Falsafa asoslari



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/221
tarix25.09.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#148418
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   221
Falsafa asoslari

Madaniyatshunoslik. 
Hozirgi vaqtda madaniyat va madaniy 
hodisalar «Madaniyatshunoslik» 
(«Kulturologiya») 
fanining 
asosiy obyekti sifatida oliy o£quv yurtlari doirasida keng miqyos- 
da o£rganiladi. Madaniyatshunoslik mustaq llik yillarida mam­
lakatimizda keng taraqqiy etayotgan falsafiy fan sohalaridan biri- 
dir. Sobiq ittifoq davrida bu fan umuminsoniy ma’noda o'qitilmas
157


edi. Aslida 
esa, jahon falsafasida madaniyat to‘g‘risidagi alohida 
bir fanning vujudga kelgani madaniyatning inson va jamiyat ha­
yotida naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligidan dalolat be­
radi. Madaniyatshunoslik madaniyatdagi rang-baranglikni e’tirof 
etadi, madaniyatning universal xarakterga ega bo‘lgan tarixiy na- 
munalarini bir-biridan farqlaydi.
Madaniyat falsafasi. 
Madaniyatning mohiyati, rivojlanish 
qonuniyatlari, taraqqiyot bosqichlari va istiqbollarini yaxlit, 
bir butun hodisa sifatida o‘rganuvchi falsafiy fan «Madaniyat 
falsafasi»dir. Falsafiy qonun va kategoriyalarni bilish madaniyat 
va uning rivojlanish muammolarini nazariy-metodologik jihat­
dan to‘g‘ri yechish uchun zamin yaratadi. Ayni paytda madani­
yat falsafasi madaniyatning xilma-xil ko‘rinishlarini tahlil qilish 
asosida falsafiy qonunlar va tushunchalarning mazmunan boyi- 
shi, falsafaning ijtimoiy amaliyot bilan aloqasining kengayishi va 
chuqurlashuvi, u ilgari surayotgan xulosa va qoidalarning boyishi 
va takomillashuviga xizmat qiladi. Madaniyat falsafasi ijtimoiy 
taraqqiyotning subyektiv, ya’ni kishilar faoliyati bilan bog‘liq ji- 
hatlariga alohida e’tibor beradi. Madaniyat falsafasining pred­
meti doirasi madaniyat masalalari bilan cheklangan. Shu bois 
madaniyat tushunchasi keng talqin qilingan taqdirda ham butun 
jamiyatni qamrab ololmaydi. Madaniyat falsafasi boshqa fanlar 
ma’lumotlaridan foydalanish bilan birga o‘zining empirik ma- 
teriallarini yig‘adi va tahlil qiladi. Madaniyat falsafasi ijtimoiy- 
gumanitar fanlar bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lib, ularning kategori- 
yalaridan faol foydalanadi. Bundan tashqari, madaniyat falsafasi 
semiotik, strukturaviy, postmodern, antropologik yondashuvlar 
nuqtayi nazaridan o‘rganilishi mumkin. Shunday qilib, madani­
yat falsafasining talqin etilishi borasida turli-tuman yondashuvlar 
mavjud bolsa-da, bu tushuncha va hodisaga yaxlit, umume’tirof 
etilgan konsepsiya nuqtayi nazaridan yondashish ehtiyoji saqlanib 
qolmoqda.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin