faoliyat ko‘rsatdilar. Ularning islom falsafasi va ilohiyotiga, uni
zamona zayllari orasidan o‘tish jarayoniga ko‘rsatgan nihoyatd
katta ta’siri to‘g‘risida maxsus tadqiqotlar olib borish mumkin.
Afsuski, manbalar yetarli bo'lishiga qaramasdan, yurtimiz sivili-
zatsiyasining islom dini rivojiga va azaliy islom mamlakatlari-
ning madaniyati taraqqiyotiga ta’siri to‘g‘risida yozilgan asarlar
haligacha kam, bu to‘g‘rida keng qamrovli tadqiqotlar olib borish
zaruriyati allaqachon yetilgan.
Masalaning muhimligi atoqli qomusiy olimlar — Xoraz-
miy, Forobiy, Beruniy, ibn Sino, al-Farg‘oniy, Ulug'bek, Lut-
fiy, Navoiy, Bobur kabi sivilizatsiyamizning zabardast namo-
yandalari ijodi va merosi ko‘zgusida yanada yaqqolroq namoyon
boladi. Zero, ular nafaqat Markaziy Osiyo, arab-musulmon sivi
lizatsiyasi, balki jahon madaniyati taraqqiyotiga nihoyatda katta
hissa qo‘shganlar, yurtimiz qadriyatlari ta’sirining butun olamga
yoyilishida xizmat qilganlar.
Afsuski, dunyoning oltidan bir qismini egallab turgan sobiq it-
tifoqda qadrlashning umuminsoniy tamoyillarini barqaror qilish u
yoqda tursin, haqiqiy qadriyatshunoslik nuqtayi nazaridan tadqiqot
lar olib borishga ham izn berilmas edi. Faqat o‘tgan asrimizning
60-yillariga kelib, qadriyatlar muammosi ba’zi mutaxassislar tomo
nidan tahlil qilina boshlagan bolsa-da, 90-yillargacha falsafa dars-
liklarida alohida mavzu sifatida o‘z o‘rniga ega bolmadi. Hukmron
mafkuraning tarkibiy qismiga kirmaganligi, mavzularining juda
kam tadqiq qilinganligi va nihoyatda oz ahamiyat berilganligidan
maxsus falsafiy tadqiqotlar sohasiga aylana olmadi. Aksiologiya
nomi bilan sobiq ittifoqda birorta ham darslik yoki o‘quv qollanma
chop etilmagan, hatto universitetlaming faylasuf, jamiyatshunos,
tarixchi kabi mutaxassislar tayyorlaydigan ijtimoiy bolimlarida ham
bu sohaga oid maxsus bilimlar berilmas edi.
Dostları ilə paylaş: