Falsafa asoslari


«Madaniy boyliklar» tushunchasi



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/221
tarix25.09.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#148418
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   221
Falsafa asoslari

«Madaniy boyliklar» tushunchasi. 
U ajdodlardan avlodlarga 
vorisiylik asosida yetib kelgan, insoniyatning buguni va kelajagi 
uchun katta ahamiyatga ega bolgan moddiy va ma’naviy boy­
liklar, butun insoniyat mulkini tashkil etm chi buyuk madaniy 
va tabiiy yodgorliklarni ifodalaydi. U xalqning, millatning asrlar 
mobaynida yozma manbalar va xalq og‘zaki ijodida ifodalangan,
159


obyektivlashgan va subyektivlashgan narsa va buyumlarda aks et- 
tirilgan moddiy, ma’naviy faoliyat mahsulidir. Unda bilim, tajri- 
ba, dunyoqarash, ma’naviyat va ma’rifat uyg‘un tarzda muhrlan- 
gan. YUNESKO tashkiloti 1972-yilda jahon madaniy va tabiiy 
yodgorliklarini saqlash to‘g‘risidagi konvensiyani qabul qilgan 
(1975-yildan kuchga kirgan). Jahon Madaniy boyliklari ro‘yxatiga 
jami 721 ta madaniy va tabiiy yodgorliklar kiritilgan. Ular ora­
sida 0 ‘zbekistondagi Xiva (Ichan qal’a), Buxoro, Shahrisabz va 
Samarqandning tarixiy markazlari ham bor.
Madaniyatning umuminsoniyligi va milliyligi. 
Bu sohada 
umumbashariyatga xos bolgan jihatlarni biz madaniyatdagi 
umuminsoniylik, millatning o'zigagina xos bolgan xususiyatlarni 
esa madaniyatning milliyligi deb ataymiz. Aslida esa milliylik 
va umuminsoniylik bir butun madaniyatning ikki tomoni, bir- 
birini taqozo etuvchi jihatlardir. Madaniyat ana shu ikki jihat- 
ning uzviy aloqasi va bir butunligi orqali namoyon boladi. Mil­
liylik — madaniyatning joni, uning millat bilan bogliq yashash 
usuli, millatning unda namoyon boladigan ruhidir. Umumin­
soniylik esa madaniyatning butun jahonga xosligi, ana shundan 
kelib chiqadigan umumbashariy xususiyatlari, jamiyat rivojining 
barcha davr, va hududlarga xos umumiy tamoyillaridir.
Milliy madaniyatlar bir-birini boyitadi. Ular o‘rtasidagi o‘zaro 
ta’sir tabiiy ravishda xalqlar va millatlarning bir-biri bilan iqti­
sodiy, siyosiy, axloqiy sohalardagi hamkorligi uzviy bogliqdir. Bi- 
roq bir milliy madaniyatni boshqa xalqlarga zo‘rlab targ'ib etish, 
joriy qilish ijobiy natijalarga olib kelmaydi. Milliy madaniyat­
ning gullab-yashnashi xalqlarning sivilizatsiyalashgan taraqqiyot 
yolidan borishi va o‘ziga xos sivilizatsiya yaratishida muhim aha­
miyatga ega.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin