Qishloq xo’jaligini maxsulotlarni saqlash, qayta ishlash va mexanizatsiya kafedrasi mudiri, dotsent: S.Ishimov
Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti Meva – sabzavotchilik va texnologiya fakulteti “Qishloq xo’jaligini mexanizasiyalashtirish” ta’lim yo’nalishi 4-kurs talabasi Bobomurodov Sardor Sodiq o’g’lining ilmiy ishlari to’g’risida
K A F E D R A I L M I Y X U L O S A S I Bobomurodov Sardor Sodiq o’g’li 2020- yil sentabr oyidan Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutining Meva – sabzavotchilik va texnologiya fakulteti “Qishloq xo’jaligini mexanizasiyalashtirish” ta’lim yo’nalishida shartnoma asosida tahsil olib kelmoqda. Bobomurodov Sardor Sodiq o’g’li o’zining tengdoshlari orasida odob axloqi, mehnatsevarligi, tirishqoqligi, tashkilotchiligi va ilmga bo’lgan ishtiyoqi bilan ajralib turadi. U nafaqat institut miqyosida balki Respublika miqyosida o’tkaziladigan tadbirlar va tanlovlarda ham muntazam ishtirok etib kelmoqda.
Bobomurodov Sardor Sodiq o’g’li institut doirasida keng yo’lga qo’yilgan “Ustoz-shogird” an’analarini davom ettirigan holda, ilmiy rahbari X.Ismoilov bilan birgalikda “G’o’za qator oralariga ishlov berishda mintaqaga asoslangan holda yoqilg’i sarfini ishlab chiqish”mavzusidagi ilmiy izlanishlarini tizimli ravishda olib bormoqda. U institutimizda va jamoat tashkilotlarning tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan seminar va konferensiyalarda faol ishtirok etib kelmoqda. O’z ilmiy ishini tadbiq etish jarayonida olingan yangiliklarni to’plab maqolalar holiga keltirmoqda. Hozirgi kungacha o’z maqolalarini Respublika va chet el jurnallarida chop etib kelmoqda.
Bobomurodov Sardor hozirgi zamonaviy axborot texnologiyalaridan, internet xalqaro axborot tarmog’idan foydalanish bilim va ko’nikmalarini puxta egallab, institut hayotida faol talabalardan ekanligi, qolaversa, hozirdanoq ilmiy ishi ustidagi faoliyatini hisobga olib, bugungi kunning iqtidorli talabalariga qo’yilgan talablariga mos keladigan talaba sifatida, “Islom Karimov ” nomidagi davlat stipendiyasi tanloviga nomzod sifatida tavsiya qilaman.