Fakultеti 21/05- guruhi talabasi


Qo’l to’pi o’yinida chalg’itish harakatlari



Yüklə 406,66 Kb.
səhifə5/8
tarix04.05.2023
ölçüsü406,66 Kb.
#107238
1   2   3   4   5   6   7   8
Raxmanov Dilshad

Qo’l to’pi o’yinida chalg’itish harakatlari.


  • Chalg’itish harakatlarini to’psiz va to’p bilan bajarish mumkin. To’psiz chalg’itishlardan to’pni tekis, uni qarshiliksiz qabul qilish uchun himoyachilarning yaqinida turganda ta’qibdan qutulish maqsadida ko’proq foydalaniladi.

To’pni uzatishda otishni, yerga urib yurishni qarshiliksiz bajarish uchun to’p bilan chalg’itishlarda qo’llaniladi.
Ikki va undan ortiq usullardan tashkil topgan to’pli yoki to’psiz chalg’itishlar oddiy va murakkab ikki turlarga bo’linadi. Bir harakatdan ikinchi harakatga o’tishda qancha kam vaqt sarflansa, raqibni aldab o’tishga shuncha ko’p imkoniyat yaratiladi.
To’pni uzatishda usullarni o’zgartirishda to’p yo’nalishini va to’p uzatishda, to’xtab qolish paytlarda chalg’itishlar ko’p qo’llaniladi. Eng ko’p tarqalgan chalg’itish – bu to’pni otmoqchi bo’lgan hujumchiga peshvoz chiqayotgan himoyachilarning yo’lini to’sishlarda qo’llaniladi.
-To’siq hujumchilarning himoyachilardan qutulishi uchun qo’llaniladigan foydali vositadir. Qo’l to’pi o’yinida to’siqlar yakka holda va guruhli holda qo’yilishi mumkin. Guruhli to’siq qo’yish 9 metrli erkin to’p tashlash chizig’idan to’p otishda ko’p qo’llaniladi, bu bir necha o’yinchining bir-biriga yaqin turib to’pni egallamoqchi bo’lgan hujumchiga peshvoz chiqayotgan himoyachilar yo’lini to’sishdan iboratdir.
Himoya o’yini texnikasini o’rgatish. Himoya o’yini texnikasiga to’pni olib yurish, urib qaytarish, to’siqni buzish va darvozabonning to’pni ushlab olishlari kiradi.
Dastlabki holatda to’g’ri turish himoya harakati tayyorgarligiga zamin yaratadi. Yon tomonlarga erkin harakatlanish va orqa bilan yugurib ilish himoyachi harakatining muhim qismidir.

O’yinida to’pni olib qo’yish usullari.


    • To’pni olib qo’yish usuli yordamida jamoaning qarshi hujumga o’tishi ta’minlanadi.

    • To’pni urib chiqarish harakati to’p olib yurgan hujumchi bilan kurashda bajariladi. Himoyachi qulay payt poylab hujumchiga yaqinlashadi, to’pni urib chiqaradi va uni egallashga harakat qiladi.

    • To’pni to’sish darvozaga yo’naltirilgan to’pga qarshilik ko’rsatishda qo’llaniladigan asosiy harakat hisoblanadi.

Yuqoridan, o’rta va pastdan kelayotgan to’pni bir va ikki qo’l bilan to’sish mumkin. To’pni to’sishni bajarayotgan himoyachi hujumchiga qanchalik yaqin bo’lsa, to’p yo’nalishini aniqlash shunchalik oson bo’ladi. Himoyachi to’pni ushlashga tayyorlanishda diqqat bilan hujumchini, shuningdek to’pni kuzatish va to’p otayotgan o’yinchini o’z vaqtida to’xtatish uchun uning oldiga chiqishi lozim.
Sakragan holda otilgan to’pni to’sish raqib tomonidan ham sakrab amalga oshiriladi.

Yüklə 406,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin