3.Falsafaning predmeti va asosiy mazmuni. Falsafa tushunchasi, uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Falsafa va fanning mutanosibligi va farqi . «Falsafa» tushunchasining kelib chiqishi. Har qanday noma’lum so‘z mazmunini uning etimologiyasidan, ya’ni u qachon, qanday va nima uchun yuzaga kelganini aniqlashdan boshlash o‘rinli bo‘ladi.
Falsafa Sharq xalqlari ijtimoiy tafakkurida «donishmandlikni sevish» degani mazmun bilan birga, olam sirlarini bilish, hayot va insonni qadrlash, umr mazmuni hakidagi qarash va hikmatlarni e’zozlash ma’nosida ishlatilgan.
4.Falsafaning jamiyat hayotidagi o‘rni va asosiy vazifalari Falsafani o‘zining vujudga kelishi qadimgi zamon urug‘doshlik tuzumining inqirozi natijasida shakllangan jamiyatning ehtiyojlari bilan bog‘liq. Aqliy va jismoniy mehnatning bo‘linishi, davlatchilikning paydo bo‘lishi, ijtimoiy tabaqalanish, ishlab chiqarishning murakkab turlarining vujudga kelishi, Fanlarning yuzaga kelishi, bilish va ijtimoiy amaliyotda sifat jihatidan yangi ehtiyojning tug‘ilishi - bularning hammasi ob'ektiv borliqda yangi yondoshuv – falsafani shakllanishiga olib keldi. Falsafa o‘z funksiyalari (dunyoqarash, tanqidiy, metodologik, aksiologik, bashoratlash, sintetik)ni amalga oshirishda jamiyatda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ijtimoiy-tarixiy jarayonlarning rivojlanishiga ta'sir ko‘rsatadi.
2-MAVZU: FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTIBOSQICHLARI: SHARQ FALSAFASI
REJA:
1.Qadimgi Bobil, Misr,Hindiston va Markaziy Osiyo falsafiy tafakkuri. lk falsafiy taʼlimotlar qad. Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo va Yunonistonda paydo boʻlgan, keyin Gʻarb mamlakatlariga yoyilgan. Qad. Hindistondagi falsafiy maktablar 2 turga bulinib, biri vedalaraxm kelib chiqqan va ularga suyanuvchi maktablar (vedanta, yoga, vaysheshika, nyaya, sankxya), ikkinchisi vedalarni rad etuvchi maktablar (jaynizm, buddizm, lokoyata) x, isoblanadi. Qad. Xitoydagi dastlabki falsafiy taʼlimotlar miloddan avvalgi 7-asrda vujudga kelgan. U Qad. Xitoy yozma manbalarida uchrab, bu manbalarga „Qoʻshiqlar kitobi“, „Bahor va kuz“ kabi qad. yodgorliklar va Konfutsiynnng „Aforizm“larini, daosizmni kiritish mumkin.
Markaziy Osiyodagi falsafiy qarashlar qad. turkiy yozuvlar, tangriga eʼtiqod qilish tamoyillarida va zardushtiyli kning muqaddas kitobi Avestodya oʻz ifodasini topgan