Falsafa asoslari



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/221
tarix25.09.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#148418
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   221
Falsafa asoslari

Sabab va oqibat. 
Narsa va hodisalarning ichki birligi, yaxlitligi 
va tarixiy-tadrijiy rivojlanish tamoyiliga ko‘ra, ularning mazmuni 
va shakli o‘zgarib turadi. 0 ‘z navbatida, har qanday sistemaning 
elementlari o‘rtasidagi strukturaviy boglanish konkret mazmunga 
ega bolib, unga mos mazmunlarda o‘z ifodasini topadi. Boshqa- 
cha qilib aytganda, mazmun va shakl o‘rtasidagi aloqadorlik, 
boglanish, munosabatning xarakteri muayyan sababga asosla- 
nadi. Ya’ni, narsa va hodisalarning sistema shaklida namoyon 
bolishi, muayyan sabab oqibatidir. Demak, narsa va hodisalar­
ning tadrijiy rivojlanishi sabab-oqibat munosabatlari tarzida 
namoyon boladi. Shunga ko‘ra, sabab - biror narsa va hodisa 
rivojlanish jarayonining oqibatidir.
Narsa va hodisalarning rivojlanishi jarayonidagi sabab va oqi­
bat munosabatlarini bilishda, ularning makon va zamondagi tari- 
xiy va mantiqiy izchilligi muhimdir. Boshqacha qilib aytganda, 
bir tomondan, har qanday sabab avvalgi hodisalar yoki ularning 
rivojlanish oqibati tarzida namoyon boladi. Ikkinchi tomondan 
esa, bu oqibat keyingi rivojlanishning sababi bolib hisoblanadi.
Narsa va hodisalarning rivojlanishi asos bolgan sabablar tizimi 
mavjud. Ularni shartli ravishda: asosiy va asosiy bolmagan, 
muhim va muhim bolmagan sabablarga ajratish mumkin.
131


Sababning mohiyati avvalgi hodisalarning oqibati sifatida vu­
judga kelayotgan hodisalar uchun sababligidadir. Shunga ko‘ra, 
sababni bir vaqtning o‘zida oqibat tarzida qarash mumkin. Aniq- 
roq qilib aytadigan bo‘lsak, har qanday oqibat sabab tarzida 
namoyon boladi. Shu bilan birga, sababni narsa va hodisalar­
ning rivojlanish jarayonidagi makon va zamondagi davriy tak- 
rorlanishdan farqlash kerak. Chunki, sabab mavjudlikning gene- 
tik boglanishlarini, aloqadorliklarini ifodalashi bilan birgalikda, 
ularning istiqbollarini ham belgilab beradi. Hegel tili bilan ayt- 
ganda, sabab-mohiyatning harakatdagi mavjudlik holatidir. Sa­
bab falsafiy kategoriya sifatida quyidagi xususiyatlarga ega:
1) uning obyektiv xarakteri narsa va hodisalarning ichki, 
tarkibiy elementlari munosabatlariga xos bolib, mohiyatning real 
mavjudlik holatini ifodalaydi;
2) sababning konkretligi narsa-hodisalarning xususiyatlaridan 
kelib chiqadi, hamda uning individualligini ta’minlaydi;
3) sabab umumiy xarakterga ega bolib, hech qanday narsa va 
hodisaning rivojlanishi sababsiz sodir bolmaydi;
4) sabab zaruriy bolib, muqarrar ravishda, muayyan oqibat- 
larni keltirib chiqaradi;
5) sababning uzluksizligi, bir tomondan, turli sabablaming izchil 
boglanishlarini, munosabatlarini, ikkinchi tomondan, har bir sa­
babning oqibat tarzida oldingi sabab bilan bogliqligini xarakterlaydi.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin