Falsafa asoslari



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/221
tarix25.09.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#148418
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   221
Falsafa asoslari

Borliqning atributlari. 
Muayyan jismning aynan shu jism 
ekanligini belgilovchi xususiyatlari uning atributlari deyiladi. 
Borliqning ham bir qancha atributlari mavjuddir. Ular: harakat, 
fazo, vaqt, in’ikos, ong va boshqalar. Borliq o‘zining xossalari, 
xususiyatlari orqali namoyon boladi. Endi borliqning atributlari, 
ya’ni ajralmas tub xususiyatlari haqida to‘xtab o‘taylik.
Harakat.
Borliqning atributlari ichida uning asosiy mavjud­
lik usulini ifoda etuvchi xususiyati harakat hisoblanadi. Chunki 
borliq harakatsiz o‘zining strukturaviy yaxlitligini saqlay ol- 
maydi.
Buni moddiy borliq misolida qarab chiqaylik. Faraz qiling, 
qarshimizda biror jism turibdi. Agar harakat bolmaganida edi, 
yoruglik nurlari shu jismga urilib bizga qaytmagan bolar edi, 
ya’ni biz uni ko‘rmagan bolar edik. Shuningdek, bu jismning 
yaxlitligini saqlab turgan molekulalar, atomlar, elementar zar- 
rachalar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlar ham bolmasdi. Natijada bu 
jismning strukturaviy birligiga putur yetgan bolar edi. Tevarak- 
atrofimizdagi predmetlar va hodisalar harakat tufayli o‘zining 
muayyan tartibini va birligini saqlab turadi, shu tufayli, o‘sish, 
ulg‘ayish, ravnaq topish, rivojlanish mavjuddir.
Harakat, bir tomondan, moddiy jismlar o'rtasidagi va ularni 
tashkil etuvchi elementlar o‘rtasidagi aloqadorliklarning natijasi, 
boshqa tomondan esa, ulardagi o‘zgarishlar sifatida sodir boladi. 
Shu nuqtayi nazardan ham falsafaning harakat bu umuman har 
qanday o‘zgarishdir, deyilgan ta’rifi juda o‘rinlidir. Harakatning 
manbayi haqida gap ketganda, ana shu o‘zgarishlaming asosida
102


yotuvchi o‘zaro ta’sirlar va ular orasidagi munosabatlar nazarda tu- 
tiladi.
Demak, har qanday harakatning manbayi shu sistemadagi 
ichki o‘zaro ta’sirlar ekan, har qanday jismning mavjudligini, eng 
avvalo, uning ichki aloqadorliklari ta’minlaydi.
Harakatning turlari haqidagi mulohaza, asosan, o‘zgarishlar~ 
ning xususiyatiga asoslangan. 0 ‘zgarishlar oddiy fazoviy siljishdan 
tortib, murakkab ijtimoiy o‘zgarishlargacha takomillashib borgan. 
Shu tufayli harakatga faqatgina fazoviy siljish, deb qaramaslik 
lozim. Bunday qarash olamdagi barcha jarayonlarga mexanik ha­
rakat nuqtayi nazaridan yondashishni vujudga keltiradi. Aslida 
olamda o‘zgarishning xilma-xil ko‘rinishlari mavjud bolib, ular 
bir-biridan sifatiy farq qiladi.
Mexanik, kimyoviy, biologik, fizik o‘zgarishlar bilan ijtimoiy 
o‘zgarishlarni aslo taqqoslab bolmaydi. To‘g‘ri, bu o‘zgarishlar 
uchun umumiy bolgan fazoviy siljishlar harakat shakllarining 
hammasida ham, u yoki bu ko‘rinishda namoyon bolishi mum­
kin. Lekin hamma o‘zgarishni ham, faqatgina fazoviy siljishdan 
iborat, deb bolmaydi. Masalan, Yerning Quyosh atrofidagi, Oy- 
ning Yer atrofidagi harakatini fazoviy siljishning yaqqol ko‘rinishi 
deyishimiz mumkin. Lekin Yer bag‘rida ro‘y berayotgan mu- 
rakkab geologik jarayonlarni, Yer sirtidagi biosferaning yashash 
usulini birgina mexanik siljish bilan izohlab bolmaydi. Harakat­
ning shakli qanchalik murakkab bolsa, u bilan bogliq bolgan 
o‘zgarishlar ham shu qadar murakkab boladi. Materiyaning tash­
kiliy struktura darajasi qanchalik yuqori darajada bolsa, unda 
fazoviy siljish ham shu qadar kam seziladi.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin