Falsafa asoslari



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/221
tarix25.09.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#148418
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   221
Falsafa asoslari

Fransuz falsafasi. 
0 ‘rta asrlardagi Yevropa falsafasi taraq- 
qiyotida Fransiyada shakllangan milliy falsafa maktabi nihoyatda 
katta o‘rin tufadi. Bu borada R. Dekart, Volter, Lametri, Gelvet- 
siy, Didro, Golbax va Russolarning qarashlari nihoyatda muhim.
R. Dekart (1596—1650) falsafasida dualizm asosiy o‘rin tuta­
di. Uning fikricha materiya va ruh borliqning asosida yotadi va 
xudoga bo‘ysunadi. Olam, Dekart fikricha cheksiz va abadiy, 
u inson tafakkuriga bog‘liq bolmagan holda rivojlanadi va ta- 
komillashadi. R. Dekartning «Men fikr qilayapman, demak men 
mavjudman» degan fikri faylasuflar orasida mashhurdir. Bilishda 
fikr va sezgilarning ahamiyatini nihoyatda ortiqcha deb bilgan 
R. Dekart ratsionalizm ta’limotining asoschisi bolib hisoblanadi. 
Uningcha insonning fikrlashi va mulohaza qilishi shubha ostiga 
olib bolmaydigan jarayondir, undan boshqa hamma narsani tek- 
shirish shubha ostiga olish mumkin. Dekart o‘sha zamonning 
eng buyuk matematiklaridan biri bolib, o‘z davrida aniq fanlar 
sohasida katta ahamiyat kasb etgan deduksiya usulini falsafaga 
kiritgan olim hisoblanadi.
78


Lametri va Gelvetsiy, Didro va Golbax o‘z davrida fransuz 
hayotida nihoyatda katta ahamiyatga ega bolgan milliy dav- 
latchilik, inson erkinligi va haq-huquqlari muammolariga alo­
hida e’tibor qaratganlar. Fransuz millatini ma’naviy jihatdan 
yuksaklikka ko‘tarish va ma’rifatli xalqqa aylantirish uchun o‘z 
asarlarida ana shu qadriyatlarga erishishning yollari va usullarini 
kolsatib berganlar.
Ular tomonidan yaratilgan ko‘p tomlik «Ensiklopediya» o'sha 
zamonning ma’naviy muammolarini ma’rifatli yol bilan hal qi­
lish usullari va imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan «Yevropa qomusi» 
darajasiga ko‘tarilgan edi. Bu kitobni yaratishda boshqa ko‘pgina 
ma’rifatparvar fransuz olim va mutaxassislari ham qatnash- 
gan bolib, o‘zining ahamiyati, muammolarining umuminsoniy 
nuqtayi nazaridan yechilishi, xalqchilligi va tilining fransuz mil- 
lati hayot tarziga yaqinligi bilan ensiklopediya XVIII asr Yevro- 
pasining tengi yo‘q kitobi edi. Aynan ana shu kitob mualliflari 
o‘zlarining boshqa asarlari va faoliyatlari bilan 1789—1884-yil- 
lardagi Fransuz inqilobi qabul qilgan «Inson va grajdanlar huquq- 
lar deklaratsiyasi»da ilgari surilgan umuminsoniy qadriyatlarni 
jamiyat taraqqiyotining eng ustuvor ma’naviy mezonlariga aylan- 
tirdilar.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin