hayot faqat tarixdan iborat emas. Tarix naqadar serqirra va
serma’no bolmasin, bugungi va kelajakdagi o‘zgarishlarni tola-
to‘kis qamrab ololmaydi, balki kelajakda tarixga aylanadigan ja-
rayonlarga asos boladi, xolos.
Ijtimoiy taraqqiyot esa tarix silsilalari, turli qarama-qarshiliklar
va ziddiyatlar orasidan o‘ziga yo‘1 ochib boradi.
Uning zamondagi
bunday ilgarilanma harakati jamiyat taraqqiyotini umumijtimoiy
qonuniyatidir. Bu qonuniyat qadriyat tizimlari, ularni tarkibiy
qismlaridagi o‘zgarishlar dialektikasi uchun ham umumiydir.
Qadriyat tizimlarining zamona zayllari ta’sirida o‘zgarishi va
davr realliklariga mos holatga kelishi ham ana shu jarayonga
bo‘ysunadi. Bu jarayonda o‘zgarishlar voqea va hodisalarni za
mondagi ketma-ketligi tarzida ro‘y beradi. Dialektik tafakkur esa
ana shu davomiylikning in’ikosi, uni anglab olish vositasi sifa
tida namoyon boladi. U qadriyatlarni o‘zgarishi va yangi qadriyat
tizimlari vujudga kelishi jarayonini anglab olish imkonini beradi.
Hozirgi davrdagi
turli nomutanosibliklar, zamona silsilalari va
muammolari orqali shakllanayotgan yangi qadriyatlar tizimi vu
judga kelish jarayonini tasavvur qilmoq u uchun ham dialektik
tafakkur va ilmiy bilish usullariga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi.
Jamiyatnfng tub burilish bosqichlarida qadriyatlar tizimi,
kishilarni ularga munosabati o‘zgarishi shunchalik shiddatli tus
oladiki, bu jarayonning tezkor sur’atlarini anglash, izohlash va
asoslashga eng dialektik tafakkur usuli ham ulgura olmay qoladi.
Biz tadqiqotlarimiz davomida bu fikr to‘g‘riligiga
ishonch hosil
qildik. Bu davrda sobiq ittifoq tizimi bilan bogliq davr o‘tmishga
aylandi.
Xullas, 0 ‘zbekistonni mustaqil rivojlanish yoliga o‘tganligi
yangi
qadriyatlar
tizimi
shakllanishi
va
barqarorligini
ta’minlaydigan asosiy omildir. Mustaqillik tufayli dunyoga eshik
ochish, jahon maydoniga, taraqqiy etgan davlatlar qatoriga so-
bitqadamlik bilan kirib borish, o‘zaro iqtisodiy, madaniy, ilmiy,
savdo va boshqa sohalarda qizgln hamkorlikni yolga qo‘yish,
0 ‘zbekistonni, uning boy o‘tmishini,
madaniyatini, hozirgi
kunini va bu yerda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar jarayonini
dunyoga tanitish imkoniyatlari ochildi.
168
Bugungi kunda zaminimizda yashayotgan va bizga zatnondosh
bolgan kishilar hayotida yangi davr boshlandi. Ya’ni mustaqil
0 ‘zbekistonimizning milliy istiqloliga asoslangan yangi qadri
yatlar tizimini barqaror qilish, bu tizimda qadriyat shakllarining
dialektik uyg‘unligiga erishish, inson qadri, qobiliyati, iste’dodini
namoyon qilish uchun keng imkoniyatlar yaratish borasidagi dol-
zarb vazifalar hozirgi avlod umrining mazmuniga aylandi.
Mazkur
sohada
zimmamizdagi
vazifalarni
bajarishda
ma’naviy-ma’rifiy vositalar hamda targlbotning ta’sirchan usulla
rini qollash, faoliyatimizning ustuvor yo‘nalishi bolib qolmoqda.
Bu esa har birimizni ushbu yo‘nalishda faol va omilkor bolishga
undaydi hamda barchamizga ulkan mas’uliyat yuklaydi.
Dostları ilə paylaş: