b o ‘y ic h a , har qanday o‘zgarish
va harakatning asosida olov yotadi va u borliqqa mavjudlik bahsh
etadi. Qadimgi yunon faylasufi Suqrot borliqni bilim bilan qiyos-
laydi va uningcha, biror narsa, biz uni bilsakkina bor bo‘ladi,
insonning bilimi qancha keng bolsa, u shuncha keng borliqni
qamrab oladi, deb hisoblaydi. Qadimgi dunyoning atomist olimi
Demokrit borliq atomlar majmuasidan iborat deb tushuntirgan.
Uning fikricha, borliqning mohiyati uning mavjudligidadir. Mav
jud bolmagan narsa yo‘qlikdir.
Islom ta’limotida esa borliq Olloh yaratgan mavjudlikdir. Bu
borada vahdati vujud va vahdati mavjud ta’limotlari shakllangan.
Islom diniga mansub mutafakkirlar borliq haqidagi ta’limotni har
taraflama rivojlantirganlar. Masalan, Forobiy fikricha, ilk borliq
azaliy Ollohning o‘zidir. Beruniy fikricha, Ollohdan boshlanguv-
chi borliq shunday umumiylikki, u hamma narsaning asosida
yotadi, demak, borliq hamma narsaning asosidir.
Yevropada o‘tgan olimlar David Yum va Jorj Berkli borliqni
sezgilarimiz majmuasi deb talqin etishgan. Hegel esa borliqni
mavhumlik, mutlaq ruhning namoyon bolishi, deb ta’riflaydi.
Ko£pgina naturfalsafiy qarashlarda borliqni hozirgi zamon bilan,
ya’ni shu aktual olamga boglab tushuntirdilar.
Aslida, borliq keng falsafiy tushuncha bolib o‘ziga butun mav-
judlikni, uning o‘tmishi, hozir va kelajagini ham qamrab oladi.
Faylasuflar borliqni tushuntirish uchun yo‘qlik tushunchasini
unga antipod qilib olishgan va shu asosda borliqning zaruriy mo
hiyatini ochishga intilganlar. Materialistik adabiyotlarda borliqni
obyektiv reallik bilan, materiya bilan aynanlashtirib tushuntiri-
shadi.
Borliq o‘ziga obyektiv va subyektiv reallikni, mavjud bolgan
va mavjud boladigan olamlarni, moddiylik va ma’naviylikni,
o‘tmish va kelajakni, olim ni va hayotni, ruh va jismni qamrab
oluvchi umumiy tushunchadir.