Qishloq xo’jaligini maxsulotlarni saqlash, qayta ishlash va mexanizatsiya kafedrasi mudiri, dotsent: S.Ishimov Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti Meva – sabzavotchilik va texnologiya fakulteti “Qishloq xo’jaligini mexanizasiyalshtirish” ta’lim yo’nalishi 4-kurs talabasi Bobomurodov Sardor Sodiq o’g’liga T A V S I Y A N O M A
Iqtidorli talaba Bobomurodov Sardor Sodiq o’g’li 2020-yil sentabr oyidan Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutining Meva – sabzavotchilik va texnologiya fakulteti “Qishloq xo’jaligini mexanizasiyalashtirish” ta’lim yo’nalishiga shartnoma asosida qabul qilindi.
Bobomurodov Sardor kursdoshlari orasida o’zining odob axloqi, mehnatsevarligi, tirishqoqligi, tashkilotchiligi va ilmga bo’lgan ishtiyoqi bilan ajralib turadi. U nafaqat institutda balki viloyat, respublika miqyosida o’tkaziladigan tadbir va tanlovlarda ham muntazam ishtirok etib kelmoqda.
Bobomurodov Sardor institut va jamoat tashkilotlarning tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan seminar hamda konferensiyalarda faol ishtirok etib keladi.
Talaba institut doirasida keng yo’lga qo’yilgan “Ustoz-shogird” an’analariga binoan “G’o’za qator oralariga ishlov berishda mintaqaga asoslangan holda yoqilg’i sarfini ishlab chiqish”mavzusidagi ilmiy izlanishlarini “Qishloq xo’jaligi maxsulotlarni saqlash, qayta ishlash va mexanizatsiya” kafedrasi assistenti X.Ismoilov bilan birgalikda olib bormoqda.
O’z ilmiy ishini tadbiq etish jarayonida olingan yangiliklarni to’plab, maqolalar holiga keltirgan holda respublika va chet el jurnallarida chop etib kelmoqda. U hozirgi zamonaviy axborot texnologiyalaridan hamda internet xalqaro axborot tarmog’idan foydalanish bilim va ko’nikmalarini puxta egallagan.
Bobomurodov Sardor Sodiq o’g’lini institut hayotida faol talabalardan ekanligi, qolaversa, hozirdanoq ilmiy ishi ustidagi faoliyatini hisobga olib “Islom Karimov” davlat stipendiyasi tanloviga nomzod sifatida tavsiya qilaman.
“Meva - sabzavotchilik va texnologiya”