muhokama paytida o'zlarining qarashlarini bayon etishadi. Etarli darajada fikr bildira olmagan o'rtadagi talabalar o'z o'rinlarini kuchli filer bildirgan kuzatuvchi talabalarga bo'shatib berishadi. Har bir muammo yuzasidan bildirilgan fikrlar talabalar ishtirokida o'qituvchi tomonidan umumlashtiriladi.15
«Raqamli» metodlar. Guruhlardagi talabalarning umumiy sonidan kelib chiqqan holda 4x4x4, 5x5x5, 6x6x6 metodlarining biridan foydalaniladi.


Yüklə 181,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin