Falsafa asoslari



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/221
tarix25.09.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#148418
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   221
Falsafa asoslari

Bilish va til. 
Til ong va tafakkur, bilish jarayonining insonga- 
gina xosligini isbotlovchi omillardan biridir. Xo‘sh, til deganda 
o‘zi nima tushuniladi? Til, bu eng awalo, muayyan belgilar tizimi 
demakdir. Ammo, tilning xususiyatlarini shu bilangina cheklash 
to‘g‘ri emas. Negaki, muayyan belgilar tizimi hayvonlarga ham 
xos, ular yordamida jonzotlar o‘rtasida muayyan axborot alma- 
shinuvi sodir boladi.
Aytaylik, kabutarlarining «muhabbat» raqsi, jonzotlarning 
xavf-xatar paydo bo‘lganda turli tovush — belgilar yordamida 
bir-birini ogohlantirishi, ayrim hayvonlarning o‘zi yashaydigan 
hududni turli yo‘llar bilan «chegaralab» chiqishi ana shunday bel­
gilar tizimining o'ziga xos ko‘rinishlaridir. Lekin, jiddiy e’tibor 
beriladigan b6‘lsa, bu belgi — signallar tizimi uzoq davom etgan 
evolyutsiya davomida hosil qilingan reflekslar ekanligiga ishonch 
hosil qilish mumkin.
Demak, til belgilar tizimi sifatida kelib chiqishidan qat’i na­
zar faqat insongagina xos va u ong bilan uzviy bog‘liqdir. Nega­
ki, tilda ong gavdalanadi. Til yordamidagina ong kishining o‘zi 
va boshqalar uchun voqelikka aylanadi. Tilda ifodalanayotgan 
ma’no-mazmunning anglanishi insonning umumiy bilim dara- 
jasi, qiziqishi, qobiliyati, konkret sharoitdagi kayfiyati kabi omil- 
larga ham bogliq boladi. Til fikrlash quroli, muloqot vositasi 
sifatida doimiy takomillashuv jarayonini boshidan kechirmoqda. 
Ayni paytda insoniyat biz kundalik hayotda qollaydigan tabiiy til 
bilan bir qatorda muloqotning rang-barangligini ta’minlaydigan, 
fikrni ifodalashga xizmat qiladigan o‘ziga xos imo-ishoralar 
raqs, musiqa «tiliga» ham ega. Shunday bolsa-da, ular so‘zga 
ko‘chgandagina anglashiladi, undagi mazmun tushunarli boladi.
142


Shu bilan birga milliy tillar bilan bir qatorda ilm-fan yutuqla- 
rining tez tarqalishida muhim rol o‘ynaydigan internatsional til
— fan tili, uning tushunchalari va formulalari ham borligini 
unutmaslik kerak. XX asrda qoMlanish doirasi tobora kengayib 
borayotgan elektron hisoblash mashinalarining «beysik», «for- 
tan» kabi tillari yaratildi. Kompyuterlarning ijtimoiy hayotdagi 
roli tez o‘sib borayotgan hozirgi davrda bu «til»lar axborotlar- 
ning uzatilishi hamda qabul qilinishida katta ahamiyat kasb et- 
moqda va vaqt bu jarayonlarning yanada tezlashayotganligini 
ko‘rsatmoqda
Til o'ziga xos tarixiy xotira rolini o‘tashini ham unutmaslik 
kerak. Bu milliy tillar misolida ayniqsa, yaqqol ko'rinadi. Zero, 
millat tilida uning o‘zligi, bosib o‘tgan tarixiy yo‘li, tafakkur tarzi 
aks etadi, mustahkamlanadi. Shunday ekan, mustaqillik sharoi- 
tida milliy tilimiz rivojiga alohida e’tibor berilayotganligi milliy 
o'zligimizni anglashimizning o‘tish jarayonida milliy istiqbo- 
limizni belgilashning uzviy qismi sifatida qaralmog'i lozim.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin