diy dunyoni yaratishi mumkin emas, deb hisoblaydilar. Gnostik-
lar tomonidan e’lon qilingan darveshlik (asketizm) o‘rta asrlarda
monaxchilikning vujudga kelishiga sabab boldi.
Apologetlar xristianlik tarixida I va III asrlarda vujudga keldi.
Apologetika so‘zining lug‘aviy ma’nosi «himoya qilish» — de-
makdir. Apologetlar hukumatning xristianlikka bo‘lgan dush-
manligini
bartaraf qilishga, Rim davlatining xristianlikni ta’qib
qilishi hech qanday oqlashga loyiq emasligini isbotlashga harakat
qilganlar, o‘z asarlarida mushriklik (ko‘p xudolik) adabiyotlari-
dan olingan bahslashish (dialog) shaklidan, yoki apologetikaning
mumtoz shaklidan foydalanganlar. Apologetlar asarlarida ikki
an’ana yaqqol sezilib turadi. Ya’ni inkor qilish va tasdiqlash. Ular
eng avval mushriklar tomonidan xristianlikka qo‘yilgan ayblar —
g‘ayriodatiy
harakatlar, dabdababozlik kabilarni inkor qilganlar.
Xristianlikning sofligini esa tasdiqlaganlar. Bu sohada Yustin-
ning «Birinchi apologeya», «Ikkinchi apologeya» asarlarini, Tu-
lean va Anaksagor kabi faylasuflar faoliyatini ta’kidlash lozim.
«Patristika» so‘zi «ota» («padre») so‘zidan kelib chiqqan. Bu
nom bilan odatda G ‘arbda yepiskoplarni ularga hurmat sifatida
ataganlar. Mashhur bolgan cherkov otalaridan biri loan Zlatoust
(347—407) edi. Uning 640 ta da’vatlaridan ko‘pchiligi avliyo Pavel
nomalarining sharhi edi. Uning asarlarida Injilni amaliy qollash
sof axloqiy masalalar bilan qorishib ketgan.
G ‘arbda eng yirik cherkov otalaridan biri «Рок» degan unvon-
ga sazovor bolgan Avreliy Avgustin (354—430) bolib hisoblanadi.
U faylasuf va islohiyotchi bolgan. Avgustin o‘z
hayotini yepis-
koplikka, tadqiqotchilikka, adabiyotga baglshlaydi. U 100 ga
yaqin kitob, 500 ta da’vat va 200 ga yaqin nomalar yozadi. Uning
o‘sha davrdagi eng mashhur asarlaridan biri «Siglnish» 401-yilda
yozilgan. Bu asarda u o‘zining xristianlikkacha bolgan hayotini
yozadi. Unda Tavrot oyatlari ramziy — timsoliy bayon qilinadi.
U mushriklik falsafasini qoralaydi. Uningcha, bu falsafa insonni
xristian dinichalik hech mahal haqiqatga olib kelmaydi. Avgustin
bahs shaklida boshqa (dialog) falsafiy asarlar ham yozgan.
«Sxolastika» so‘zi yunoncha «shkola»dan («shola»)
olingan
bolib, «o‘qish joyi», «maktab» ma’nolarini anglatadi. Buyuk Karl
70
saroyida o‘qituvchilik qilganlarni, yoki umuman saroy maktabi-
dagi o'qituvchilarni sxolastlar deb ataganlar. Shuningdek, dinni
o‘rganishda falsafani tatbiq qilgan o‘rta asr olimlarini ham sxolast
lar deb ataganlar. Sxolastikani ma’lum
darajada ilohiyotni aqlga
moslashtirish, dinni tafakkur yordamida quwatlashga bolgan
intilish deb ham baholash mumkin. 0 ‘sha davrda ilohiyotni
muqaddas kitoblar aqidalari asosida emas, balki falsafiy nuqtayi
nazardan tadqiq qilish taqozo qilinardi. Sxolastlarning maqsadi
e’tiqod aqlga muvofiqmi degan savolga javob berish bolgan.
Dostları ilə paylaş: