davr madaniy meros rivojiga o‘ziga xos hissa qo‘shadi. Masa
lan, qadimgi nodir asarlar va yodgorliklar hozirgacha insoniyatni
hayratga solib kelmoqda. Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan
yaratilgan eng qadimgi toshyozuv va bitiklar, xalq og‘zaki ijodi
namunalaridan tortib, bugungi kunda kutubxonalarimiz xazina-
sida saqlanayotgan ming-minglab qo‘lyozmalar, ularda mujassa-
mlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot,
matematika, minerologiya, kimyo, astronomiya, me’morchilik,
dehqonchilik va boshqa sohalarga oid qimmabaho asarlar, o‘lmas
osori atiqalar bu ko‘hna o‘lkada, bugun biz yashab turgan tuproq-
da qadimdan buyuk madaniyat mavjud bolganidan guvohlik be
radi. Mamlakatimiz hududida mavjud bo‘lgan to‘rt ming yildan
ziyod moddiy-ma’naviy obida umumjahon merosining namuna-
si sifatida YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgani ham bu fikrni tas-
diqlaydi. Mustaqillik yillarida ana shu bebaho Madaniy merosni
tiklash, uni asrab-avaylash va boyitgan holda kelgusi avlodlarga
yetkazib berish yo‘lida ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshi-
rilib, izchillik bilan davom ettirilmoqda. Samarqand, Buxoro,
Qo‘qon, Toshkent, Qarshi, Termiz, Xiva, Marg‘ilon, Shahrisabz
kabi ko‘hna shaharlarimizdagi tarixiy yodgorliklar, masjidu mad-
rasalar, maqbaralar, qadamjolar ham Madaniy merosning ajralmas
qismidir. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, mustabid tuzum
davrida taqiqlab qo‘yilgan urf-odat, marosim va an’analar, islo-
miy -qadriyatlar, milliy bayramlar qayta tiklandi, o‘zbek tili davlat
tili maqomiga ega boldi, jahon va milliy madaniyatimiz rivojiga
ulkan hissa qo‘shgan buyuk siymolarning nomlari tiklanib, asar
lari har tomonlama o‘rganilmoqda, qadamjolari obod etilmoq-
da. Bunday ezgu sa’y-harakatlar boy madaniy merosimizni ko‘z
qorachig‘idek asrab-avaylash, boyitish, kelgusi avlodlarga bezavol
yetkazib berishda beqiyos ahamiyat kasb etmoqda.
Dostları ilə paylaş: