Fakultеti 21/05- guruhi talabasi



Yüklə 406,66 Kb.
səhifə1/8
tarix04.05.2023
ölçüsü406,66 Kb.
#107238
  1   2   3   4   5   6   7   8
Raxmanov Dilshad




O ’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TALIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


URGANCH DAVLAT UNIVЕRSITЕTI
«
Jismoniy madaniyat»
fakultеti
21/05-
guruhi talabasi
Raxmanov Dilshad
ning
« Sport mahoratini oshirish”
»»fanidan
tayyorlagan




kurs ishi



Mazu: Gandbol o‘yinida harakatlanish texnikasini o‘rgatishni takomillashtirish
Urganch 2023


I.Kirish
II.Asosiy qism
2.1 Qo’l to’pi o’yini texnikasi va taktikasi.

2.2 Qo’l to’pida o’yin texnikasi.

2.3 Qo’l to’pida hujum va himoya texnikasi.


III. Xulosa
IV.Adabiyotlar ro’yxati
KIRISH
O’zbekistonning mustaqilligi va istiqboli yo’lidagi barcha islohotlar negizidagi tashkiliy, madaniy, sog’liqni saqlash, ta’lim- tarbiya, sport va boshqa shu kabi muhim tadbirlar bugungi kunning asosiy vazifalariga aylanmoqda.
«Ta’lim to’g’risida»gi Qonun (1997 y.), «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» (1997 y.), «Sog’lom avlod» davlat dasturi, «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi qonun (2000 y.) hamda ular bilan bevosita bog’liq bo’lgan qarorlar, farmonlar va nizomlarda o’quvchi-yoshlarni ma’naviy va jismoniy barkamolligini tarbiyalash kasb-hunarni egallashda zamonaviy bilimlar berish kabi muhim masalalar o’z ifodasini topgan.
Qabul qilingan qarorlar va qonunlarda kelajak avlodlarning jismoniy va aqliy barkamolligini ta’minlash yo’llari ochib berilmoqda. Yoshlarning jismoniy tayyorgarligi, qobiliyati, qiziqishiga qarab sport turlari bo’yicha turli xil mashg’ulotlar, musobaqalar o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Shu sababli, jismoniy tarbiya va sport bilan ommaviy ravishda shug’ullanish o’quvchi- yoshlar va talabalarning kundalik ehtiyojiga aylanmog’i zarur. Shu bilan birga, u o’quvchi-yoshlarni har tomonlama rivojlantirishda, sog’lom turmush tarzini shakllantirishda, ularni barkamol inson bo’lib yetishishiga asosiy omil bo’lib xizmat qiladi.
Qo’l to’pini o’rgatish uzluksiz ta’lim tizimining deyarli barcha bosqichlarida, jumladan, umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya mashg’ulotlarining doimiy tarkibiy qismi sifatida o’rgatish va o’rganish nazarda tutiladi.

Ushbu kurs ishida qo’l to’pi o’yinining texnikasi, texnologiyasi, qoidalari, ishtirokchilarning harakatlanishlari, to’pni uzatish va qabul qilib olish usullariga oid va hakamlik qilish talablari to’g’risida zaruriy dastlabki ma’lumotlar keltirilgan bo’lib, ularni o’rgatish uslublarini takomillashtirib borish ushbu qo’llanmaning asosiy maqsad va vazifalaridan hisoblanadi.


Qo’l to’pi o’yini hozirda umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus, kasb-hunar kollejlari va oliy o’quv yurtlarida doimiy ravishda o’rgatiladigan sport o’yinlaridan hisoblanadi. Ammo, uni uzluksiz ta’limning turli bosqichlarida yoshlarning o’ziga xos xususiyatlariga mos holda o’rgatish uslublari to’liq holda yaratilgan. Ushbu qo’llanmada qo’l to’pi o’yining texnikasi, ishtirokchilarning harakatlari, to’pni uzatish va qabul qilib olish va musobaqalarni o’tqazishni rejalashtirish va tashkil qilishga doir dastlabki ma’lumotlar keltirilgan.





Yüklə 406,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin