farovonligi haqida qayg‘urib, o‘zlashtirgan bilimlaridan shaxsiy
maqsaddagina foydalanib, olamda insondan ulug‘roq jonzot yo‘q
va har kim o‘ziga o‘zi qonun, deb hisoblay boshlagach, Atlantida
inqirozga yuz tutgan emish.
Platon bu ideal davlatga Atlantika okeanidan geografik o‘rin
va tarixdan muayyan vaqt berdi — u 11500 yil oldin mavjud
bolganini qayd etadi. Platon 70 yoshga tolgach, Atlantida haqi
dagi afsonani eslash fursati yetdi. «Timey» va «Kritiy» dialoglari-
da Atlantida tarixi hikoya qilinadi. Platon o‘z bobosi Timeydan,
Timey — otasining Solon ismli yaqin do‘stidan, Solon esa — davlat
ishlari bilan Misrda bolgan paytida shu yerlik kohindan eshitgan
rivoyat to‘g‘risida so‘z yuritiladi: «To‘qqiz ming yil muqaddam
sizlar Gerakl ustunlari (Gibraltar bo‘g‘ozi) deb ataydigan bo‘g‘oz
ortida Atlantida degan katta orol bolgan. Bu orolda qirollarning
qudratli va ajoyib sulolasi yuzaga kelgan. Bu sulola juda ko‘p
mamlakatlarni o‘ziga bo‘ysundirishga harakat qilgan. Ammo bir
nechta kuchli zilzilalar bu orolni qismlarga bolib tashlagan, ke-
yinchalik u suv ostida qolgan va butunlay yo‘q bolgan».
«Kritiy» dialogi manzarani quyidagicha toldirish imkonini
beradi. Xudolar Yerni o‘zaro bolib olganlarida, donishmandlik
ilohasi Afihaga Gretsiya, Atlantida dengiz xudosi Poseydonga
tekkan. Poseydon orolda yashaydigan Kleyto ismli qizni sevib
qolgan. Kleyto unga o‘nta o‘g‘il tug‘ib bergan, Bu o‘g‘illarning
har biri keyinchalik orolning o‘z qismida hokimlik qilgan va faqat
oliy hukmdor Atlas yoki yunoncha Atlantga bo‘ysungan. Atlan
tida aholisi yuksak axloqiy me’yorlarni asrlar davomida saqlab
kelgan. Lekin vaqt o‘tishi bilan ular juda izzattalab va ochko‘z
bolib qolganlar. Shunda Zevs ularni jazolashga qaror qilgan va
orolni suvga g‘arq qilgan.
Atlantida haqidagi afsona katta ma’naviy mazmunga ega. U
axloqiy nopoklikdan saqlanishga chaqiradi, ayni vaqtda, inson
o‘z millatdoshlari va butun dunyo taqdiri uchun mas’ul ekani
haqida ogohlantiradi.
Hozirgi adabiyotlarda kosmos tafakkuri yoki kosmik aqlni
anglatuvchi
Dostları ilə paylaş: