Falsafa asoslari


Alohidalik, xususiylik, umumiylik



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/221
tarix25.09.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#148418
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   221
Falsafa asoslari

Alohidalik, xususiylik, umumiylik. 
Ular narsa va hodisalar­
ning rivojlanish jarayonidagi makon-zamon munosabatlarini 
konkret tarzda namoyon qiladi. Umumiylik — olamdagi alohi­
da, individual tarzda namoyon bo‘layotgan narsa-hodisalarning 
turfa, xilma-xil umumlashtiruvchi xossa hamda xususiyatlar- 
ning mushtaraklashgan holda namoyon bolishidir. Alohidalik 
va umumiylik o‘rtasidagi bog‘lanish, aloqadorlik va munosa­
bat «xususiylik» kategoriyasi orqali ifodalanadi. Birinchidan, 
bu kategoriyalarning mazmuni olamning birligi, ularning 
mantiqiy ifodasi konkretlik bo‘lib hisoblanadi. Ikkinchidan, 
«alohidalik», «xususiylik», «umumiylik» narsa va hodisalarning 
makon-zamon konkretligini ifodalaydigan, nisbatan mustaqil 
mantiqiy tushunchalar tarzidagina namoyon bolishi mumkin. 
Zero, ularning nisbatan mustaqilligi, ichki birligining namoyon 
bolish shaklidir.
Falsafiy adabiyotlarda, bilishning umumiy tendensiyasini alo- 
hidalikdan xususiylikka va shu bosqich orqali umumiylikka olish 
tarzida yoki aksincha, izohlash keng tarqalgan. Vaholanki, fal­
safiy bilishning asosiy xususiyati va maqsadi har qanday alohida- 
likning individual xususiyatlarini umumiylikdan farqlashdan ibo- 
ratdir. Masalan, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga olish jamiyat 
taraqqiyotining umumiy qonuniyati bolsa ham, bu jarayon turli 
ijtimoiy-tarixiy makon va zamonda har bir davlat uchun o‘ziga 
xos bolgan modelni taqozo qiladi. Alohidalikning umumiylikdan 
farqini aniqlash asosida, maxsus usul va vositalarini qollash bo­
zor strategiyasi va taktikasining milliy xususiyatlarini belgilashga 
yordam beradi.
Alohidalik yoki, ba’zi falsafiy adabiyotlarda ko'rsatilganidek, 
yakkalikni muayyan xossa hamda xususiyatga ega bolgan narsa 
va hodisalarning makon va zamondagi chegaralangan konkret 
holati, boshqacha qilib aytganda, har qanday hodisa va narsa­
ning ichki sifat muayyanligi, individualligi deyish mumkin.
Antik falsafada alohidalik kategoriyasining mazmuni muay­
yan turg‘unlikka ega bolgan birlik sifatida qaralgan (Aflotun,
124


Arastu). Hegel, alohidalikni voqealarning zaruriy shakli, makon 
va zamondagi tafovutlarning namoyon bo‘lish momenti sifatida 
qaraydi.
Falsafada milliylik va umuminsoniylik masalasida alohida- 
likning umumiylikdan farqini mutlaqlashtirish natijasida muay­
yan qarashlar vujudga kelishi mumkin (bu haqda «Osiyotsen- 
trizm» va «Yevropatsentrizm» to‘g‘risida eslash kifoya).
Vaholanki, umuminsoniyat sivilizatsiyasining tadrijiy rivojla- 
nishida muayyan ichki birlik mavjud bolib, madaniyat tarixida har 
bir xalq, millat o‘z o‘rni va ahamiyatini namoyon qiladi. Shuning 
uchun umuminsoniyat sivilizatsiyasi tarkibidagi milliy madani- 
yatni mutlaqlashtirish, muayyan siyosiy manfaatlarga asoslangan 
bo‘lib, buyuk davlatchilik, shovinistik qarashlardan boshqa narsa 
emas. Bu XX asrning 30-yillarida fashizm mafkurasini shakllan- 
tirgan asosiy sabablardan biri edi.
Alohidalikni, umumiy qonuniyatlar tarkibidagi, elementlar- 
ning individual rivojlanish jarayoni sifatida olib qarash kerak. 
Chunki har qanday umumiylik, dastlab voqelikning alohidaligi 
tarzida vujudga keladi. Shunga ko‘ra, har qanday sistema o‘z 
tarkibidagi nisbatan yangi, alohida hodisalarning individual rivoj- 
lanishisiz sodir bola olmaydi. Shunday qilib, alohidalik voqelik 
rivojlanishining xilma-xil shakllarini vujudga keltiradi.
Narsa va hodisalarda alohidaliklarning konkret xususiyatlari 
o‘rtasidagi boglanishlar, bir tomondan, umumiylikni namoyon 
qilish bilan bir qatorda, ularning muayyanligi va mazmunini ham 
belgilaydi. Ikkinchi tomondan esa, umumiylikning konkretligi 
alohidaliklar sistemasi tarzida namoyon boladi. Bu sistemaga 
strukturali yondashish bilishning nisbatan tolaqonli bolishini 
ta’minlaydi. Masalan, muayyan jamiyatdagi kishilarning ijtimoiy 
munosabatlari o‘ziga xos bolgan yo‘nalishlarini vujudga keltirgan. 
Ya’ni, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy, diniy, ekologik va boshqa shu 
kabi ijtimoiy munosabatlar umumiy madaniyat tarkibida «iqti­
sodiy madaniyat», «huquqiy madaniyat», «siyosiy madaniyat», 
«ekologik madaniyat» va boshqa nisbatan mi staqil yoVnalishlarga 
asos bolgan. Bu madaniyat yo‘nalishlari nisbatan mustaqil bolsa 
ham, bir-birini taqozo qiladi. Ularning ichki birligi va rivojlanish

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin