Falsafa asoslari


«Inson» tushunchasining talqinlari



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/221
tarix25.09.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#148418
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   221
Falsafa asoslari

«Inson» tushunchasining talqinlari. 
Dunyo markaziga inson­
ni qo‘yuvchi yondashuv doimo 
antropotsentristik
yondashuv deb 
atalgan. Qadimgi sofist Protagorning «Inson barcha narsalar- 
ning mezoni», degan mashhur iborasi antropotsentrizmning aniq 
ifodasidir. Bunda jonsiz va jonli tabiatning o‘zaro ta’siri inson 
me’yorlari, ideal hamda da’volari nuqtayi nazaridan qaraladi. In ­
son dunyoning asosiy va eng katta boyligi sanaladi.
Ammo insonni bilish sohasida antropotsentrizmdan tashqari 
boshqa yondashuvlarga ham duch kelish mumkin. Tabiatni ham­
ma narsadan ustun qo‘yuvchi naturalistik yondashuv — 
tabiiy
sentrizm
va u bilan uzviy bogliq bolgan 
naturalizm
prinsipi shu- 
lar jumlasidan. Bu yerda inson — tabiat farzandi. Uning barcha 
xato va kamchiliklari boshqa har qanday tabiiy jarayonlar singari 
o‘rinli hamda tabiiy. 
Kosmotsentrizm
— kosmosning hamma nar­
sani, shu jumladan, insonning mohiyati va tabiatini ham belgi- 
lovchi ta’siriga ishora qiluvchi dunyoqarash hisoblanadi.
Tarixiy-sivilizatsion jarayonda 
teotsentrizm
ta’limoti ham 
muhim rol o‘ynagan. U oliy, g‘ayritabiiy mavjudotni dunyoning 
asosiy va eng muhim omili deb e’lon qilgan. Bu borada tarixda 
juda chiroyli, ezgu niyatli va kuchli odamlar yashagan Atlan- 
tida haqida o‘ta jozibali afsona mavjud. Bu afsonada aytilisMcha, 
Atlantida jannatmakon bir joy bolgan, unda odamlar baxtiyor 
yashar ekanlar. Afsuski, atlantlarning har biri o‘zini o‘ylab, o‘z
177


farovonligi haqida qayg‘urib, o‘zlashtirgan bilimlaridan shaxsiy 
maqsaddagina foydalanib, olamda insondan ulug‘roq jonzot yo‘q 
va har kim o‘ziga o‘zi qonun, deb hisoblay boshlagach, Atlantida 
inqirozga yuz tutgan emish.
Platon bu ideal davlatga Atlantika okeanidan geografik o‘rin 
va tarixdan muayyan vaqt berdi — u 11500 yil oldin mavjud 
bolganini qayd etadi. Platon 70 yoshga tolgach, Atlantida haqi­
dagi afsonani eslash fursati yetdi. «Timey» va «Kritiy» dialoglari- 
da Atlantida tarixi hikoya qilinadi. Platon o‘z bobosi Timeydan, 
Timey — otasining Solon ismli yaqin do‘stidan, Solon esa — davlat 
ishlari bilan Misrda bolgan paytida shu yerlik kohindan eshitgan 
rivoyat to‘g‘risida so‘z yuritiladi: «To‘qqiz ming yil muqaddam 
sizlar Gerakl ustunlari (Gibraltar bo‘g‘ozi) deb ataydigan bo‘g‘oz 
ortida Atlantida degan katta orol bolgan. Bu orolda qirollarning 
qudratli va ajoyib sulolasi yuzaga kelgan. Bu sulola juda ko‘p 
mamlakatlarni o‘ziga bo‘ysundirishga harakat qilgan. Ammo bir 
nechta kuchli zilzilalar bu orolni qismlarga bolib tashlagan, ke- 
yinchalik u suv ostida qolgan va butunlay yo‘q bolgan».
«Kritiy» dialogi manzarani quyidagicha toldirish imkonini 
beradi. Xudolar Yerni o‘zaro bolib olganlarida, donishmandlik 
ilohasi Afihaga Gretsiya, Atlantida dengiz xudosi Poseydonga 
tekkan. Poseydon orolda yashaydigan Kleyto ismli qizni sevib 
qolgan. Kleyto unga o‘nta o‘g‘il tug‘ib bergan, Bu o‘g‘illarning 
har biri keyinchalik orolning o‘z qismida hokimlik qilgan va faqat 
oliy hukmdor Atlas yoki yunoncha Atlantga bo‘ysungan. Atlan­
tida aholisi yuksak axloqiy me’yorlarni asrlar davomida saqlab 
kelgan. Lekin vaqt o‘tishi bilan ular juda izzattalab va ochko‘z 
bolib qolganlar. Shunda Zevs ularni jazolashga qaror qilgan va 
orolni suvga g‘arq qilgan.
Atlantida haqidagi afsona katta ma’naviy mazmunga ega. U 
axloqiy nopoklikdan saqlanishga chaqiradi, ayni vaqtda, inson 
o‘z millatdoshlari va butun dunyo taqdiri uchun mas’ul ekani 
haqida ogohlantiradi.
Hozirgi adabiyotlarda kosmos tafakkuri yoki kosmik aqlni 
anglatuvchi 

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin