Falsafa asoslari


Tayanch tushunchalar



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/221
tarix25.09.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#148418
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   221
Falsafa asoslari

145


Tayanch tushunchalar: 
dunyoni anglash, ong, in’ikos, bilish, 
gnoseologiya, bilim, kundalik (empirik) bilim, nazariy bilim, bi­
lish obyekti, bilish subyekti, bilish metodlari, haqiqat, o‘z-o‘zini 
anglash, axborot.
Takrorlash uchun savollar
1. Ong nima?
2. Gnoseologiya nimani o‘rganadi?
3. Bilish nima?
4. Bilish obyekti, subyekti, predmeti tushunchalarini izohlang.
5. Bilishda haqiqatga erishish yolini izohlang.
6. Bilimlar va axborot omili ta’siri ortishini qanday tushuna- 
siz?
7. Bilishning yoshlarni tarbiyalash va kamol toptirishdagi aha- 
miyati nimada?
7-mavzu. Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va ma’naviy
qadriyatlari. Jamiyat va tarix falsafasi
«Jamiyat» tushunchasining mazmun-mohiyati. 
Insoniyat azal- 
azaldan jamoa bo‘lib yashaydi. Yer sayyorasi uning abadiy ma- 
koni, umumiy Vatanidir. Quyosh tizimidagi ana shu mitti sayyo- 
rada yashayotgan odamlar oilasini jamiyat deb atash odat tusiga 
kirgan. Demak, umumbashariy ma’noda jamiyat odamzodning 
umri, hayoti o’tgan hamma davri, joy va hududi bilan bogliq 
barcha o‘zgarish va jarayonlarni ifoda etadi.
Shu bilan birga, biror davlat hududidagi odamlar hayoti, sivili­
zatsiyaning muayyan davrlaridagi turmushiga nisbatan ham ushbu 
tushuncha qollanadi. Har qanday holda ham, u umumiy tushun­
cha bolib, ayrim odam va alohida shaxs jamiyat a’zosi deb ata­
ladi. Har bir jamiyatning o‘z qiyofasi, tuzilishi, tarkibiy qismlari 
mavjud bolishi tarixiy zaruratdir. Muayyan jamiyat hayotiga xos 
bolgan yashash va taraqqiy etish sohalarining ham o‘ziga xos xu­
susiyatlari bor. Bu masalani o‘rganish ayniqsa dunyo hamjamiyati 
va 0 ‘zbekiston hayotida tub o‘zgarishlar ro‘y berayotgani hozirgi 
davrda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
146


Jamiyat bilan bogliq masalalar azaldan ko‘plab mutaxassis- 
larning diqqatini tortib keladi. Fan tarixida bu mavzuga doir 
turlicha qarashlar, g‘oyalar va ta’limotlar mavjud. Bu masalalar 
qadimgi avlodlarimizdan qolgan «Avesto» va « 0 ‘rxun~Yenesey 
toshbitiklari»da, Al-Xorazmiy, Al-Buxoriy, Al-Beruniy, Najmid- 
din Kubro, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa 
allomalarimiz merosida yorqin ifodasini topgan. Sharq siyosat- 
shunosligida jamiyat bilan bogliq masalalar Konfutsiy, Kaykovus, 
Nizomulmulk, Mirxond, Xondamir, Sharafiddin Ali Yazdiy kabi 
ko‘plab allomalar ijodidan o‘rin olgan.
Ijtimoiy taraqqiyot davomida jamiyat to‘g‘risidagi qarash­
lar, g‘oyalar va ta’limotlar rivojlanib takomillashib borganli- 
gini, xususan vatandoshimiz Abu Nasr Forobiyning ijtimoiy- 
falsafiy qarashlari tizimida hamda Amir Temur va temuriylar 
sulolasining jamiyat rivoji masalalariga oid nazariy va amaliy 
jihatdan yondashganligida ko‘rish mumkin. Xususan, «Temur 
tuzuklari»da qayd etilgani kabi: «... saltanat qurish, davlat tu- 
tish ishlarini bir tuzukka bogladim va saltanatni boshqarish 
haqida qollanm a (dasturulamal) yozib qoldirdim, toki far- 
zandlarim va avlodimdan bolganlarning har biri unga muvo- 
fiq ish yuritsin, mehnatu mashaqqatlar, ko‘p harbiy yurishlar, 
urush-talashlar bilan, Tangrining inoyati va hazrati Muham- 
madning, unga Tangrining marhamatlari va salomlari bolsin, 
tolei baland millatning sharofati, onhazratning ulug'vor avlodi 
va qimmatli sahobalariga qilgan muhabbat va do‘stligim orqali 
qolga kiritgan saltanatni saqlagaylar»1. Shuningdek, mazkur 
mavzuga Ahmad Donish, Behbudiy, Abdulla Avloniy kabi mu- 
tafakkirlarimiz ijodida ham alohida ahamiyat berilgan. Hozirgi 
davrda ham ushbu masalaga doir ko‘plab kitoblar, risolalar va 
qollanm alar chop etilmoqda.
Ta’kidlash lozimki, jamiyatning mohiyatini, tuzilishini, qo- 
nuniyatlarini bilish, ularga tayangan holda boshqaruv va rahbar- 
lik faoliyatini tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin