obyektivlashgan va subyektivlashgan narsa va buyumlarda aks et-
tirilgan moddiy, ma’naviy faoliyat mahsulidir. Unda bilim, tajri-
ba, dunyoqarash, ma’naviyat va ma’rifat uyg‘un tarzda muhrlan-
gan. YUNESKO tashkiloti 1972-yilda jahon madaniy va tabiiy
yodgorliklarini saqlash to‘g‘risidagi konvensiyani qabul qilgan
(1975-yildan kuchga kirgan). Jahon Madaniy boyliklari ro‘yxatiga
jami 721 ta madaniy va tabiiy yodgorliklar kiritilgan. Ular ora
sida 0 ‘zbekistondagi Xiva (Ichan qal’a), Buxoro, Shahrisabz va
Samarqandning tarixiy markazlari ham bor.
Madaniyatning umuminsoniyligi va milliyligi.
Bu sohada
umumbashariyatga xos bolgan jihatlarni biz madaniyatdagi
umuminsoniylik, millatning o'zigagina xos bolgan xususiyatlarni
esa madaniyatning milliyligi deb ataymiz. Aslida esa milliylik
va umuminsoniylik bir butun madaniyatning ikki tomoni, bir-
birini taqozo etuvchi jihatlardir. Madaniyat ana shu ikki jihat-
ning uzviy aloqasi va bir butunligi orqali namoyon boladi. Mil
liylik — madaniyatning joni, uning millat bilan bogliq yashash
usuli, millatning unda namoyon boladigan ruhidir. Umumin
soniylik esa madaniyatning butun jahonga xosligi, ana shundan
kelib chiqadigan umumbashariy xususiyatlari, jamiyat rivojining
barcha davr, va hududlarga xos umumiy tamoyillaridir.
Milliy madaniyatlar bir-birini boyitadi. Ular o‘rtasidagi o‘zaro
ta’sir tabiiy ravishda xalqlar va millatlarning bir-biri bilan iqti
sodiy, siyosiy, axloqiy sohalardagi hamkorligi uzviy bogliqdir. Bi-
roq bir milliy madaniyatni boshqa xalqlarga zo‘rlab targ'ib etish,
joriy qilish ijobiy natijalarga olib kelmaydi. Milliy madaniyat
ning gullab-yashnashi xalqlarning sivilizatsiyalashgan taraqqiyot
yolidan borishi va o‘ziga xos sivilizatsiya yaratishida muhim aha
miyatga ega.
Dostları ilə paylaş: