O‘pka yiringili-destruktiv kasalliklarining konservativ terapiyasi.
Bu uslub operatsiyaga tayyorgarlik, yoki mustakil davolash usuli bulib, etiopatogegenez omillariga ta'sir etuvchi kuydagi tadbirlarni uz ichiga oladi:
-antibakterial terapiya-kullanuvchi erta tashxis uslublari (ekspress-bakterioskopiya, xromato-mass-spektrometriya ) mikroblarining kaysi guruxga ta'lukligini aniklash va erta maksadga muvofik antibakterial terapiya xamda S.M.Navashina, N.G.Fomina (1982) uslublari buyicha antibiotiklarni optimal birga kushish imkonini beradi. Keyinchalik (2-3 kundan sung) antibakterial terapiya mikroblarining assotsiatsiyasi, noklostridial anaerob va aeroblarning axamiyatini xisobga olgan xolda antibakterial preparatlarni kombinatsiyasi (kupincha aminoglikozid yeki sefalosporinlarni metronidazol bilan) dan foydalaniladi: - dezintoksikatsion terapiya – kuchaytirilgan diurez uslubi. Dilyutanatlar sifatida elektrolit eritmalari, gemodez, reopoliglyukin, glyubkoza eritmalari foydalaniladi. Jaraenning ogir yeki juda ogir kechimida gemosorbsiya, koni UF va lazer nurlari bilan nurlash amalga oshiriladi:
Suv-elektrolit buzulishlarini korreksiya kilish:
- yalliglanishga kashi vostialar (atsetilsalitsil kislotasi 0,5 grammdan kuniga 2-3 marta) yalliglanish shishini kaytarish, mikrotsirkulyasiyani yaxshilash imkonini beradi.
- kon ivish sistemasi va mikrotsirkulyasiyani normallashtirishga yunaltirilgan terapiya. Ma'lumki, UUYYaKda O‘pkaning yalliglanish soxasida mikrotsirkulyasiyanining buzulishi kuzatiladi. Shuning uchun davolash kompleksiga mikrotsirkulyasiyanining buzulishiga Karshi yunaltirilgan vositalari kiritiladi. Shu maksadda antiferment-krioplazma kompleksi (5-6 kun davomida yangi muzlatilgan plazma kuniga 150-300 ml., kontrikal 100 ming yeD, geparin 10-20 ming birlik, konning reologik xususiyatlarini yaxshilovchi preparatlar, antiagregantlar- reopoliglyukin, terntal, ksantinol nikotinat, kurantil) tayinlanadi:
- bronxolitik vositalar:
- immunitetni stimulyasiyalovchi vositalar: Yalliglanish fazasida aktiv immunizatsiya vositalari (stafilokokk anatoksini). Passiv immunizatsiya vositalari (gamma globulin, giperimmun plazma). Regeneratsiya fazasida xujayraviy immunitetni kuchaytiruvchi dekaris, T-aktivinlar kullaniladi.
- umumiy mustaxkamlash terapiyasi – gemotransfuziya, plazma va uning preparatlari, kon oksili urnini bosuvchi infuziyasi, glyukoza konsentratsiyalashgan eritmalari, anabolik prepartalar, vitaminlar.
- yurak – tomir vositalari:
- antioksidant ximoya- tokoferol atsetat, unitiol, moda almashunuviga ta'sir kiluvchi, tukimalarni regenaratsiyasi va reparatsiyasini yaxshiluvchi vostialar – metiluratsil, pentoksil, kaliy orotat.
- surulishni, nozik chandik xosil bulishni ta'minlovchi preparatlar – lidaza, ron idaza. Ushbu preparatlari regeniratsiya, epitelizatsiya va chandik xosil bulishi fazalari ta'inlanadi.
UUYDKda yalliglanish soxasida preparatlarni yukori konsentratsiyasini vujudga keltirmok davolashni muxim shartlaridan biridir. Bu kasalliklarda angiopulmonografiya va bronxoarteriografiya natijalari yalliglanish soxasida O‘pka arteriyasi sistemasi buylab batomom kon okimi tuxtashi yeki kamayishini tasdiklaydi. Shikastlangan O‘pka tukimasining xaet faoliyati bronxial sistemasi buyicha kon okimining aktivlashuvi xisobiga tutib turiladi. Bu xollarda davolash preparatlarining bronxial arteriyaga uzok regionar infuziyasi samarali natijasini beradi.
2 komponent – maxalliy sanatsiya. Bu kuyidagilarni ichiga oladi:
1) traxeo-bronxial daraxtning sanatsiyasi. Dori-darmonlarni traxeo-bronxial darax torkali yuborish: mikroorganizmga ta'sir kilish, yalliglanishga karshi, balgamni suyuklantirish va ajratish maksadida traxeo-bronxial daraxtni burun orkali kateterlash, mikrotraxeostomiya va bronxoskopiya yullari b-n bajariladi. Dori-darmonlar tarkibi: 2% 2,0 natriy bikarbonat, mikroorganizmning sezuvchanligiga karab ABlar, antiseptiklar (dioksidin, furagin), balgamni suyultiruvchilar (mukosalvin 10% -1,0), proteolitik fermentlar (tripsin,xemotripsin 10-15 mg), bronxolitiklar (eufillin 0,24 % -1,0, novodrin 0,5% - 0,5), gormonlar (gidrokortizon 25-50 mg).
2) abssess bushligi va plevra empiemasini sanatsiyalash – burun orkali bronxoskopiya yerdamida abssess bushligini kateterlash, transtorakal kateterlash, torakotsentez aktiv aspiratsiya Bilan, yiringli bushlikni yuvish. Bularning xammasi nafas olishni yaxshilanishiga, intoksikatsiya belgilarini kamayishiga va klinik – rentgenologik belgilarni tez orada yaxshilanishiga olib keladi.
UUYDKda bajariladigan kata jarroxlik amalietlari: lobektomiya, bilobektomiya, pulmoektomiya. Jarroxlik amalietlari kursatmalar: O‘pkadan kon ketish asorati yeki 5-7 sutka davomida (bir taraflama jaraenda) utkazilgan kompleks davolashning effektsizligi.
Utkir O‘pka abssessi xar doyim xam tuzalmaydi: u surunkali kechimga utishi mumkin, unda klinik kechim remissiya va xurujlardan iborat buladi. Doimiy simptomlarda biri – xar xil mikdordagi yiringli balgamli yutal. Xuruj vaktida balgam mikdorim kupayishi mumkin va kulamsa xidli buladi. Surunkali intoksikatsiya balgam bilan oksil yukolishi, gipoproteinemiya, anemiya, ozish, darmonsizlik, kukrak kafasida ogriklar va taxipnoe kuzatiladi. Kurikda terini okarishi, ogizdan kulansa xid, yuzni shishishi, kul-barmoklarni uzgarishi (dumbara taekchalari) aniklanadi. Fizikal tekshiruvda : perkussiyada – tovushni kiskarishi, auskultatsyiyada – xul xirillashlar, bronxial nafas amforik belgi bilan. Kon analizida – leykotsitoz (neytrofilez), leykotsitar formulaning chapga siljishi, anemiya, gipoproteinemiya, disproteinemiya. Rentgenologik tekshiruvida – anik ichki konturli yumalok bushlik, suyuklik satxi bilan, perifokal infiltratsiya. Bronxoskopiyada chegaralangan yiringli endobronxit (drenajlovchi bronxda). Bronxosgrafiyada bir yeki bir necha bronx bilan boglangan yumalok bushlik. Surunkali abssesslarda radikal amalietlar bajariladi (segmentektomiya, lobektomiya, bilobektomiya, pulmoektomiya). Jarroxlik amalieti uchun karshilik kursatmalar: jaraenning ikki taraflamaligi, karilik, xamrox kasalliklar.
Bronxoektatik kasallik – O‘pka bronxlarining surunkali yalliglanishi bulib ularning kengayishi, ularning devorlaridagi elastik va mushak komponentlarining dekstruktiv uzgarishidir. Kelib chikish sababi – O‘pka bronx apparatining tugma nuksonlari, shuningdek bronx yalliglanishi, undagi yed jisim va xokazo.
Klinika: O‘pka-bronx infeksiyalarining xurujlari, yutal, yiringli balgam ajratish, tez-tez nafas olish, kuchsiz mexnatda xansirash, kon tuflash, intoksikatsiya belgilari. Auskultatsiyada shikastlangan tarafda xul, mayda pufaklik xirillash eshitiladi. Rentgenologik tekshiruvida – fibroz maydoni, ildiz strukturasinining uzgarganligi aniklanadi. Bronxoskopiya – diffuz yeki chegaranlangan endobronxit, bronxlarning distal kengayganligi (Sulya belgisi). Bronxografiyada – bronxning silindrik kopsimon, kistasimon va aralash kengayishi aniklanadi. Bronxlarning lokal uzgarishlarida kuyidagi operatsiyalari bajariladi: segmentektomiya, lobektomiya, bilobektomiya, pulmoektomiya. Tarkalgan bronxoektazlarda konservativ davolash kursatilgan.
Urta bulak sindromi- urta bulakning surunkali yaliglanishi. Bu kasalik urta bulak bronxining maxsus natomik tuzilishi bilan boglikdir va O‘pka fasodlari ichida 20-26% tashkil etadi. Bronx atrofidagi limfa tugunlari kattalashishi natijasida urta bulak ateletktazi vujudga keladi va yalliglanadi.
Klinikasi – yiringli balgam bilan yutal, kor tupirish, tez tez nafas olish, intoksikaksiya belgilari. Aoskultatsiyada-urtu bulak proeksiasida kata va urta xirilashlar aniklanadi. Rentgenologik tekshiruvda-urta bulak atelektazi kurinadi. Bronxoskopiyada shu bronx utkazuvchanligi buzulgan xolatda, sikilish natijasida chegaralangan yiringli endobronxid. Bronxografiyada-urta bulak bonxning «chultogi» aniklanadji. Davolash-aperatsiya yuli bilan : urta bulak rezeksiyasi. Operatsiyaga karshilik kursatuvchilar: karilik, xamrox kasalliklar va x.k.
O‘pkaning kistoz gipoplaziyasi (poliktistoz)- bu O‘pka parinximasining, bronxning va kon tomirlarining tugma yetishmovchiligi natijasida kistoz bushliklarining paydo bulishidir. Klinik manzarasi surunkali O‘pka destruktiv kasaliklari klinikasiga xosdir. Rentgenologik, bronxografik, bronxoskopik va angeopulmonografik tekshiruvlari asosida tashxis kuyiladi.
Davolash operativ bulib: libiktomiya, pulmonektomiya. Konservatif davolash operatsiyasidan oldiniga tayyorgarlik sifatida va operatsiyaga karshilik kursatuvchilar (karilik, xamrox kasalliklar va x.k.)
Adabiyotlar
I. Asosiy:
1. Xirurgik kasaliklar. Sh.I.Karimov, Toshkent, 2005.
2. Xirurgicheskie bolezni. Sh.I. Karimov, Tashkent, 2005.
3. Chirurgik kasalliklar. Sh.I. Karimov. Toshkent, 2011.
4. Xirurgik kasaliklar. Sh.I.Karimov, N.X.Shamirzaev, Toshkent, 1995.
5. Xirurgicheskie bolezni. Pod red.M.I.Kuzina., Meditsina, 2002.
6. Metodicheskoe posobie po gospitalnoy xirurgii. Nazыrov F.G. s soav.Tashkent 2004g.
7. Klinicheskaya xirurgiya. Pod red. Pansыreva Yu.M. M. «Meditsina», 1988
8. Vorobev A Spravochnik prakticheskogo vracha v 3x tomax. 1990
9. Konden R., Neyxus L. Klinicheskaya xirurgiya Moskva. Praktika 1998
10. Nazirov F.G., Denisov I.I., Ulugbekov E.G. Spravochnik-putevoditel praktikuyuщego vracha. Moskva, 2000.
11. Petrovskiy B.V. red. Rukovodstvo po xirurgii (v 12 tomax) M. Meditsina 1959-1966.
Dostları ilə paylaş: |