Aynan ana shu davrda mamlakatimizda qadriyatlar va inson
qadri masalasiga alohida e’tibor qaratila boshlandi. Bir-biri bi
lan uyg‘un va chambarchas aloqador bo‘lgan bunday jarayonlar
umuminsoniy va milliy qadriyatlar ustuvorligini ta’minlashda
muhim ahamiyat kasb etadi.
Qadriyatlar to‘g‘risidagi fan — «Aksiologiya» (aksio — qadriyat,
logos — fan, ta’limot ma’nosini anglatadi) falsafaning shu ma-
salani o‘rganadigan va u bilan shug‘ullanadigan sohasi hisoblana
di. Sobiq ittifoq davrida bu to‘g‘rida nihoyatda kam ma’lumotlar
bor edi. Istiqlol tufayli qadriyatlar to‘g‘risidagi qarashlarimiz
shitob bilan o‘zgardi. Sobiq ittifoqning ilgari ulug‘langan parti-
yaviy-sinfiy qadriyatlari sarobga aylandi, zamona realliklari ta-
lablariga javob bera olmay, o‘tgan o‘n yilliklardan iborat tarix
sahifalari bilan birga yopilib ketdi. 0 ‘zbekistonda qadriyatlarga
e’tibor kuchaydi, uning turli qirralari olim va mutaxassislar to
monidan tahlil etilmoqda. Qadriyatlar falsafasi — aksiologiya-
ning ko‘pdan ko‘p mavzulari mutaxassislarimizning ilmiy izla-
nishlarida o‘ziga xos o‘rin tutmoqtsa.
«Moziyga qaytib ish ko‘rmoq xayrlidir», — deb yozgan edi
Abdulla Qodiriy « 0 ‘tgan kunlar» romanida. Xuddi shunday,
«Qadriyat d‘zi nima?» savoliga javob berishdan oldin mavzuning
tarixini, qisqa bo‘lsa-da, o‘rganmoq lozim. Busiz qadriyatlarning
bugun va kelajakdagi ahamiyatini tushunib bolmaydi.
Dostları ilə paylaş: