Falsafa asoslari



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/221
tarix25.09.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#148418
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   221
Falsafa asoslari

Harakat shakllari. 
Falsafada harakat shakllarini turkumlash- 
ning bir qancha boshqa ko‘rinishlari ham bor. Ayrim olimlar ha­
rakat shakllarini har bir fanning nomi bilan boglash kerak, deb 
hisoblashadi. Bunday qarashning xatoligi shundaki, fanlaming 
ko‘pchiligi harakat shaklini emas, balki miqdoriy munosabatlar 
va holatlarni aks ettiradi. Masalan, geodeziya yoki geometriya
trigonometriya yoki topografiya, chiziqli algebra qanday harakat 
shaklini o‘rganadi? Kibernetika esa ham tabiatda, ham jamiyatda 
amal qiluvchi boshqarish jarayonlarini o‘rganadi, ya’ni bu fan 
bitta emas, balki bir qancha harakat shakllarini qamrab oladi.
Harakat shakllarini turlash bo‘yicha quyidagi tabiiy-ilmiy 
konsepsiya ham diqqatga sazovordir. Mazkur konsepsiya bo‘yicha 
harakat shakllari quyidagicha turlanadi: fizik harakat (elementar 
zarrachalar, maydon va aiomlarning harakati), kimyoviy hara­
kat (atomlar va molekulalarning harakati) v; bunda harakatning 
rivojlanishi ikki yo‘nalishga ajraladi: 1) harakat rivojlanishining 
yuqori yo‘nalishida biologik harakat shakllanadi; 2) harakat rivoj-
105


lan ish in in g 
quyi yo‘nalishida esa geologik harakat shakllanadi
biologik harakatning taraqqiyoti ijtimoiy harakatga olib boradi.
Yana bir boshqa konsepsiyada esa harakat borliqning tashkiliy 
tuzilish darajalariga mos ravishda turlangan. Bu konsepsiyada ha­
rakat shakllari uchta sinfga ajratiladi: notirik tabiatda — elemen- 
tar zarrachalar va maydon harakati, tirik tabiatda - hayotning 
namoyon bolishi, jamiyatda — odamning faoliyati.
Ijtimoiy harakat bizga ma’lum bolgan harakat shakllari ichi- 
da eng murakkabi bolib, unda insonning ongli faoliyati, inson 
tafakkuri, ijtimoiy guruhlarning faoliyati, o‘zaro munosabatlari
jamiyat miqyosidagi ijtimoiy fikr birgalikda harakatga keladi. Bu 
harakatni chiziqli, batartib harakatlar bilan mutlaqo taqqoslab 
bolmaydi. Uning kelajagini bashorat qilish ham o‘ta murakkab- 
dir.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin