kundalik
(empirik) bilish va
nazariy
(il
miy) bilish bir-biridan farqlanadi.
Kundalik bilish usullari nihoyatda xilma-xil va o‘ziga xos
bo‘lib, bunday bilimlarni sistemalashtirish va umumlashgan holda
keyingi avlodlarga berish ancha mushkuldir. Hozirgi zamon g‘arb
sotsiologiyasida xalqlarning kundalik bilim hosil qilish usullari-
ni o‘rganuvchi maxsus soha — etnometodologiya fani vujudga
keldi. Gnoseologiya asosan nazariy bilish va uning rivojlanish
xususiyatlarini o‘rganish bilan shug'ullanadi. Nazariy bilishning
obyekti, subyekti va predmetini bir-biridan farqlash muhim.
Bilish obyekti.
Tadqiqotchi-olim, faylasuf, san’atkor va
boshqalarning, umuman insonning bilimlar hosil qilish uchun
ilmiy faoliyati qaratilgan narsa, hodisa, jarayon, munosabatlar
bilish obyektlari hisoblanadi. Bilish obyektlari moddiy, ma’naviy,
konkret, mavhum, tabiiy va ijtimoiy bo‘lishi mumkin. Bilish
obyektlari eng kichik zarralardan tortib ulkan galaktikagacha
bo‘lgan borliqni qamrab oladi. Bilish obyektlariga asoslanib,
bilim sohalari tabiiy, ijtimoiy-gumanitar va texnik fanlarga ajra-
tiladi.
Bilish subyekti.
Bilish bilan shug‘ullanuvchi kishilar va butun
insoniyat bilish subyekti hisoblanadi. Ayrim ilingan tadqiqotchi-
olimlar, ilmiy jamoalar, ilmiy tadqiqot institutlari ham alohida
bilish subyektlaridir. Ilmiy faoliyat tabiat va jamiyat mohiyatini
137
bilishgagina emas, balki insonning o‘ziga ham qaratilishi mum
kin. Inson va butun insoniyat ayni bir vaqtda ham bilish obyekti,
ham bilish subyekti sifatida namoyon boladi.
Bilishning maqsadi ilmiy bilimlar hosil qilishdangina iborat
emas, balki bilish jarayonida hosil qilingan bilimlar vositasida in
sonning barkamolligiga intilish, tabiat va jamiyatni insoniylashti-
rish, tabiiy va ijtimoiy garmoniyaga erishishdir. Fan — fan uchun
emas, balki inson manfaatlari uchun xizmat qilishi lozim. Inson
ilmiy bilimlar vositasida ma’naviy barkamollikka erisha borgani
sari ilm-fan qadriyat sifatida e’zozlana boshlaydi. Fanning har
tomonlama rivojlanishi bilan turli ilm sohalarining hamkorligi
kuchayadi, butun ilmiy jamoalar bilish subyekti, yangi ilmiy
kashflyotlar ijodkoriga aylanadilar.
Bilish predmeti subyektning bilish faoliyati qamrab olgan bilish
obyektining ayrim sohalari va tomonlaridir. Fanning o‘rganish
sohasi tobora konkretlashib boradi. Tabiatshunoslik fanlarini bi
lish predmetiga qarab botanika, zoologiya, geografiya, ixtiologiya
va boshqa sohalari vujudga kelgandir. Tadqiqot predmeti fanlarni
bir-biridan farqlashga imkon beradigan muhim belgidir.
Bilish darajalarini shartli ravishda: quyi, yuqori va oliy dara-
jaga ajratish rhumkin. Bilishning quyi darajasi barcha tirik mav-
judotlarga xos bolib, hissiy bilish deyiladi. Hissiy bilish sezgilar
vositasida bilishdir.
Insonning sezgi a’zolari (ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta’m
bilish, teri sezgisi) boshqa mavjudotlarda bolgani singari uning
narsalarga xos xususiyat, belgilarini farqlash, tabiiy muxitga
moslashish va himoyalanishi uchun yordam beradi. Bilishning
quyi bosqichida sezgi, idrok, tasavvur, diqqat, xayol tashqi olam
to‘g‘risida muayyan bilimlar hosil qilishga yordam beradi.
Bilishning yuqori bosqichi faqat insonlargagina xos bolib,
aqliy bilish (ratsional bilish) deyiladi. Agar inson o‘z sezgilari
yordamida narsa va hodisalarning faqat tashqi xossa va xususiyat-
larini bilsa, tafakkur vositasida narsa va hodisalarning ichki mo
hiyatini bilib oladi. Mohiyat hamisha yashirindir, u doimo hodisa
sifatida namoyon boladi. Har bir hodisada mohiyatning faqat bir
tomonigina namoyon boladi. Shu boisdan ham hodisa aldamchi
138
va chalg‘ituvchidir. Binobarin, inson sezgilarining biron bir narsa
yoki hodisa to‘g‘risida bergan ma’lumotlari hech qachon uning
butun mohiyatini ochib bera olmaydi.
Tushuncha, hukm va xulosalar chiqarish ilmiy bilishning
muhim vositalaridir. Bunday bilish insondan alohida qobili-
yat, kuchli irodani tarbiyalashni, narsa va hodisalardan fikran
uzoqlashishni, diqqatni bir joyga to‘plashni, ijodiy xayolni talab
etadi.
Bilishning oliy darajasi intuitiv bilish, qalban bilish, g‘oyibona
bilishdir. 0 ‘zining butun borlig‘ini fan, din, siyosat va san’at
sohasiga bag‘ishlagan buyuk kishilar ana shunday bilish qobili-
yatiga ega boladilar. Intuitiv bilish hissiy va aqliy bilishga taya-
nadi. Buyuk shaxslarning g‘oyibona bilishi ularning doimiy ra
vishda fikrini band etgan, yechimini kutayotgan umumbashariy
muammolar bilan bogliqdir. Ilmiy bilishning eng samarali usul-
larini aniqlash gnoseologiyada muhim o‘rin egallab keldi. Har bir
fan o‘ziga xos bilish usullaridan foydalanadi.
Ilmiy bilish fakt va dalillarga, ularni qayta ishlash, umum-
lashtirishga asoslanadi. Ilmiy fakt va dalillar to‘plashning
o‘ziga xos usullari mavjud bolib, ularni ilmiy bilish metodlari
deyiladi.
Ilmiy bilishning metodlari mavjud va ularni o‘rganadigan
maxsus soha — metodologiya deb ataladi. Ilmiy bilish metodlari
o‘z xarakteriga ko‘ra: 1) eng umumiy ilmiy metodlar; 2) umumiy
ilmiy metodlar; 3) xususiy ilmiy metodlarga bolinadi.
Eng umumiy ilmiy bilish metodlari barcha fanlar uchun xos
bolgan metodlardir. Bunga analiz va sintez, umumlashtirish va
mavhumlashtirish, induksiya va deduksiya, qiyoslash va model-
lashtirish kabilarni ko‘rsatish mumkin. Masalan, tabiatshunoslik
fanlarida kuzatish, eksperiment, taqqoslash umumilmiy metod
lar bolsa, ijtimoiy fanlarda tarixiylik va mantiqiylik umumilmiy
metodlar hisoblanadi.
Xususiy ilmiy metodlar har bir fanning o‘ziga xos xususiyat-
laridan kelib chiqadi. Masalan, suhbatlash ish, anketa so‘rovi,
hujjatlarni olganish sotsiologiya faniga xos bolgan xususiy il
miy metodlardir. Bir fanda yaxshi samara beradigan ilmiy bilish
139
metodi boshqa fanda shunday samara bermasligi mumkin. Ilmiy
bilishda to‘g‘ri metodni tanlash bilishda muvaffaqiyat garovi hi
soblanadi. Boshqacha qilib aytganda, ilmiy tadqiqotda nimani
o‘rganish kerak, degan masala fan predmetini aniqlashga imkon
bersa, qanday o‘rganish kerak, degan masala esa ilmiy bilish
metodini to‘g‘ri belgilashga yordam beradi.
Ilmiy bilish metodlari va ilmiy nazariya bir-biri bilan uzviy
bogliqdir. Ilg‘or ilmiy nazariya fanning butun taraqqiyoti davo-
mida erishilgan muhim yutuq bo‘lib, u ilgarigi ilmiy qarashlarni
ijodiy rivojlantirish, o‘sha yutuqlarga tanqidiy nuqtayi nazardan
qarash orqali vujudga keladi. Fan mohiyatan o‘zi erishgan yu
tuqlarga shubha bilan qarashni taqozo qiladi.
Fan, falsafa sohasida erishilgan yutuqlarni mutlaqlashtirish,
ularga ko‘r-ko‘rona sig‘inish muqarrar ravishda dogmatizmni
keltirib chiqaradi. Fan erishgan yutuqlar hamisha nisbiydir. Lekin
bunday nisbiylikni mutlaqlashtirish relyativizmni, fan yutuqlariga
ishonchsizlik bilan qarash esa, skeptitsizmni vujudga keltiradi.
Fan taraqqiyoti uchun dogmatizm, relyativizm va skeptitsizm jid
diy xalaqit beradi.
Ilg‘or ilmiy nazariyalar ma’lum bir davrda ilmiy va falsafiy qa-
rashlar yo‘naI1shini o‘zgartirishi, ilmiylikning o‘ziga xos mezoni
bolishi ham mumkin. Masalan, Charlz Darvinning evolyutsion
nazariyasi, A. Eynshteynning nisbiylik nazariyasi falsafiy va ilmiy
dunyoqarashlarda muhim o‘zgarishlarni vujudga keltirdi.
Gnoseologiyada haqiqat tushunchasi muhim o‘rin tutadi. Haqi-
qat inson bilimlarining voqelikka muvofiq kelishidir. Haqiqatni
ochish yoki ilmiy haqiqatga erishish har qanday ilmiy bilishning
asosiy vazifasi hisoblanadi. Haqiqat o‘zining mazmuniga kola
mutlaq va nisbiy bolishi mumkin. Fan haqiqati hamisha nisbiy
xarakterga ega bolib, ularning majmuasidan mutlaq haqiqat vu
judga keladi.
Haqiqat o‘z mazmuniga ko‘ra hamisha obyektivdir. Ya’ni
uning mavjudligi ayrim kishilarning xohish-irodasiga bogliq
emasdir. Masalan, 0 ‘zbekistonning milliy mustaqilligi obyektiv
haqiqatdir. Ayrim kishilarning bu mustaqillikni tan olish yoki ol-
masligidan qat’i nazar, bu haqiqat o‘z mazmunini saqlab qolave-
140
radi. Haqiqatni atayin buzish yoki soxtalashtirish oxir-oqibatda
fosh boladi va o‘z qadrini yo‘qotadi. Shuningdek, haqiqat hech
qachon mavhum emasdir. U hamisha konkretdir. Hegel so'zlari
bilan aytganda, nimaiki voqe bolsa, u haqiqatdir, haqiqat — vo~
qelikdir. Haqiqat mazmunining konkret xarakteri joy, vaqt va
sharoitni e’tiborga olishni talab etadi.
Gnoseologiyada tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilishning o‘ziga xos
xususiyatlari ni anglash muhim ahamiyatga egadir. Uzoq yillar
davomida tabiatshunoslik fanlariga xos bolgan obyektivlik, xolis-
lik ilmiylikning muhim mezoni deb hisoblab kelindi. Biroq XX
asr oltalarida fan-texnika inqilobi insoniyat oldida paydo bolgan
muammolar tabiatshunoslik fanlari oldiga qadriyatli yondashuv
vazifasini qo‘ya boshladi. Aqlli mavjudot bolgan inson har qa
chon tabiatni o‘rganishda hamisha o‘z manfaatlarini ko'zlaydi.
Tabiat resurslari cheksiz va bitmas-tuganmasdir, degan bir yoq-
lama qarash oxir-oqibatda inson tomonidan tabiatga nisbatan
shafqatsiz munosabatni vujudga keltirdi. XX asr oxirlariga kelib
tabiatga nisbatan insonlarcha, qadriyatli munosabatda bolish
zaruriyati chuqurroq anglana boshladi.
Ijtimoiy fanlar hamisha mavjud siyosiy tuzum, davrning ta
lab va ehtiyojlari bilan uzviy bogliq ravishda rivojlanadi. Ijtimoiy
bilishda jamiyat ham bilish obyekti, ham bilish subyekti sifatida
namoyon boladi: insoniyat o‘z tarixini yaratuvchi va o‘z-o‘zini
biluvchidir.
Tabiatshunoslikda nisbatan barqaror sistemalar bilish obyekti
hisoblanadi. Tabiatdagi narsa va hodisalar tadqiqotchiga hech
qanday qarshilik ko‘rsatmaydilar. Ijtimoiy bilishda esa, nisbatan
tez o‘zgaruvchi sistemalar bilish obyekti hisoblanadi. Ijtimoiy bi-
lishga xos bolgan muhim xususiyat shundaki, u moddiy ishlab
chiqarish sohalarinigina emas, balki jamiyatning ancha murak
kab ma’naviy hayotini, ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni, qarashlar
va g‘oyalarni ham o‘rganadi. Ijtimoiy fanlar milliy g‘oya va milliy
istiqlol mafkurasini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.
Gnoseologiyaning maqsad va vazifalari, bi iishning mohiyati va
mazmuni to‘g‘risida zarur bilimlarga ega bolish mamlakatimizda
bilimdon, har jihatdan yetuk barkamol inson shaxsini shakli anti -
141
rishda alohida o‘rin tutadi. Bilish nazariyasi bolajak mutaxassis-
kadrlarda muayyan ilmiy layoqat va qobiliyatlarni shakllantirish-
ga ko‘maklashadi. Milliy mustaqillik yillarida gnoseologiya oldiga
qo‘yilayotgan eng muhim vazifalardan biri, ilmiy bilimlarning
jamiyatimiz taraqqiyoti, tinchligi va farovonligi uchun xizmat
qilishini ta’minlaydigan omil va mexanizmlarni o‘rganish, ulug‘
ajdodlarimizning ilmiy bilimlarni rivojlantirish borasida orttirgan
tajribalarini keng ommalashtirishdir.
Dostları ilə paylaş: |