ga oshirilayotgan ishlar sog‘lom va barkamol
avlodning jismoniy
go‘zalligi, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgandir.
Zero, jamiyatda soglom turmush tarzini qaror toptirishda jis
moniy madaniyat muhim ahamiyat kasb etib, insonning barcha
tabiiy va ijtimoiy qobiliyatlarini ro‘yobga chiqaradi, uni ma’nan
yuksaltirib ezgu ishlarga safarbar etadi.
Bu yerda gap professional
sportchining jismoniy madaniyatiga oid talablar haqida emas,
balki tabiiy harakatchanligi, kelishgan qaddi-qomati, jismoniy
fazilati bilan ajralib turuvchi soglom inson haqida bormoq
da. Binobarin, soglomlik bebaho boylik, moddiy va ma’naviy
ne’matlar yaratish asosi, oliy qadriyat
sanalgan inson kamolo-
tining tarkibiy qismidir. O'zbekiston Respublikasining Prezidenti
Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, «Jismoniy tarbiya va sportni
rivojlantirish aholi salomatligini ta’minlashning muhim omili
bolib, awalo, yoshlarni soglom va
barkamol etib tarbiyalashda
beqiyos ahamiyatga ega»1.
Ma’naviy va jismoniy soglom inson ijodiy qobiliyatlarini
ro‘yobga chiqarish imkoniyatlariga ega, kayfiyati yuqori,
ijodkor
boladi. Bu narsa uning nafaqat jismoniy mehnat sohasi, balki
estetik qadriyatlarni yaratishdagi faolligida ham ko‘zga tashlanib
turadi. Mustaqillik yillarida mamlakatda
jismoniy tarbiya va
sportni rivojlantirish davlat ahamiyatiga molik vazifa etib bel-
gilandi. 1998-yil 6-sentyabrda Toshkentda 28 davlat vakillari
Kurash xalqaro assotsiatsiya (KXA)ga asos solishdi. 0 ‘tgan yillar
davomida 711 ta sport inshooti qurilib,
bolalar ixtiyoriga top-
shirildi, ularning 161 tasi yangidan bunyod etildi, qurilish-tik-
lash ishlariga 9,8 milliard so‘m, ularni zamonaviy asboblar bilan
jihozlashga 1,7 million AQSH dollari miqdorida mablag‘ ishlatil-
di. Birgina 2008-yilning o‘zida kasb-hunar va
akademik litseylar
qurish uchun 382,4 mlrd so‘m sarflandi. Jahonning eng zamo
naviy stadionlari bilan tenglasha oladigan «Bunyodkor» stadioni
ham 0 ‘zbekistonning sportga bolgan munosabatining yorqin na-
munasidir. Mustaqillik yillarida 0 ‘zbekistonda jismoniy tarbiya va
Dostları ilə paylaş: