teokosmizm atamasiga ham duch kelish mumkin.
Ba’zan inson, umuman, insoniyat rivojlanishining yangi darajasi
178
zamrligini asoslash uchun ayni shu kosmik aqlga murojaat qilish
talab etiladi. Oliy kosmik aql faollik, cheksiz harakat va rivojla-
nishning bosh negizi sifatida qabul qilinadi.
Sotsiotsentrizm ta’limoti madaniy-sivilizatsion omillarga suya-
nadi. Bu yerda inson o‘zi yashaydigan ijtimoiy-madaniy muhit
mahsuli sifatida namoyon bo‘ladi. Sotsiotsentrizmga eng yaqin
tushuncha sifatida amal qiluvchi kulturotsentrizm inson madani
yat mazmuni orqali o‘z ma’nosini kasb etadi, degan tezisni hi-
moya qiladi.
Antropotsentrizmning ziddi — insonga geologik kuchlardan
biri sifatida qaraydigan yondashuv
dezantropotsentrizm deb atala
di. Hozirda ancha mashhur bolgan bu yondashuv insonni uning
ustun mavqei va o‘rnidan mahrum etadi, hech narsa bilan chek-
lanmagan o‘zboshimchalik oqibatlari haqida o‘ylashga majbur
qiladi. Insonni o‘zi yaratgan texnokratik, sun’iy dunyo bilan uni
versal evolyutsion rivojlanishga boglashdan iborat bolgan masala
koevolyutsiya muammosi sifatida namoyon boldi.
Falsafiy qiziqishlari markazida tabiat va inson mohiyati
to‘g‘risidagi masala turuvchi fan «Falsafiy antropologiya» deb
ataladi. U ekzistensiya g‘oyalariga qarab moljal oluvchi faylasuf-
larning fikr-mulohazalariga juda boy. Antropologik yondashuv
inson borlig‘ining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlaydi, insonning
ekzisensial tahlili bilan shug‘ullanadi. «Ekzistensiya» tushun
chasi tadqiqotchining fikrini, avvalo, inson qilmishlari va azob-
uqubatlarida namoyon boluvchi inson hamda dunyo aloqalarini
izlash, aniqlash tomonga yo‘naltiradi.
Hozirgi zamon G ‘arb falsafasining yo‘nalishi sifatidagi fal
safiy antropologiya dastlab nemis faylasufi va sotsiologi M.Sheler
(1874-1928) asarlarida ishlab chiqilgan va germaniyalik faylasuf
X.Plesner (1892—1985), nemis mutafakkiri A.Gelen (1904—1976)
asarlarida rivojlantirilgan.
Shaxsni umumbashariy rivojlanishning asosiy mazmuni deb
e’lon qiluvchi personalizm uni o'rganishga nisbatan ancha mu
rakkab yondashuvlarni taklif qiladi. Shaxs o‘z mohiyatini muqar
rar tarzda o‘zidan tashqarida ko‘radi, bu —eksteriorizatsiya, u te-
ran ichki me’yor va moljallardan oziqlanadi, bu — interiorizatsiya.
179
Nihoyat, shaxs o‘z real empirik mavjudligining tor chegaralaridan
olib, oliy qadriyatlar: haqiqat, ezgulik va go‘zallikka intiladi, bu
— transtsendensiya.